Urganch davlat pedagogika instituti


Psixik aks ettirish-ob’ektiv olalamning sub’ektiv obrazi ekanligi . Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə6/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Umumiy psixologiya

Psixik aks ettirish-ob’ektiv olalamning sub’ektiv obrazi ekanligi . Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchanlik vazifalari
Inson psixikasining taraqqiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shunki, odamzod paydo bo`lgandan toki xozirgi davrgacha avloddan-avlodga psixika takomillashgan xolda utgan. Masalan, dastlabki odamsimon maymunlar yoki ibtidoiy jamoa to`zumi davridagi odamlar bilan xozirgi insonlar psixikasi o`rtasida beqiyos darajada katta farq bor. Ontoginez esa bola tugilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan psixikasining ham usib, rivojlanib borishidir.
Psixikaning odamga xos bo`lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo`lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma’noda ong, marksizm klassiklarining ta’kidlashicha, «ijtimoiy mahsul» bo`lib, anglangan borliqdan bo`lak boshqa narsa emasdir.
Uning birinchi ta’rifi nomining o`zidayoq berilgan bo`lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K. Levin «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir», — deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o`z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo`shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida' miyaga ta’sir o`tkazuvchi qo`zg`atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o`sha momentda kishi tasavvurida hosil bo`lgan hissiy manzarasi gavdalanadi.
Xotira ongda o`tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol ehtiyoj ob’ekti bo`lgan, ammo hozirgi paytda yo`q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo`li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi batamom barbod bo`lishi u yoqda tursin, buzilishi ham ongning barbod bo`lishiga olib keladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi - unda sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasida aniq farqlanishining o`z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo`lib undan ajralib chiqqan va o`zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo`ygan inson o`z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o`zigina, o`zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o`zini tadqiq etishga yo`naltirishga qodirdir.
Odam o`z xatti- xarakatlarini va umuman o`zini o`zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo`l bo`lib, uning o`zini o`zi anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadni ko`zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yara-tish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo.
Maqsadni ko`zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo`nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko`ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak.
Nihoyat, ongning to`rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg`ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo odamni o`zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o`z aksini topadi.
Bu o`rinda ham, boshqa ko`pgina hollarda bo`lgani kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg`ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo`lib qoladi, yaqin kishilari to`g`risida zarda bilan gapiradi va hokazo.Umumiy psixologiya,shaxs psixologiyasi,ijtimoiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya,mexnat psixologiyasi,psixofiziologiya,zoopsixologiya,muhandislik psixologiyasi,tibbiyot psixologiyasi harbiy psixologiya, sport psixologiyasi,maxsus psixologiya(oligofreniya,tiflo,surdo),differinsial psixologiy,yuridik psixologiya.
Xozirgi zamon psixologiyasi juda ham Ko`p tarmoqli fan bo`lib, uning tarmoqlari rivojlanishning turli bosqichida ekanligi va xayotning turli soxalari bilan bog`liqligi bilan xarakterlanadi. Bunday sertarmoq bo`lgan psixologiyani qanday klassifikao`iya qilmok kerak? Klassifikao`iya qilishning eng muxim shartlaridan biri psixikaning faoliyat proo`essida rivojlanishiga asoslanishdan iboratdir. SHunday qilib, psixologiyani inson faoliyatining konkret turiga qarab klassifikasiya qiladigan bo`lsak, uning bir qancha tarmoqlari borligini kuramiz.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin