Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə16/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

1.Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til shakliga ega bo‘lgan barcha tillar me’yorlashtirilgan tillar jumlasiga kiradi. Masalan, hozirgi rus tili, o‘zbek tili va boshqa tillarning adabiy tili olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Adabiy til ma’lum qolipga solingan bo‘lsa-da, tarixiy taraqqiyot davomida takomillashib, o‘zgarib, boyib boradi. Me’yorlashtirilgan tillarda so‘zlashuvchi odamlar mavjud bo‘ladi, ya’ni jamiyatiga ega bo‘ladi. Me’yorlashtirilgan tillar ma’lum normaga
solingan, qayta ishlangan, hammaga tushunarli bo‘lgan til shaklidir.
2.Qadimiy tillar. Bu tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, rivojlangan, yozuvlari yaratilgan bo‘lib, buyuk asarlar, madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar ham kishilik jamiyatining ta’siri bilan yuzaga kelgan va tilning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Bu tillarning gaplashuvchi jamiyat y o‘q bo‘lgani uchun keyingi davrlarda iste’moldan chiqib qoladi. Lotin, oromey, su g‘d, xorazm kabi juda ko‘p tillar eng qadimiy tilning yaqqol namunasidir. Bunday tillarning fanda faqat nomlarigina saqlangan bo‘lib, hozirgi davrda bu tilarda
gaplashuvchi millat ham yo‘q. To‘g‘ri, V.Gumboldt nazariyasiga ko‘ra ularning ildizi asosida yangicha shakldagi tillar taraqqiy etib, bir qancha etnik guruhlar, hatto millatlar (masalan, lotin tili ildizi asosida ispan, portugal, fransuz kabi millatlar va ularning tillari) paydo bo‘lgan.
3.Mahalliy tillarga kam sonli aholi gaplashadigan tillar kiradi. Ba’zi joylarda bir qishloqning alohida 400 - 500 kishi gaplashadigan tili mavjud. Mahalliy tillarning o‘z yozuvi mavjud emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shakldagina bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Amerika qit’asidagi ko‘pchillik mahalliy hindularning tillari hozirgacha saqlanib qolgan. Sekin – sekin adabiy tilga singib ketishi oqibatida kelajakda mahalliy tillar yo‘qolib ketish havfi katta.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin