Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"


-§. Yozuv va uning turlari. Piktografik, ideografik, logografik va fonografik yozuvlar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə19/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

2-§. Yozuv va uning turlari. Piktografik, ideografik, logografik va fonografik yozuvlar.
Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og‘zaki va yozma shakli bo‘lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo‘ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa-munosabatning muhim vositasi bo‘lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan:
1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi.
2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi.
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.
5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o‘rganib bo‘lmaydi.
Yozuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq Yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. Biror narsani eslab qolish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli yozuv» deb atalgan.
O‘tmishda, hozirgi zamon yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan.
Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) yozuv deb ataladi.
Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshlig’i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshlig’ining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.
Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik Yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu Yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan.
Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma`nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma`nosini aks ettiruvchi shartli belgidir.
Logografik (so‘z yozaman) yozuvning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik Yozuvdir (muqaddas yozuv). Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq lug’atlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi.
Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va Shumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi.
Yozuvning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi:
-yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Mas., xitoy yozuvida: ko‘z Yoshi tushunchasi- ko‘z va suv ramzi ifodasi. 
-logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma`nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish;
-fonografik yozuvga o‘tish.
Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik Yozuvga o‘tish bo‘ldi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin