Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə57/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

So‘zlarning morfologik tasnifi. Bu tasnifga binoan, so‘zlar, aytilganidek, ikki guruhga ajraladi:
a) o‘zgaruvchi leksemalar;
b) o‘zgarmas leksemalar.
O‘zgaruvchi leksemalar grammatik shakllarni qabul qila oladi. O‘zgarmas so‘zlar esa bunday xususiyatga ega emas. Bu tasnifda so‘zlarning o‘rni quyidagicha:
Leksemalar
O‘zgaruvchilar O‘zgarmaslar

Fe’l Ko‘makchi


Ot Bog‘lovchi
Sifat Yuklama
Son Ravish
Undov
So‘z-gap
O‘zgaruvchi so‘zlar uchun tasniflovchi grammatik shakllar mavjud. Masalan, otlarda son, subyektiv baho shakllari, fe’llarda nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, sifatlarda daraja. O‘zgarmas so‘zlar bunday shakllarga ega emas.
Ushbu tasnifda olmoshlar va taqlidlarga o‘rin berilmagan. Chunki olmoshlar o‘zlari ishora qiluvchi barcha mustaqil so‘z turkumlariga xos o‘zgarish tizimiga ega. Shuning uchun olmoshlarni ot-olmoshlar, fe’l-olmoshlar, sifat-olmoshlar, son-olmoshlar kabi turlari mavjud. Ot-olmoshlar sonlanadi (son kategoriyasiga ega bo‘ladi), fe’l-olmoshlar nisbatlanadi, tarzlanadi, o‘zgalanadi, sifat-olmoshlar darajalanadi, son- olmoshlar son shakllarini qabul qiladi. Taqlidlarning esa o‘ziga xos morfologik kategoriyasi yo‘q. Biroq o‘zgarmas so‘zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo‘lishi gapda ularning qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Chunki taqlidlarda leksemalarning hali ajralmagan davrdagi «embrion-diffuz» holati saqlanib qolgan.
Leksemalarning sintaktik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish-olmasligi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olish-olmaslik xususiyati o‘z aksini topadi.
Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘zlar: undov, modal, so‘z-gaplar.
Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘zlar: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, olmoshlar.
Sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘z-gaplar boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirish-maydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralish xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘zlar esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksemalar esa mustaqil ravishda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.
O‘zbek tili leksemalarining semantik-morfologik-sintaktik belgilar majmuidan iborat serqirralik mohiyatini jadvalga quyidagicha solish mumkin (3-jadval).
O‘zbek tilida so‘z turkumlari mazkur belgilari asosida yangicha quyidagi ko‘rinishda tartiblanadi:



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin