Minerallar jadvalini tuzish va mineralni o‘rganish. Sof tug‘ma e
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Sof tug‘ma oltingugurt Er qobig‘ining faqat eng ustki qismlarida va Er yuzida topiladi.
Vulqon xarakati natijasida uning kraterlarida va jins yoriqlarida yopishib qotadi. Vulqondan chiqadigan boshqa maxsulotlar va S02 ning at rofdagi jinslarga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ma’dan konlari oksidlanish zonasining ostki qismlarida metallarning oltinugurtli birikmalari asosan piritning parchalanishidan paydo bo‘ladi. CHo‘kindi gips qatlamlarining parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. CHo‘kindi (biokimyoviy) yo‘li bilan orasida gips, qattiq, va suyuq, bitumlar (asfalt, neft) va boshqalar bo‘lgan qatlamlardan iborat rasmiy cho‘kindi; jinslarda hosil bo‘ladi. Bu jinsdagi konlar keng tarqalgan bo‘lib, sanoat uchun katta axamiyatga egadir.
Oltingugurt asosan sanoatning ko‘pgina tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan sulfat kislotasi ishlab chiqarish uchun, qishloq, xo‘jaligida (zararkunandalarga qarshi kurashda), rezina sanoatida (vulkanizatsiya jarayonida), gugurt, mushaklar, bo‘yoqlar va boshqalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Olmos - C
Mineralning nomi yunoncha "adamas" - engilmas degan so‘zdan kelib chiqqan. Uning xillari: 1) bort-noto‘g‘ri shaklda o‘sishgan va nur kabi tu-zilgan sharsimon agregatlari, 2) karbonado-amorf grafit va boshqa aralashmalar bilan qoramtir rangga bo‘yalgan-mayin donador g‘ovak agregatlari.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi. Kubik; geksatetra-edrik ZL42 4L36R
Rangi. Olmos suvdek shaffof rangsiz yoki havorang, zangori, sariq, qoramtir va qora ranglarda bo‘ladi.
YAltirashi - olmosga xos kuchli yaltiraydi.
Qattiqligi - 10
Solishtirma og‘irligi. - 3,47 - 3,56.
Mustaxkamligi - Mo‘rt.
Ulanish tekisligi [111] bo‘yicha o‘rtachadir.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Olmosning tub konlari genetik jihatdan ultraasos intruziv jinslar-peridotitlar kimberlitlar va boshqalar bilan bog‘liq. Bunday jinslar orasida olmosning kristallanishi, balki juda katta chuqurlikda yuqori xaroratdabosimga ega bo‘lgan sharoitlarda hosil bo‘ladi. Olmos kristallarini topilish sharoitlariga qarab muloxaza yuritilsa, uni magma ichida birinchi minerallar qatorida kristallanganligi ma’lum bo‘ladi.
Olmos bilan bir assotsiatsiyada grafit, olivin, xromshpinelidlar ilmenit, pirop, magnetit, gematit va boshqa minerallar uchraydi.
Ekzogen sharoitlarda turg‘un bo‘lgan olmosning sochilma konlari mosli jinslarning nurashi va yuvilishi hisobiga paydo bo‘ladi. Bunday kon lar janubiy Afrikada, Braziliyada, Xindistonda bor. "Orlov", "Ko‘xinur" kabi yirik olmoslar shu joyda topilgan edi. Olmosning eng katta konlari Janubiy Afrikaning janubi-g‘arb qirg‘oqlarida joylashgan. Bu konlar ol mosli qisman nurab ketgan kimberlitlar va boshqa jins parchalari bilan to‘lgan haddan tashqari katta-gigant, bir necha kilometr chuqurlikkacha past tushgan, ko‘ndalang kesimi noto‘g‘ri shaklda yoki elliptik bo‘lgan trubkasimon bo‘shliqlar diatremlardan iborat. Bunday diatremlarning paydo bo‘lishini juda katta chuqurliklarda sodir bo‘lgan kuchli portlash jarayonlari bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Jinslar tarkibida olmos 0,000052% (og‘irligi bo‘yicha) tashkil etadi.
Sulfidlar. Sulfid minerallari tarkibiga metallarning oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali birikmalari kiradi. Sulfid birikmalari hosil qiladigan kimyoviy elementlarning soni 40 tadan oshiq. Minerallarning soni 300 dan ortiq.
Galenit – PbS 4. Molibdenit – MoS2
Sfalerit – ZnS 5. Kinovar – Hg S
Xalkopirit – CuFeS2 6. Antimonit – Sb2S3
Galenit - PbS
Mineralning nomi lotincha "galena"- qo‘rg‘oshin ma’dani so‘zidan kelib chiqqan.
Xillari: selenli galenitdir. Galenitning "svinchak" deb aytiladigan fizik xili galenitiing mayda donali zich xira massasidan iborat.
Singoniya, simmetriya, ko‘rinishi, fazoviy guruxi.
Kubik; geksaoktaedrik ZL44L36L29RS, ko‘pincha kub, ba’zan oktaedr yonlari bilan murakkablashgan kub, kamroq oktaedr ko‘rinishida bo‘ladi. Qushaloq kristallari ham uchraydi. Galenitning yakka-yakka kristallari faqat bo‘shliqlardagina topiladi. Donador massalar bo‘lib yoki boshqa jins orasida noto‘g‘ri xol-xol donalar shaklida uchraydi.
Rangi. Qo‘rg‘oshindek kulrang. CHizig‘ining rangi kulrang-qora.
YAltirashi. Metalldek.
Qattiqligi 2-3
Solishtirma og‘irligi 7,4-7,6
Mustaxkamligi. Mo‘rt
Ulanish tekisligi. Kub bo‘yicha o‘ta mukammal.