Fonetik usul. Bunda so‘z tarkibidagi tovush o ‘zgarishi hamda urg‘uning o‘rnini o'zgartirish yo‘li bilan yangi so‘z hosil qilinadi: aka-uka, yangi (yangi kitob) — yangi (hozir keldi).
Semantik usul. Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining bu usulida so‘z ma'nolari o'zgarib boradi. Faqat so'zlar emas, ularning ma'nolari ham o ‘z tarixiga ega. So‘z ma’nolari semantik jarayonlar va so‘z ma’nolarining ko'chish qonuniyatlari asosida o'zgaradi. So‘z ma’nolarining o ‘zgarishi ularning nutqda qo‘llanishiga bog‘liqdir.
Til lug‘at tarkibining taraqqiyotida semantik usul yana quyidagi ko‘rinishlarga ega:
1) omonimlarning hosil bo’lishi: batareya (texnik termin — elektr batareyasi), batareya (harbiy termin — minomyot batareyasi), dasta (biror narsaning ushlagichi) — dasta (ansambl ma’nosida);
2) turdosh va atoqli otlar munosabati. Bunda turdosh otlar o ‘z ma’nosini toraytirib, atoqli otlarga aylanadi. O‘zbek tilidagi Anor, Ra’no, Muhabbat, Bolta, Tesha, Temir kabi atoqli otlar mana shundaydir. Viktor (lotincha victor — g‘olib), Volga (ruscha BOjia — Bjiara), Novgorod (ruscha novayan gorod) kabi atoqli otlar ham turdosh otlardan hosil bo‘lgan. Atoqli otlar o‘z ma’nosini kengaytirib, turdosh otlarga aylanadi. Masalan, iprit (zaharlovchi modda) Belgiyadagi Ipr shahri nomi bilan bog'liq. Golife, donjuan, donkixot so‘zlari ham ana shu tipdadir.
3) Konversiya (lotincha conversio — aylanish) — so‘z yasashning semantik-grammatik usulining alohida ko‘rinishini tashkil qiladi. Bunda bir turkumdagi so‘z ikkinchi bir turkumga o ‘tadi: uning leksik va grammatik ma’nosi o‘zgaradi. Konversiyaning asosiy ko‘rinishlari: subyektivatsiya , adyektivatsiya va adverbializatsiya. Bunda boshqa so‘z turkumlaridagi so‘zlar ot, sifat va ravishlarga ko‘chadi. Masalan, ot turkumiga kiruvchi aniqlanmish so‘zi aslida fe'lning sifatdosh shakli, umsh, o'qish, kirish, qurilish, tergov kabilar esa aslida fe’lning harakat nomi shaklidir.
So‘z o‘zlashtirish. Turli qabila va xalqlar qadimdan o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lib kelganlar. Buning natijasida bir tildan ikkinchi bir tilga ayrim so‘zlar kirib o ‘zlashib ketgan. Dunyoda boshqa til vositalarini o‘zlashtirmagan birorta “sof” til yo‘q. Rus tilining lug‘at tarkibidagi so‘zlaming taxmi-nan 10 foizi boshqa tillardan o‘zlashtirilgan deb taxmin qilinadi. O‘zbek tili lug'at tarkibida arabcha, forscha, tojikcha va intematsional so‘zlarning salmog‘i kattaginadir.
Boshqa tillardan qabul qilingan so‘zlar tilning grammatik- lug'aviy tarkibiga hech qanday ta'sir qilmasdan o'zlashtiriladi. Ular odatda, ko'proq narsalik tushunchasini ifoda qiluvchi so‘zlar bo’ladi: yangi narsalar o‘zlariga xos nomlar bilan o'zlashtiriladi.
Masalan, Futbol o'yini Angliyada ko'proq tarqalgani uchun bunga xos nomlar ham inglizchadir: futbol (“oyoq o‘yini” degan ma’noda), golkipr (darvozabon ma'nosida) va boshqalar. Rus tilidagi kemachilikka xos terminlaming ko'pchiligi golland- chadir: krayser (harbiy kema ma'nosida), gavan (kemalar to‘xtaydigan joy ma’nosida), grotmarsel (katta tikka tumvchi yelkan ma'nosida) va boshqalar.
Boshqa tillardan ehtiyoj natijasida qabul qilingan so'zlar tilning lug‘at boyligini kengaytirib, nutq vositalarini boyitadi. Masalan, ms tilidagi BejiBeT so'zi inglizchadan olinib, baxmal- ning bir turini ifoda qiladi. Inglizchada esa — bu so‘z barxit (baxmal) ma'nosini bildiradi. Lekin barxit so‘zi asli arabcha bo’lib, bamazin ma’nosini ifoda qiladi. “Boti” so‘zi fransuz tilida etik ma'nosida ishlatilsa, fransuzchadan olingan bu so‘z ms tilida ayollar kiyadigan qo‘njli “etik” ma'nosini anglatadi. Odatda, boshqa tillardan zamriyat tufayli o‘zlashtirilgan so‘zlar “begona so‘zlar” deb ajratilmasdan nutqda qo'lla- naveradi. Masalan, paxta so'zining asli forscha-tojikcha, kanal so'zining asli lotincha ekanligini faqat tilshunoslargina tadqiqot ishlarida ajratadilar.