Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə52/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Kalkalab so‘z o‘zlashtirish, asosan, ikki turli bo‘ladi:
1) to ‘liq kalkalash — bunda bir tildagi so‘z yoki ibora ikkinchi bir tilga to‘Iiq taijima qilinadi: poluprovodnik — yarim o‘tkazgich, radioperedacha — radio eshittirish, ledokol — muzyorar, vzaimodeystviye — o‘zaro harakat;
2) yarim kalkalash — bunda kalkalanayotgan so‘z yoki ibora har ikki til elementlari orqali ifoda qilinadi: mashinostroye— mashinasozlik, avtomatchik — avtomatchi, elektronno-vыchislitelnaya mashina — elektron-hisoblash mashinasi, shturmovaya aviatsiya — shturmchi aviatsiya kabi.
Ba’zi terminlami o ‘zlashtirishda so‘zning yasovchi elementlari o'zbekcha qo‘shimchalar bilan almashtiriladi. Bu jarayon o'zlashtirilayotgan so‘zning o‘zagini so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ajratish mumkin bo'lganda, bu o ‘zbek tilida mustaqil holda ma'lum tushuncha ifoda qila olganda yuz beradi:
gvardeyets — gvardiyachi, avtomatchik — avtomatchi.Kalkalash yo‘li bilan paydo bo‘ladigan konstruksiyalaming ko‘pchiIigi birikma atamalardir: nablyudatelnыy punkt — kuzatish punkti, ximicheskaya — kimyoviy urush va boshqalar.
Savollar:
1.Leksikologiya nimani o’rganadi?
2.So’z va tushuncha o’rtasida qanday aloqa mavjud?
3.Leksik ma’no deganda nimani tushunasiz?
4.Uning grammatik ma’nodan farqi nimada?
5. So’zning lug’aviy ma’nosida nimalar inobatga olinadi?


11-MA’RUZA
Mavzu: Tilning grammatik sathi.
Reja
1. Grammatika. Grammatikaning tarkibiy qismlari
2.Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya.
3. So’z turkumlari. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
4. Sintaksis va uning tadqiq manbayi.
1-§. Grammatika. Grammatikaning tarkibiy qismlari
So‘zlami turli qismlarga bo‘lish va so‘z shakllarini yasash va ulami biriktirish tartibi va gaplami tuzish qoidalari haqidagi tilshunoslik fanining muhim boMimi grammatika (grekcha gramma — harf, tike — fan) deb ataladi.
Grammatika haqida qadimiy Sharq va G‘arb olimlari yaratgan asarlar mavjud bo‘lib, ular asosan so‘z shaklini o'zgartirish uchun xizmat qiladigan vositalarni (turli qo‘shimchalar, afflkslarni) va gap tuzish tartib-qoidalarini bu bo‘limga kiritganlar. O‘rta asrlarda jahon tillariga taalluqli bo‘lgan umumiy (universal) grammatika yaratish g'oyasi paydo bo’ldi. Jumladan, 1660-yilda Por Royalda (Parij yaqinida) Lanselo va Amo “Ongli asosda tuzilgan umumiy grammatika”ni taklif etdilar. U qadimiy grek, lotin, o‘rta asr fransuz va qadimiy yahudiy tillari materiallari asosida tuzilgan edi. Lekin bu umumiy grammatika va boshqa falsafiy gram- matika kitoblari jahondagi turli tillarda mavjud bo’lgan barcha xususiyatlami qamrab olmadi. XIX asming ikkinchi yarmida tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning vujudga kelishi natijasi- da turli tillardagi ko‘pgina grammatik xususiyatlami chuqurroq o ‘rganish mumkin bo’ldi. Endilikda grammatika tushunchasi va termini kengroq ma'noga ega bo’lib, u tildagi barcha grammatik vositalarni, so‘zlami kichik ma’nodor bo’laklarga morfemalarga bo’lish va so‘z yasovchi hamda so‘z o ‘zgartimvchi turli qo‘shimchalar, affikslar (prefiks, infiks va postfikslar) va so‘zlami biriktirish tartibi, gap qurilishida so‘z tartibi va gapning mazmun va maqsadiga hamda tarkibiga ko‘ra turlarga ajratish yo’llarini ilmiy tadqiq qiluvchi tilshunoslik fanining bo’limi bo’lib, amalda nutqimizda so‘zlami biriktirish qoidalarining majmuidir.
Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiya (grekcha marphe — shakl, logos — ta’minot) — so‘zlarning grammatik guruhlari, so‘z shaklining xususiyatlari, grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriyalami o'rganadi. Sintaksis (grekcha syn — birga, taxis — qurilish) so‘zlami biriktirish yo‘li bilan gap tuzish va binobarin, gap ifodalagan fikmi to ‘g‘ri va aniq mazmunda yetkazish yo‘llarini o‘rganadi. Morfologiya sintaksisga bo‘ysunadi. Chunki morfologiya alohida so‘zlaming shakllari, tilning eng kichik ma'nodor birligi hisoblanuvchi morfemalarning turlarini o ‘rgansa, sintaksis so‘z birikmalari va gap tuzishda ulaming shakl va mazmun jihatlarini mutanosib ravishda qaraydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin