7-ma’ruza Mavzu: Tilning fonetik-fonologik sathi. Reja 1.Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko’ra turlari.
2.Fonetika aspektlari.
3.Fonemaning differentsial va integral belgilari. Fonema nazariyalari.
1-§. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko’ra turlari. Fonetika (grekcha “fone” - tovush so’zidan olingan) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, tildagi tovushlarni o’rganuvchi sohadir.
Fonetika biror tildagi nutq tovushlarini, unli va undoshlarni, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi qonuniyatlarini, umuman, inson tovushlarini (antrofonetikani) o’rganadi. Fonetika nutq apparati, bo’g’in va ularning tuzilishini tekshiradi, shuningdek, adabiy talaffuz normalarini, tovushlar o’zgarishlarini, urg’u, intonastiya va uning turlarini ham o’rganadi.
Fonetika tilshunoslikning orfografiya, orfoepiya, fonologiya, leksikologiya, grammatika, dialektologiya va boshqa sohalari bilan bevosita aloqadordir. So’nggi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, fonetika fizika, fiziologiya, medistina kabi fanlar bilan ham yaqin munosabatdadir.
Nutq tovushlari tarixiy, qiyosiy, tavsifiy, hozirgi holatiga ko’ra hamda turli sabablar vositasida o’rganilishi mumkin. Shunga ko’ra, fonetika 1) umumiy fonetika, 2) tarixiy fonetika, 3) qiyosiy fonetika, 4) chog’ishtirma fonetika, 5) tavsifiy fonetika, 6) eksperimental fonetika kabi qismlarga bo’linadi.
1. Umumiy fonetika. Bunda umuman inson tovushlarining boshqa tovushlardan farqi, ularning ko’rinishlari, dunyo tillarida unli va undosh tovushlar tizimi, tillarda ularning miqdori xaqidama’lumot beriladi. Umumiy fonetikada qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarning fonetika sistemasi o’rganiladi.
2. Tarixiy fonetika. Bunda konkret bir tilning tovushlar sistemasini tarixiy nuqtai nazardan tekshiriladi. Biror tilning tovush sistemasidagi taraqqiyot va o’zgarishlari; ayrim tovushlarning isteomoldan chiqishi, yangi tovushlarning yuzaga kelishi yoki tovushlarining boshqa tovushlarga aylanishi, uning tarixiy sabablari o’rganiladi. Masalan: hozirgi o’zbek tilidagi so’zlar tarkibida qo’llanuvchi “y” tovushi VIII-XI da qo’llanuvchi asarlardan “z” tovushi holida qo’llanilgan. Bu tovushlar so’zlarda XIV asrdan keyin “y” tovushiga aylangan. O’iyoslang: adzaq-adoq-ayoq; bazram-bayram; qazg’u-qayg’u kabi.