2. Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi: o‘zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, ingliz tili leksikologiyasi kabi. Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug‘at boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiyadagi nazariy umumlashmalarga va har bir tilning o‘z materialiga asoslanadi. U o‘z navbatida ikki turga- tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) leksikologiyalarga bo‘linadi.
1. Tavsifiy leksikologiya ayrim olingan bir tilning, masalan, o‘zbek tilining leksikasi static holatda- shu til leksikasining avvalgi (o‘tmishdagi) taraqqiyot dinamikasiga bog‘lanmay o‘rganiladi, shunga ko‘ra u sinxron leksikologiya sanaladi.
2. Tarixiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning leksikasi dinamik holatdatarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganiladi, shunga ko‘ra u diaxron leksikologiya hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi, asosan, tavsifiy (sinxron) leksikologiyadir, ammo unda tarixiy (diaxron) leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bolib turadi: o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy va zamonaviy qatlamlarini, so‘zlarning hozirgi va eskirgan ma’nolarini qiyoslash, tavsiflash kerak bo‘lganda shunday qilinadi.Masalan: yog‘och- “daraxt” (eski o‘zbek tilida), “tayoq” (hozirgi o‘zbek tilida); chechak – “gul” (qadimgi va eski turkey tillarda), “kasallikning bir turi” (hozirgi o‘zbek tilida), g‘am -“sevgi”, “muhabbat” (eski o‘zbek tilida), “tashvish” (hozirgi ‘zbek tilida) kabi.
3-§. Til taraqqiyotidagi lisoniy va nolisoniy omillar.
1.Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lug’at boyligi, morfema tiplari, so’z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o’rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.
2.Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo’lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg’ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, O’zbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy o’zgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Bularning barchasi o’zbek tili leksikasiga ham ta’sir o’tkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (
Dostları ilə paylaş: |