Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə41/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Diareza hodisasi. Diareza hodisasida so‘z talaffuzi paytida biror tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi. Bu hodisa faqat talaffuz shakliga xos. Yozma shaklida asliga muvofiq to‘g‘rilab yoziladi. Masalan: Samarqand – Samarqan, go‘sht –go‘sh, past – pas kabi.
2-§.Nutqning fonetik bo’linishi.
Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo'linadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) bo‘g‘inlar va 4) tovushlar.
Har ikki tomondan pauza bilan bo‘lingan eng katta fonetik birlik fraza deb ataladi. Pauza davrida so‘zlovchi kelgusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas oladi. Bir fraza bir qancha gaplami o‘z ichiga olishi mumkin. Bir gap ham birqancha frazalarga bo‘linishi mumkin. Shu tufayli fraza va gaplar birbiriga to‘g‘ri kelmaydi. Gap — gramatik (sintaktik) birlik, fraza esa, fonetik birlik hisoblanadi. Frazalar intonatsiya yordamida bir-biriga ulanadi. Fraza taktlarga bo‘linadi.
Takt — frazaning bir bo‘lagi hisoblanib, bir urg‘u yordamida bir yoki bir necha bo‘g‘inlarning ulanishidan tashkil topgan. Urg‘uli bo‘g‘in yordamida ulangan taktlaming eng yuqori qismi kuchli talaffuzi bilan farqlanadi. Taktlar m a'nodor so‘zlami mustaqil urg‘uga ega bo’lmagan so‘zlarga ulash uchun xizmat qiladi. Yordamchi so‘zlar ma’nodor so‘zlaming oldi va orqa tomonidan ulanadi. Ulaming oldi tomonidan ulanishi prokliza deyiladi. Oldi tomonidan ulangan so‘z proklitika deb ataladi. Masalan: Beshta kam bir, beshta kampir; mana senga olam olam gul (Hamid Olimjon), allaqayerda kabi. Orqa tomondan ulanish enkliza va ulangan urg‘usiz so‘z enklitika deb ataladi. Masalan, siz ham, senga deb oldim, bir bor ekan, bir yo‘q ekan kabi. M a'nodor so‘zlar ham proklitika va enklitika vazifalami bajara oladi. Bunday xususiyat o‘zbek tilida mavjud bo‘lib, u ma'nosi jihatdan ulangan (ya’ni leksikalizatsiya qilingan) so‘z birikmalariga xos. Masalan, oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? (qo‘shiqdan.) Bu o‘rinda “oq, oppoq” so‘zlari proklitka bo‘lib keladi. Ishlar yaxshi, do‘stim, yaxshi — bunda do‘stim so‘zi kirish so‘zi funksiyasida enklitika vazifasini bajaradi.
Taktlar bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan takt bo‘lagi bo'g'in hisoblanadi. Bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushlar ovozining darajasiga ko‘ra unlilar, sonor undoshlar (m, n, I, r) va sirg'aluvchi jarangli undoshiardan iborat. Daniyalik tilshunos O. Yespersen ovozning darajasiga ko‘ra tovushlarni tasnif qilgan. Biroq uning sonorlik nazariyasi (sonorious — lotincha ovozli ma’nosida) bo‘g‘in hosil bo‘lishini yetarli yoritib bermaydi. Amerikalik tiJshunos R. Stetson taldif etgan bo‘g‘inning ekspirator nazariyasi (experation — lotincha “nafas olish” ma'nosida) tovushning yoki tovushlar birikmasining nafas kuchi bilan talaffuziga asoslangan.
Bo‘g‘in umumiy talafluz kuchining halqasi bo‘lib, unda ovozning darajasi ya’ni sonorlik, nafas kuchi, kuchli va baland talafluz mujassamlashgan. Odatda so‘zdagi bo‘g‘inlar soni undagi unli tovushlar soniga qarab belgilanadi. Bunday qarash doim ham to‘g‘ri bo‘Iavermaydi. Undosh tovushlar ham bo‘g‘in hosil qiluvchilik vazifasini bajara oladi. Chunki nutqda unlilar qo‘shni holatda kelgan undoshlar yordamida bo‘g‘in hosil qiladi. Masalan: bo-la-lar-i-miz-ga so‘zida olti unli tovush qo‘shni undoshlar yordamida olti bo‘g‘in hosil qiladi. Ingliz tilida esa, bir undosh tovush ham bo‘g‘in hosil qila oladi: Iittle /lit-1/ — kichik, cattle /kaet-1/ — qozon kabi. Tillar bo‘g‘inning tuzilishi strukturasiga ko‘ra tarq qiladi.
Jahon tillarida eng ko‘p uchraydigan — bo‘g‘in turi “undosh-unli” bo‘lib, u qulay talaffuzi bilan ajralib turadi (lo-la, qo-ra, so‘-na kabi). Bo‘g‘inlarni ulardagi oxiigi va boshidagi tovushlariga qarab turlarga bo'linadi: ochiq (unliga tugagan), yopiq (undoshga tugagan), yarim ochiq (sonor undoshga tugagan) va berkitilgan (undosh bilan boshlangan). So‘zlar bir yoki undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan. Bo‘g‘inlar bo‘g‘in chizig‘i bilan chegaralanadi. Bo‘g‘in hosil qilish va bo‘g‘inga bo‘lishda nutq tovushlari ishtirok etadi.
Bo‘g‘inga bo'lishning qoida va tartiblari tillarda turlicha bo‘ladi. Bo‘g‘inlar tovushlarga boTinadi. Tovushlarning artikulyatsiyasi uch fazadan iborat: Boshlang'ich fazasi — ekskursiya, o‘rta fazasi va oxirgi fazasi — rekursiya. Boshqacha aytganda tovushlaming talaffuzida nutq a'zolarining talaffuzga tayyorianish fazasi (ekskursiya), aytilish fazasi va nutq organlarining awalgi holatiga qisman qaytarish (rekursiya) fazasi mavjud. Artikulyatsiya fazalarining qaytarilishi va rekursiya fazasining qisman qisqarishi tovush birikmalarining talaffuzi uchun xarak terlidir. Xususan, affrikatlar ana shunday bo‘Iinmas artikulatsiyaga ega bo‘lib, ular portlovchi tovushlaming talaffuzidan boshlanadi va sirg‘aluvchi tovush bilan tugallanadi. Affrikatlaming talaffuzida bir ekskursiya va bir rekursiya mavjud. Boshqa undoshlar birikmalaming (masalan: kr, pl, tr, st, el kabi) talaffuzida ikki ekskursiya va ikki rekursiya fazalari mavjud va shu sababli ulami tovush birikmalari deb hisoblanadi.
Talaffuzda bir yoki bir necha bo‘g‘inlami ajratib aytish urg'u deyiladi. So‘z va fraza urg‘usi farqlanadi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda bir yoki undan ortiq bo‘g‘inlarni ajratib aytish so‘z urg‘usi deyiladi. Agar so‘z bir bo‘g‘indan iborat bo‘lsa, so‘z urg‘usi bo‘g‘in cho‘qqisini hosil qiluvchi unli tovushga tushadi. Fraza va gaplardagi so‘zlaming biror bo‘g‘inini ajratib talaffuz qilish fraza uig‘usi deyiladi. Fraza urg‘usi intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan biridir. So‘z urg‘usi m a'nodor mustaqil so‘zlaming zaruriy belgisi hisoblanadi. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarida ma'nodor so'zlardagi urg‘u nutqda (frazalarda) ham saqlanib qolishi mumkin.
So‘zlardagi bir yoki undan ortiq bo‘g‘inlarni ajratib talaffuz qilish turli artikulyatsion — akustik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Artikulyatsion jihatdan nafas kuchi, kuchli talaffuz va nutq paychalarining tebranishi so‘zga urg‘u qo‘yishning asosiy vositalaridir. Akustik jihatdan so‘z urg‘usi intensivlik (tovushni baland ovoz bilan aytish), cho‘ziqlik va tovushning asosiy toni yordamida amalga oshiriladi. Tovushning balandligi va cho‘ziqlik urg‘uning eshitilishidagi asosiy vositadir. Ko‘rsatilgan vositalardan qaysilari bo‘g‘inni ajratib talaffuz qilishda asosiy ekanligiga ko‘ra urg‘u turlari farqlanadi. Agar talaffuz kuchi yoki intensivlik asosiy xizmatni bajarsa, dinamik, (kuch yoki ekspirator) urg'u deyiladi. Asosiy tonning harakati (tushuvchi, ko‘tariluvchi va ko‘tari!ib tushuvchi tonlar) yordamida amalga oshiriluvchi urg‘u musiqiy urg‘u (yoki melodik) deb ataladi. Bo‘g‘inning cho‘ziq talaffuzi urg'uda asosiy bo‘lsa, miqdoriy urg‘u (cho‘ziqlik yoki kvantitativ) deyiladi.
Fraza urg‘usi, melodiya, ritm, pauza, temp, tembr kabi prosodik elementlarning birligidan iborat bo‘lib, tilda har xil sintaktik, ekspressiv va emotsional m a'nolarni ifodalovchi murakkab hodisa intonatsiya deyiladi. Prosodik elementlaming har birini intonatsiyaning komponenti yoki parametri deb yuritiladi. Melodiya va fraza urg‘usi intonatsiyaning biriamchi, qolgan elementlar — ikkilamchi komponentlari hisoblanadi. Intonatsiyaning har bir komponentini alohida izohlab o‘tamiz.
1. Melodiya — ovoz asosiy tonning harakatini (nutq ohangining tushishi yoki ko'tarilishini) ko‘rsatadi. Frazalarga bo'lingan nutqda har bir fraza o‘z melodiyasiga ega'. Odatda darak ma'nosini ifodalovchi fraza ovozning tushish ohangi va so‘roq ma'nosini bildiruvchi fraza ko‘tarilish ohangi bilan talaffuz etiladi. Har ikki ma'nodan chetga chiquvchi frazalar ancha tekis ohangda aytiladi. Ba'zan ohirgi frazaning melodiyasi intonatsiyasiga tenglashtiriladi. Bunday qarash noto‘g‘ri bo‘lib, intonatsiyaning boshqa komponentlarini inkor etishga olib keladi. Nutqimizda ishlatiluvchi “tushuvchi intonatsiya”, “ko‘tariluvchi intonatsiya” kabilar melodiyaga tegishlidir. Melodiya intonatsiyaning eng zarur komponentlaridan biri bo‘lib, frazalami ulash va nutqni ifodali qilish vazifalarini bajaradi.
2. Intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan ikkinchisi fraza urg‘usi bo‘lib, nutqdagi biror elementni (so‘z, bo'g'in yoki so‘z birikmasini) alohida ajratib talaffuz etish bilan izohlanadi. Fraza urg‘usi frazalam i ulashning fonetik vositasi hisoblanadi. Nutqning fonetik bo‘linishida, ko‘rsatib o‘tilganidek, fraza bir urg‘uga ega bo‘lgan boshqa mayda boiaklarga boiinadi. Bu boiaklam i taktlar deb atagan edik. Odatda o'zbek va rus tillarida fraza uig‘usi nutq taktlarining oxiigi qismiga tushadi. Uch turdagi fraza urg‘usi farqlanadi: odatiy fraza urg‘usi, mantiqiy va emfatik urg‘u. Nutqning mazmuni jihatdan frazaning biror qismini alohida ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi prosodik vosita mantiqiy urg‘u deyiladi. Masalan: U — vrach, raflqasi esa, o ‘qituvchi. Bu — juda qiziq kitob. Frazadagi biror so‘zni emotsional — ekspressiv jihatdan ajratib ko‘rsatuvchi prosodik vosita emotsional urg(u deyiladi. Masalan: Eh, qanday go ‘zal manzara! Seni qara-yu. Ajratilgan so‘zlarda emotsional urg‘u unli tovushlami ancha cho‘ziq talaffuz etish orqali amalga oshiriladi.
3. Kuchli va kuchsiz talaffuz nafas kuchi intensivlikni bildiradi.
4. Fraza va taktlarda urg'uli va urg‘usiz hamda cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlaming almashib turishi ritm deb ataladi. Frazaning ritmik strukturasi nutqning asosiy fonetik belgilaridan biri bo‘lib, u frazani pauza yordamida kichik bo’laklarga bo’lish uchun xizmat qiladi.
5. Talaffuzning vaqti, uning tezligi (sekin, o‘rta tezlik va tez) nutq tempi deyiladi. Nutq tempi frazani bo’laklarga bo’lish va uni ma’no jihatdan shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6. Nutqda ovozning har xil o‘zgarishlari va u orqali nutqning turli emotsional-ekspressiv ifodalanishi ovoz tembri deb yuritiladi. Ovoz tembri bir kishining ovozini ikkinchi kishining ovozidan farqlash uchun ham xizmat qiladi. Nutq tembri ikki turli boMadi. U ovozning turli o‘zgarishlarini ko‘rsatish uchun xizmat qilsa, neytral tembr (bevosita oddiy) deb yuritiladi. Nutqni ifodali, ya'ni emotsional-ekspressiv qilishda ishtirok etuvchi tembr emotsional deyiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan nutqning fonetik jihatdan fraza, takt, bo‘g‘in va tovushlarga bo’linishi so‘zlovchining odat bo‘yicha uzun nutqni boMaklarga bo’lib talaffuz etishiga asoslanadi. Talaffuzi va eshitilishi jihatdan nutqdagi psixologik aniq birliklar sifatida bo‘g‘in, so‘z, sintagma va frazalarni atash mumkin. Ularni nutqda ajratib ko‘rsatish aniqdir. Biroq so‘z nutqda eng aniq birlik sifatida namoyon boMadi. Chunki so‘z ifoda planidan (tovush tomonidan) tashqari, mazmun planiga (ma’no jihatiga) ham egadir.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin