Urganch davlat pedagogika instituti


-Mavzu : Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə27/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Umumiy psixologiya

4-Mavzu : Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida.
Reja:



Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida
Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. Perseptiv, intellektual va ijro etuvchi diqqat. Diqqatning psixik o‘rni haqidagi bahslar va uning tabiati. Diqqatning mustaqil faoliyat ekanligi ѐki bu boshqa psixik faoliyat uchun ham xosligi. Diqqatning hajmi. Diqqat hajmining individual xususiyatlari. Diqqatning to‘planishi. Diqqatning barqarorligi. Diqqatning tebranishi. Diqqatning ko‘chishi va taqsimlanishi. Material xarakteriga, faoliyat turlari ko‘ra diqqatning barqarorligi. Diqqatni bo‘linishini belgilovchi omillar. Ta’sirlarga chidamliligini baholash usullari. Diqqatning ko‘chishi va taqsimlanishi. Har xil harakatlarga diqqatning taqsimlanish qobiliyatini belgilovchi omillar. Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotira – o‘tmish tajribalarni esga olib qolish, esga saqlash va unutishdan ibora jarayon sifatida. Xotira bilan bog‘liq hodisalar. Fenomenal xotira. Xotira va o‘rganish. Diqqat va xotira. Xotira va shaxs. Asab tizimida xotira izlarini saqlanishi. Qisqa va uzoq muddatli xotiraning fiziologik mexanizmlari. Xotirani ta’minlovchi miya tizimlari. Ixtiyorsiz, ixtiyoriy xotira. Obrazli xotira.

Diqqat haqida tushuncha.
DIQQAT – psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo`lgan ob’ekt ustida to`planishdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o`z diqqatini etishish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo`ladi. O`quvchining biror boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zexn qo`yib o`tirishida uning diqqatini yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo`llab – quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatining yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishini taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi – mazkur faoliyatga xech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalgitish demakdir.
Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi ko`pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Diqqat xar qanday faoliyatning muxim shartidir. Diqqatsiz xatto eng oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mexnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, o`qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi», - deb yozgan edi.
O’quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo’ladi.
Diqqatda psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi.
Qandaydir bir suratli kitobni tez ko’rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to’planishi kuchli bo’lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o’zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o’qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to’planishi juda kuchli bo’ladi.
Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o’tirgan o’quvchi ba’zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to’planishi kuchli bo’ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin