Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"


-ma’ruza Mavzu: Til – ramzlar tizimi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə28/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

6-ma’ruza
Mavzu: Til – ramzlar tizimi.
Reja
1.Tilning semiotik tabiati.
2.Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati.
3. Til strukturasi elementlari - til sathlari.
4.Tilshunoslik fani bo’limlari.
1-§. Tilning semiotik tabiati.
Semiotika boshqa fanlar qatori lingvistikaga tegishli bo‘lib, aloqa vositasi bo‘lgan inson tilini o‘rganadi. Semiotika lingvistikadan materiallar yig‘adi, shuningdek, kibernetikadan, biologiyadan, psixologiyadan, jamiyatshunoslikdan, madaniyat tarixidan, adabiyotshunoslikdan foydalanadi. Shunga qaramay, o‘z navbatida, u ham ushbu fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni u fanlarning birlashishidan rivojlanadi.
Semiotik fikrlar belgilarning tushunchalar bilan bog‘lanishida, belgining muammosi bilan Arastu va B.Brextlar shug‘ullanganlar. Shuni aytish kerakki, belgilar muammosining tarixini evropaliklar doimo o‘rganib kelishgan. Qadimgi Rim antik davrida ham semiotika o‘rganilgan. XVI-XVII asrlarda belgilar muammolari bilan Lokk, Gassendi, Kondilyaklar shug‘ullanishgan. Tilshunos olim Ferdinand de Sossyur umumiy ko‘rinishdagi til birliklarini o‘rganib chiqadi. Til belgisining sxemasini yaratadi. Sossyur belgilar nazariyasida ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlar borligini aytadi.
Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi izoh talab qilmaydi, albatta. Shuningdek, tilning kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ta’riflanganiligi ham ma’lum. Lekin bu ta’rif tilning vazifasiga ko‘ra mohiyatini belgilab beradi. Tilning material nuqtai nazaridan nimani taqozo etishining bunga aloqasi yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab sistemani tashkil etadi. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur: “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, - deb javob beradi. Shuning uchun Sossyur lingvistik ta’limotida lingvistik belgi masalasi markaziy o‘rinni egallaydi [A.Nurmonov, 2009: 35].
2-§. Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati.
Til belgilari xususidagi fikrlarda, yuqorida qayd etilganidek, F. de Sossyur, asosan, morfemalarni va so‘zlarni e’tiborga oladi va ularni belgi deb talqin etadi. Bugungi tilshunoslikda so‘z birikmalari va hatto gap ham belgi deb tan olinmoqda [V.G.Gak,1989: 46]. Buning asosiy sababi ularning ikki jihatga – mazmuniy va shakliy yaxlitlikka ega bo‘lishidir. Shuning uchun fonemalarni til belgilari jumlasiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki ularda shakliy butunlik, nutq tovushiga xoslik mavjud, xolos. Fonemalar, shunday bo‘lishiga qaramay, til belgilarining xom ashyosi sanaladi.
Belgi tanlash masalasi ham salmoqli mavqega egadir. Bu haqda F.de Sossyur muhim ilmiy ahamiyatga molik fikr bildiradi. Uning fikriga ko‘ra, belgi tanlash erkin bo‘lib, u har bir xususiy sistemaning ichki qonun-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Biroq buni nisbiy tushunmoq lozim. Chunki har qanday belgi ham til sistemasining faol a’zosiga aylangach, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi va natijad erkinlik tushunchasi kun tartibidan tushiriladi. Til belgilari sistemani tashkil etar ekan, ular tilning ijtimoiyligi uchun faol xizmat qiladi. Biroq, belgi tildan nutqqa ko‘chirilgach, unda xususiylik alomatlari vujudga kela boshlaydi. Chunki nutq o‘z mohiyatiga ko‘ra xususiydir. Shuning uchun biz til bilan nutqni F. de Sossyur dixotomiyasiga ko‘ra birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib o‘rganamiz. Mazkur qarama-qarshilik ular o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik, virtuallik va aktuallik, statiklik va dinamiklik kabi farqlarda aniq ko‘zga tashlanadi. Demak, til bilan nutq bir-biriga asosli ravishda suyansa ham, ular mushtarak hodisalar emas. Lekin til bilan nutq o‘rtasida uzviylik mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi, zotan, til nutq uchun darkor b o‘lsa, nutq ham, o‘z navbatida, til uchun zarurdir. Nutq materiali til hisoblanadi , tilning esa qo‘llanish ob’ekti nutqdir.
Tilning semiotik tabiatini o‘rganadigan fan semiotika deb nomalnadi.Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni, hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati kabilarni o‘rganadi. Semiotikada ikki turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar –priznaklar) va sun’iy belgilar (yoki belgilar – informatorlar) [R.Rasulov,2017: 186]. Semiotikada belgi va tushunchalar munosabatlari o‘rganiladi.
Matndagi belgilar sistemasi tilning semiotik tabiatini taqozo etadi. Belgilar tabiiy va sun’iy belgilarga bo‘linadi. Tabiiy belgilarga telefonlarimizga SMS kelganda chalinadigan gudoklar, yomg‘ir yoki qor yog‘ishidan oldin osmonga to‘plangan quyuq bulutlar kiradi. Bu belgilar ongimizda ma’lum tushunchalarni uyg‘otadi.
Sun’iy belgilar shartli belgilardir. Shartli belgilar axborot almashinuvga xizmat qiladi. Kommunikativ belgi sifatida til belgilari hisoblanadi. Sun’iy belgilar so‘z, gaplar kabi kommunikativ ma’no ifodalaydi. Tilni tafakkur va jamiyat bilan bog‘laydi.
Signallar, belgilar, mimika kabi yordamchi aloqa vositalari qo‘llanish doirasining chegaralanganligi bilan tildan farq qiladi. Til jamiyat faoliyatining hamma sohasida eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi [N.Uluqov, 2016:16]. Professor N.Uluqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, semiotik vositalar, signallar, belgilar, mimika kabilar yordamchi aloqa vositalari hisoblanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin