Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə54/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Grammatik shakl. Grammatik shakllar (resp. grammatik ko‘rsatkich, gram-matik shakl, morfologik shakl, morfologik ko‘rsatkich, morfologik vosita atamalari bunda ma’nodosh terminlar sifatida qo‘llanadi) tasnifi tilshunoslik, jumladan, o‘rta va oliy ta’lim grammatik tizimining muhim tushunchalaridan biri bo‘lganligi sababli, hamma davrning dolzarb mavzusi bo‘lib kelgan. O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili grammatik ko‘rsatkichlarining tasnifi yaratildi, ammo xulosalar avval arab, keyinchalik rus tili grammatik me’yorlariga asoslangan holda berib kelindi. O‘zbek tilida grammatik ko‘rsatkichlarga nisbatan forma hosil qiluvchilar deb qaralib, u ikkiga – so‘z o‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchilarga bo‘linardi. So‘z o‘zgartiruvchilar sifatida so‘zlarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajaruvchi egalik, kelishik va shaxs-son qo‘shimchalari ajratilsa, shakl hosil qiluvchilarga so‘z ma’nosiga biroz ta’sir etadigan, ammo yangi ma’noli so‘z hosil qilmaydigan deb ta’-riflanadigan ko‘rsatkichlar kiritilardi. Diqqat qilinsa, bu qo‘shimchalarning biri lug‘aviy, ikkinchisi sintaktik vazifa bilan bog‘liq.
So‘z o‘zgartiruvchi va forma yasovchi atamalari tilshunosligimizga ichki fleksiyaga asoslangan rus tili grammatik me’yorlari asosida kirib kelgan bo‘lib, o‘zbek tilining turkona tabiatini yoritib bermas, tanlangan atama va tushuncha o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud edi. Aniqrog‘i, so‘z o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi sifatida ajratilgan morfologik shakllar o‘zbek tilida so‘zning shakliga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi va yasash darajasida ta’sir etmaydi. Bu shakllarning biri so‘z lug‘aviy ma’nosiga biroz ta’sir etishi bilan, ikkinchisi so‘zlarga sintaktik imkoniyat (bog‘lash, biriktiruvchanlik, muayyan sintaktik vazifa berish) bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunda o‘zbek tilining haqiqiy talqinini berish, o‘zbek milliy tilshunosligini yaratish, uni boshqa til me’yorlari asosida qoliplashtirish asoratidan xalos qilish imkoni tug‘ildi. Bu imkoniyat, avvalo, morfologik ko‘rsatkichlarning asl tasnifini berishda qo‘l keldi. Tilshunosligimiz o‘zbek tilining turkona agglyutinativ tabiati va ontologik shakl yasash xususiyatlariga tayangan holda grammatik ko‘rsatkichlarning yangicha tasnifini yaratdi. Natijada grammatik shakllarga nisbatan lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar va sintaktik shakl hosil qiluvchilar deb nomlangan yangi atama va tushunchalar kirib keldi.
Xo‘sh, lug‘aviy shakl tushunchasi nima va uning an’anaviy shakl hosil qiluvchi tushunchasidan farqi nimada?
So‘z shakli tushunchasi o‘zbek tilshunosligiga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kirib kela boshladi. Bunda yevropa tilshunosligi va o‘zbek (sart, chig‘atoy) tili bo‘yicha yevropaliklar tomonidan yaratilgan darsliklar turtki bo‘ldi. Arab tilshunosligi ichki fleksiyaga ega arab tili qoidalari asosida ish tutganligi sababli bu asosda turkiy tillarning agglyutinativ tabiatini to‘g‘ri baholab bo‘lmas, va mavjud darsliklarda so‘zning o‘zagiga qo‘shilib keladigan qo‘shimchalar (ular arab tilidagi yuklamalar – harflarga o‘xshash bo‘lganligi sababli) harflar deb baholanar edi. Buni Mahmud Koshg‘ariy, Mirzo Mahdixon tadqiqotlarida ham kuzatish mumkin.
So‘z shakllari va ularning paradigmalarini ajratish o‘zbek tilshunosligida D.Polivanov asarlari va A.Fitratning «Sarf» va «Nahv» darsliklaridan so‘ng ommalasha boshladi. Bu davrda so‘z shakli deganda o‘zakka qo‘shilib, kelgan har qanday qo‘shimcha tushunilib, kitoblar ham, kitobim ham, yozdik ham, yozdi ham so‘z shakli deb talqin qilinar edi. O‘tgan asrrning 40-yillaridan keyin o‘zbek tilshunosligiga F.F.Fortunatov asos solgan Moskva lingvistik maktabining forma yasash va so‘z o‘zgartirish atamalari bir-biridan farqlangan holda kirib keldi. Forma yasovchilar deganda yangi so‘z hosil qilmaydigan, ma’noni keskin o‘zgartirmaydigan, balki har xil ma’noviy bo‘yoq beradigan, aniqrog‘i, so‘zni nutqqa xoslaydigan, moslaydigan qo‘shimchalar tushunildi. So‘z o‘zgartiruvchilar deganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan qo‘shimchalar tushunilib, forma yasovchilar ham, so‘z o‘zgartiruvchilar ham faqat bir turkum doirasida bo‘lishi ta’kidlandi.
O‘zbek tilida morfologik ko‘rsatkichlarning yangicha talqini akademgrammatikalardagi ta’riflarga tayanadi, biroq tasniflardagi ayrim chalkashliklarga oydinlik kiritadi.
Ma’lumki, flektiv tillarda okonchanie mavjud bo‘lib, u so‘zning ma’lum bir shakliga qo‘shiladi. So‘z o‘zgartiruvchi sifatida faqat okonchanie tanlanadi, undan boshqa qo‘shimchalar forma yasovchilar sirasiga kiritiladi. Masalan:

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin