1-§. Tilning lug’at tarkibi. Tilning leksikasi tildagi barcha so‘zlami o‘z ichiga oladi. Tilda bor bo‘lgan barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo‘lgan so‘zlaming hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug‘at tarkibiga ega bo’lib, yuz minglab so'zlami o‘z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug‘at ham barcha so'zlami qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug'at tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so‘zlar yoki eski so‘zlar lug‘atdan o‘rin olmagan bo’lishi mumkin.
Odatda lug'at tarkibidagi so'zlar ishlatilishiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: ko‘p ishlatiluvchi so'zlar yoki faol lug‘at va kam ishlatiluvchi so'zlar yoki nofaol lug'at. Ko‘p ishlatiluvchi so‘zlar barcha uchun tushunarli bo’lishi bilan ajralib turadi. Masalan, choy, non, ovqat, kelmoq, ketmoq, chiroyli, xunuk, gul, yo‘1 kabi. Bundan tashqari, xalqning turli gumhlari ham o‘z faol lug‘atiga ega bo’lishi mumkin. Jumladan, tilshunoslar affiks, fonema, morfema, sintaksis, sinonim, omonim kabi so‘z terminlami ko‘p qo’llaydilar. Faylasuflar esa zamon, makon, obyektiv borliq, bazis, ustqurma kabi terminlardan ko'proq foydalanadilar. Bu esa har bir guruhdagi kasb egalarining o‘z faol lug‘ati borligini ko‘rsatadi.
Kam ishlatiluvchi so'zlar (nofaol lug‘at)ga tilda mavjud bo’lgan, lekin doim ham qo’llanmaydigan so‘zlar kiradi. Masalan, yuho, po‘rtana, mo‘ndi kabi so‘zlar o‘zbek tilida nofaol lug‘atni tashkil etadi.
Faol va nofaol lug‘at o'rtasida aniq chegara yo‘q. Ba’zan faol so‘zlar yangi so‘zlar bilan almashtirilib, kamroq ishlatilishi natijasida nofaol lug‘atga o‘tadi. Masalan, bir vaqtlar faol lug‘atga mansub bo’lgan omoch, qozi, ellikboshi kabi so‘zlar keyingi paytda nofaol lug‘atg‘a o‘tdi. Aksincha, nofaol lug‘atdagi so'zlaming ishlatilishi faollashadi.
Masalan, jamiyat taraqqiyotida paydo bo’lib turadigan yangi so‘zlar dastlab nofaol lug‘atga kiradi. Ulaming ma’lum qismi keyinchalik qo'llanish doirasi kengayib, hammaga tushunarli bo'lib, faol lug‘atg‘a o‘tishi mumkin: traktor, gektar, invistitsiya va boshqalar. Bu hol jamiyatning rivojlanish jarayonida kishilar nutq madaniyatining ham o‘sib borishi bilan bog'liq. Faol va nofaol lug‘at tushunchalari chet tiliga o'rgatishda ko‘p qo’llanadi.
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini turli qatorlarga yoki guruhlaiga ajratib o‘rganadi. Lug‘at tarkibini bunday tasnif qilishda ulaming tarixiy kelib chiqishi va ishlatilishiga e’tibor beriladi. Jumladan, barcha kishilar tomonidan keng qo'llanuvchi so‘zlar alohida gumhni tashkil etadi. Ular kundalik turmushda eng ko‘p ishlatiluvchi so‘zlardir. Qo’llanishi ma’lum bir hudud bilan chegaralangan so'zlar dialektizmlar deb ataladi va ular ham alohida gumhni tashkil etadi. Masalan, shoti so'zi Toshkent shevasida arava qismining nomi; Farg‘ona shevalarida: a) narvon, b) arava qismi; pashsha so‘zi Toshkent shevasida pashsha (M y x a ), Farg‘ona shevasida chivin; tuxum so‘zi Toshkent shevasida t u x u m (flimo), j-lovchi shevalarda mayak, qipchoq shevalarida urug’i deb ishlatiladi.
Lug‘at tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi so'zlar terminlar deb, ulami o‘iganuvchi soha esa terminologiya deyiladi. Bunday so‘z-terminlar nutqda ko‘pincha ekspressiv bo‘yoqqa ega bo’lmaydi. Ekspressiv bo‘yoqqa ega bo’lishi va boMmasligiga ko‘ra so‘zIar tasnif qilinadi. Ekspressiv bo‘yoqqa ega bolmagan so‘zlar neytral so‘zlar deyiladi. Bunday so‘zlarga kelmoq, istamoq, kitob, qalam kabi kundalik hayotda qo’llanuvchi so‘zlar kiradi. Ekspressiv bo‘yoqqa ega bo’lgan so‘zlar stilistik ma'noda qo’llangan so‘zlar deb ham ataladi. Bunday so‘zlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashlamoq, chehra kabi so'zlar kiradi.
Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar, asosan, to‘rt guruhga bo’linadi: 1) umumso'zlashuv nutqiga xos leksika; 2) mahalliy so'zlashuv nutqi leksikasi (dialektizmlar); 3) adabiy-kitobiy leksika; 4) umumadabiy til leksikasi (og'zaki va yozma nutqda ishlatiluvchi so‘zlar). Albatta, bu guruhlarga oid so‘zlaming ishlatilishi aniq chegaraga ega emas. Umumso‘zlashuv nutqiga xos so‘zlar barcha stillarda ishlatiladi. Odatda, adabiy tillarda quyidagi stillar farqlanadi: 1) badiiy stil; 2) publitsistik stil; 3) ilmiy stil; 4) rasmiy ish qog‘ozlari stili; 5) so‘zlashuv stili.
So‘zlar ham bu stillarda ishlatilishiga ko‘ra tasnif qilinadi. Neytral so‘zlar barcha stillarda qo‘llanaveradi. Terminlar esa fan va texnikaga oid ilmiy asarlarda ishiaiiladi. Terminlar badiiy uslubda ham ba'zan uslub talabiga ko‘ra qo’llaniladi. Masalan, urush mavzusida yozilgan asarlarda harbiy terminlar qo‘llaniladi. Asqad Muxtoming “Daryolar tutashgan joyda" asarida sanoat va ishlab chiqarishga oid terminlaming keng qo’llanilganligi kuzatiladi.
Dialektizmlar ilmiy va rasmiy nutqda, badiiy (muallif nutqida) va publitsistik asarlarda qo'llanmaydi. So‘zlashuv uslubida, badiiy asar qahramonlari nutqini aynan berishda dialektizmlardan foydalaniladi: Eshitdigu moro bo‘singa kelaverdik (Rahmat Fayziy). Eskirgan so‘zlar ham, asosan, badiiy nutqda shu maqsadda qo’llanadi: Ey bizning birinchi rais jumhur, Ismingdan o'zbekning sha’niga g‘urur. (G ‘afur G'ulom)
Umumso‘zlashuv stilida ishlatiluvchi so'zlar barcha kishilar nutqida qo’llanuvchi odatiy so‘zlardir: daraxt, tog‘, o‘rmon, suv, kiyim, ovqat kabilar. Umumso‘zlashuv stilida ishlatiluvchi so‘zlar ba’zan poeziyada ham qoMlanadi. Masalan, O‘zbekiston vatanim manim (A.Oripov). Bu o‘rinda mening so‘zi jonli so‘zlashuv nutqi shaklida (manirn) ishlatilgan