Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə56/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Grammatik kategoriya. Grammatik ma’no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga kelgan umumiy tushunchalami ifodalovchi tildagi xususiyatlar erammatik kateeoriva deb yuritiladi. Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria) narsalarga tegishli xususiyatlar ma'nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir yo‘la grammatik m a'no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo‘lib, turli tillarda soni va xususiyatlari bilan farq qiladi.So‘zlaming shakli va ma’no jihatiga ko‘ra tildagi sintaktik funksiyasi belgilanadi. Grammatik kategoriya tushunchasi grammatik ma’nolaming butun bir guruhini qamrab oladi.Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik ma'noni o ‘z ichiga oladi. Masalan, otlarga tegishii birlik va ko'plik shakllarini qiyoslash mumkin. Bitta grammatik ma’no hech vaqt grammatik kategoriyaga ega bo‘la olmaydi.
Otlarga tegishli bo‘lgan kelishik, son, rod (rus tilida), aniqlik-noaniqlik (yordamchi so‘z turkumi hisoblanuvchi artikl bo‘lgan tiliarda) grammatik kategoriyalari turli tillarda mavjud.
Jumladan, turkiy tillarda, xususan, o ‘zbek tilida otlarga tegishli son, kelishik, egalik kategoriyalari bor, biroq rod va aniqlik- noaniqlik; kategoriyalari yo‘q. Ingliz tilida son, kelishik va aniq-lik-noaniqlik kategoriyalari mavjud, lekin rod va egalik kategoriyalari yo‘q.
Rus tilida esa, rod, son, kelishik kategoriyalari bor, egalik va aniqlik-noaniqlik kategoriyalari yo‘q. Bular barchasi otlarga tegishli grammatik kategoriyalardir. Rod kategoriyasi hind-ovrupo tillari oilasi german va roman guruhlaridagi tillarning ko‘pchiligida yo‘qolgan, lekin ba'zilarida, xususan, nemis tilida uchta rod, fransuz tilida ikkita rod saqlanib qolgan, ingliz tilida esa yo‘q.
Grammatik kategoriyalar fe’llar va sifatlarga ham tegishlidir. Fe'llarga tegishli grammatik kategoriyalarga zamon, mayl, aspekt, tus (vid) kabilar kiradi. Sifatlarga tegishli grammatik kategoriya ularning oddiy, chog‘ishtirma va orttirma darajasida ifodalangan: oq, oqroq, oppoq (juda oq yoki oppoq) kabi.
3-§. So’z turkumlari. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
So‘z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlikdir. Modomiki, so‘z turkumlari o‘zida u yoki bu belgisiga ko‘ra ajratilgan so‘z guruhlari ekan, ularga ajratishga doir muammolarni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar o‘zlaricha hal etadilar. Bundagi ilmiy bahslar, avvalo, turkumlarga ajratish mezonlari, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasidir. Boshqacha aytganda, tilshunosligimizda asosiy e’tibor so‘z turkumlari tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhim masala – so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati, ularning kesishuv nuqtalari, yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko‘p hollarda nazardan chetda qoladi.
So‘z turkumlari soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligida ham, so‘zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so‘z turkumlarini ajratish, asosan, ularning semantik xossalariga tayanish urf bo‘lgan. Ayrim tilshunoslar tasnifda ma’noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba’zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olishganlari holda so‘zlarni ma’noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. So‘z turkumlarining bir-biriga o‘tishi, leksik va leksik-grammatik omonimiya masalasi esa bunda har xil qarama-qarshilik va ikkilanishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
So‘z guruhlariaro munosabatlarning ochilishi u yoki bu belgi asosida so‘z turkumlarining muayyan turlarini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun mantiqiy qarama-toshkentliklardan qochish maqsadida formal mantiqning borliq hodisalarini tasniflashga qo‘yadigan asosiy talablaridan biri bo‘lmish «tasnif faqat bir mezon asosida amalga oshirilishi lozim. Inchunun tasnifning ikki belgisini bir paytning o‘zida qo‘llab, ularni qorishtirmaslik kerak» degan qoidaga qat’iy rioya qilish lozim.
Shunday qilib, so‘zlar semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiqdir. Bu uch belgi har bir so‘zda dialektik birlikni tashkil etadimi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Boshqacha aytganda, ma’lum bir semantikada ma’lum bir morfologik belgi va sintaktik xususiyat mujassamlashganmi? Masalan, predmetni ifodalovchi so‘z (ya’ni predmetlik ma’nosi) son, kelishik, egalik ma’nolariga, shuningdek, subyekt, obyekt vazifalariga egami? Dalillar shuni ko‘rsatadiki, ular subyekt, obyekt vazifalarida keladi. Shu bilan birgalikda, atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat), belgining belgisini (tovushdan tez, yovdan xavfli) bildiradi. Belgi ma’noli so‘z egalik, kelishik affikslarini olishi, gapda subyekt, obyekt vazifalarida kelishi mumkin (Olmaning qizili pishdi, gullarning oqidan terdi kabi.)
Semantik-morfologik-sintaktik belgilar birligi asosida tasniflash tarafdorlari bunda yo omonimiya, yo substantizatsiya (otlashish) hodisasini ko‘radilar. Chunki bu so‘zlarda belgi ham, predmetlik ham mushtarakdir.
So‘zlarning bayon etilgan semantik xususiyatlari, ya’ni belgilik va predmetlik ma’nolarining birligi shuni ko‘rsatadiki, so‘zlarning egalik, kelishik affikslari hamda ma’lum bir sintaktik vazifa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi yo‘q. Boshqacha aytganda, egalik, kelishik va, qolaversa, kesimlik affikslari, shuningdek, gapda ma’lum bir sintaktik vazifa bajarish biror so‘z turkumi uchun xususiylashmagan. To‘g‘ri, ayrim so‘zlar faqat predmetni bildirib, belgi ifodalamaydi (masalan, atoqli otlar), ba’zilari esa predmetga ishora qilmasdan, faqat belgi, miqdor (masalan, ko‘p, oz, bir ikki) ifodalashi mumkin. Bu yuqorida fikrimizga monelik qila olmaydi. Chunki ular juda oz miqdorda bo‘lib, «predmetlik va belgilik mushtarakligi maydoni»ning chekkasidan o‘rin oladi. Chegaradan o‘rin egallovchi bunday so‘zlar tasnifda, albatta, qiyinchilik tug‘diradi. Shu boisdan ular sun’iy ravishda u yoki bu turkumga kiritib yuboriladi. Holbuki, bunday birliklarning o‘rni ajratilayotgan so‘z turkumlarining sarhadlaridadir. Shu boisdan tilshunos L.V.Shcherba shunday yozadi: «Faqat guruhlar markazidagi birliklar aniqdir. So‘z turkumlari chegarasidagi oraliq birliklar esa hamisha u yoq-bu yoqqa tebranib turadi. Biroq ana shu noaniq, xira va tebranib turuvchi holatlar tilshunosning diqqatini ko‘proq o‘ziga jalb etmog‘i lozim.»
Agar so‘zda semantik, morfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas ekan, bunda ular tasnif asosi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Zero, ziddiyatsiz bo‘lish faqat bir asosda amalga oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbalarda, darslik va qo‘llanmalarda mualliflar so‘zlarni uch belgi birligi asosida tasnif qilishib, asosan, ulardan biriga yetakchi, asosiy mezon sifatida tayanishadi, shu bilan birgalikda bir tasnifning o‘zida tasnif asosini bir necha marta almashtirishadi. Deylik, o‘zbek tilidagi so‘zlar tasnifida morfologik belgi yetakchilik qiladi. Shu boisdan taqlidlar mustaqil so‘zlarning barcha belgilariga ega bo‘lsa-da, morfologik o‘zgarmas so‘z bo‘lganligi uchun nomustaqil so‘zlar sirasiga kiritib yuborilgan. Yoki gap bo‘laklari sintaktik belgi asosida tasnif etiladi, biroq qo‘shma gaplar bo‘linishida tasnif sintaktik belgi asosida boshlanib, semantik belgi bilan yakunlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qayd qilingan uch mezondan hammasi ham so‘z guruhlarini belgilashda bir xil mavqega ega emas. Bu, avvalo, so‘zlarning sintaktik vazifalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki biror bir sintaktik vazifani bajarish imkoniyati barcha mustaqil so‘z turkumlarida mavjud. Bu vazifa so‘z turkumlarini farqlash uchun emas, aksincha ularni tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Sintaktik vazifa nuqtayi nazaridan mustaqil va yordamchi so‘zlar ajaraladi, xolos. Ammo bunda ham yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanadigan otlar yoki fe’llar haqida gap ketganda chalkashliklar vujudga keladi. Nomustaqil so‘zlarning ichki tasnifida ularning sintaktik vazifalarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan sintaktik munosabatni ifodalash ularning mohiyatini, kategorial ma’nosini tashkil etadi.
Morfologik tasnifda so‘zlarning ikki muhim jihati e’tiborga olinadi: so‘zlarning shakl yasalishiga potensial qobiliyati va muayyan grammatik kategorial ma’noning ifodalanishining ma’-lum bir so‘z guruhlari bilan bog‘liqligi. Birinchi jihatga ko‘ra, morfologik o‘zgaruvchi so‘zlar va morfologik o‘zgarmas so‘zlar farqlansa, ikkinchi jihatga ko‘ra, so‘zlarning morfologik guruhlari (so‘z turkumlari) ajratiladi.
So‘zlarning semantik tasnifi. Bunda so‘zlar quyidagi guruhlarga ajraladi:
a) mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid);
b) nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (olmosh va so‘z-gaplar);
v) lug‘aviy ma’nosiz so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).
Olmoshlar anglatadigan ma’no u almashtirayotgan so‘zlar-ning ma’nosidir. Shu boisdan u nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar sifatida baholanishi lozim. So‘z-gaplar (tasdiq-inkor, taklif, undov va modal so‘zlar) esa hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu ularning lug‘aviy ma’nosiz so‘zlardan farqini ko‘rsatadi, biroq kontekst yordamida lug‘aviy ma’no anglatadi. Masalan, -Uyga bor. –Mayli. gapida mayli so‘z-gapi boraman so‘zi anglatgan lug‘aviy ma’noga teng nutqiy ma’noga ega. Biroq bu ma’no mustaqil emas.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin