Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"


Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə39/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Nutqda tovushlaming qo‘shni tovushlar ta'sirida miqdor va sifat belgilarining o'zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Nutqda tovushlaming kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba'zan bu hodisalami o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlaming birikuvi nutq organlarining turli harakatlariga bog'liq boMadi. Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan bogManishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari toMa amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida birbiriga ta'sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba’zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba’zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga boMadi, chunki “... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o'shancha talab etilgan nutq kuchini sarf qiladi”'. Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo'lgan bir necha undoshlar birikmasini qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y bemvchi bunday iqtisod qilish tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi. Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tug‘diradi va shu tufayli uni osonlashtirish turli tillarda boMgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga bo‘ysunadi. Qiyoslang: “rus og‘zaki nutqida “stram” so‘zi “sram” yoki nemis tilidagi strom so‘zi srom — “yo‘nalish”” kabi talaffuz etiladi.Quyida har bir kombinator o‘zgarishni alohida ko'rib o‘tamiz.
Singormanizm hodisasi. Singormanizm unli tovushlarning moslashuvi, ohangdorligi, uyg‘unligini qamrab oladi. Singormanizm hodisasi faqat turkiy tillarga xos. Eski o‘zbek tilida bu hodisaga amal qilingan. Hozirgi kunga kelib, sekin-sekin bu hodisa unitilib ketayapdi. Bu hodisaga binoan so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qanday unli kelsa, keyingi bo‘g‘inda ham shu unli kelishi lozim. Masalan: uzum, quruq, burun kabi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin