2-§. Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya. Grammatik ma’no. So‘z — umumlashtiruvchi ma'noga ega. Masalan, “paxta” so‘zi ham ko‘chat, ham undan olingan mahsulotni ifodalaydi. Bu uning aniq ma’nolari. Lekin “paxta” so‘zi “ko'chat” va “mahsulot”larning barcha turlarini atashi uning umumlashtiruvchi ma'nosidir. Biroq bu so‘zga -kor yasovchi sufflksini qo‘shilsa — “paxtakor”, ya’ni paxta ekish va uni yig‘ib-terib oluvchi shaxsning kasbini ko‘rsatadi. “Paxtakor” so‘ziga yana beshta qo‘shimcha va suffikslar qo‘shish mumkin: paxtakor-lar- i-miz-da-gi. Bunda -lar — ko‘plik shaklini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha, -i — egalik shaklini ifodalovchi qo‘shimcha, -miz — shaxs-son qo‘shimchasi, -da — o ‘rin-payt va -gi — chiqish kelishiklari qo'shimchalari hisoblanadi. “Paxtakor” so‘zidagidek -kor suffiksi yordamida yasaigan bunyodkop, lavlagikor kabi shaxsning kasbini ifodalovchi so‘zlar mavjud.
Binobarin, -kor suffiksi yordamida yasalgan so‘zlar guruhi va ulami har biridagi umumiy ma’no grammatik ma’no hisoblanadi. So‘zlaming grammatik ma’nosini ifodalay oluvchi maxsus til vositalari qatoriga otlarda qo’llanuvchi kelishik, son, egalik, shaxs, son, mayl kabilarni ifodalovchi qo‘shimchalar kiradi.
Grammatik ma’no o‘z mazmuniga ega bo‘lib, bir guruhda- gi barcha so‘zlarning biror belgisini ko‘rsatadi va binobarin, umumiylik xususiyatiga ega. Grammatik ma’no leksik m a'noga qaraganda ancha mavhumroq ekanligi uning biror guruhdagi so‘zlaming umumiy belgisini ifodalashi bilan izohlanadi.
Grammatik m a’noni grammatik vositalarsiz aniqlab bo'lmaydi. Masalan, maktabni, maktabga, maktabda kabi so‘z shakllarini qiyoslaganda, ulardagi kelishik qo'shimchalari yoki bordi, boradi, bormoqchi kabi fe’l shakllarini qiyoslasak, ulardagi zamonga tegishli qo'shimchalar grammatik ma'noni ifodalovchi vositalar hisoblanadi.
Bir so‘zning turli shakllari o‘z grammatik ma’nosiga ega. Odatda bir so‘z doirasidagi turli shakllar, masalan, kitobda, kitobga, kitobni kabilar, shu so'zning paradigmasi (grekcha paradigma — andoza, nusxa, model) deyiladi.
Grammatik ma'noni izohlashda so‘z paradigmasidagi shu so‘z shakllarini ifodalovchi grammatik vositalami hisobga olinadi.