Molibdenit – MoS2 Minerallning nomi yunoncha "molibdos" - qo‘rg‘oshin degan so‘zdan kelib chiqqan. Sinonimi: molibden yaltirog‘i.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi.
Geksagonal. Digeksagonal – dipiramidal L6 6L 27RS
Rangi. Qo‘rg‘oshindek-kulrang. CHizig‘i kulrang bo‘lib yashilroq tovlanib turadi
YAltirashi – metalldek.
Qattiqligi – 1
Solishtirma og‘irligi – 4,7 - 5,0
Mustaxkamligi - yupqa varaqchalari egiluvchan.
Ulanish tekisligi - [0001] bo‘yicha o‘ta mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Molibdenit konlari nordon magmatik tog‘ jinslari asosan granit va granodioritlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning orasida ba’zan siyrak xol-xol shaklida topiladi. Pegmatit tomirlarida oz miqdorda ko‘pincha amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan darajada uchraydi. Molibdenitning sanoatbob konlari gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Konlari kvars tomirlari yoki kvarslangan jinslar orasida ayniqsa keng tarqalgan, yo‘ldosh mi-nerallardan slyudalarning mayda tangachalari, flyuorit, volframit, kam-roq berill, turmalin, boshqa xil sharoitlarda esa xalkopirit, pirit, pirrotin, sfalerit va boshqa sulfidlar bilan topiladi. Konlari Qalmaqir, Lyangar (O‘zbekiston), Kolorado (AQSH), Klaymaks (Kanada). Sanoatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan metall molibden olinadigan birdan-bir sanoatbob manba’dir. Butun dunyo bo‘yicha qazib chiqarilgan metallning 90% ga yaqini turli yuqori sifatli po‘lat ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Qolgan qismi elektrotexnikada, bo‘yoqchilik ishlarida, simsiz telegrafda, ximiya sanoatida ishlatiladi.
Kinovar – Hg S Mineralning nomi Hindistondan kelib chikqan deb taxmin qilinadi.
Bu erda qizil smola va "ajdar qoni" shunday nom bilan ataladi. Hg S ning kubik modifikatsiyasi metatsinnabarit deyiladi.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi.
Trigonal - trapetsoedrik L3ZL 2. Kinovar mayda qalin tabletkachasimon, ba’zan trapetsoedr yonlari mavjud bo‘lgan romboedrik kristallar shaklida topiladi. Qo‘shaloq kristallarining borligi ham xarakterlidir. Ko‘proq noto‘g‘ri shakli xol - xoli donalar, ba’zan yaxlit massalar va kukunsimon gardlar, yupqa po‘stlar ko‘rinishda uchraydi.
Rangi qizil, ba’zan qo‘rg‘oshindek kulrang bo‘lib tovlanadi.
YAltirashi - yarim metall – metalsimon
Qattiqligi – 2 – 2,5
Solishtirma og‘irligi – 8,03
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - mukammal
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Kinovar konlari faqat past temperaturada paydo bo‘lgan gidroterl konlarga kiradi. Kinovar bilan bir assotsiatsiyada uchraydigan ma’dan minerallar: antimonit, pirit, kamroq arsenopirit, realgar, ba’zan sfalerit, xalkopirit va boshqalar. Konlari, Qorasuv (O‘zbekiston), Xaydarkon, CHau-vay (Qirg‘iziston), Nikitovka (Ukraina), Xideshlepsk (Kavkaz), Almaden (Ispaniya), Idriya (YUgoslaviya). Kinovar simob olinadigan birdan-bir manba’dir. Sof tug‘maa simob tabiatda juda kam topiladi. Simob oltinni tub konlaridan kavlab chiqarishda, uni amalgamalashda, ximikatlar tayyorlashda, portlovchi simob Ng(SNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.