Urganch davlat pedagogika instituti


Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə30/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Umumiy psixologiya

4.Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat ko’lami, diqqat taqsimlanishi.
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo`ladi:

  1. Diqqatning ko`lami.

  2. Diqqatning kuchi va barqarorligi.

  3. Diqqatning bo`linishi.

  4. Diqqatning ko`chishi.

  5. Diqqatning tebranishi.

  6. Parishonlik.

Diqqatning barqarorligi deganda biror faoliyat ustida uzoqroq vaqt ushlanib turishligini tushinamiz. Diqqatning barqarorligi uning kuchi bilan chambarchars bog`langandir. Odatda kuchli diqqat o`z navbatida barqaror ham bo`ladi.
Diqqat tebranish xususiyatiga ham egadir. Agar juda kuchsiz, zo`rga eshitiladigan ovozga kulok soladigan bo`lsak, masalan, soatning chikqillashiga kulok solsak, diqqatimiz jiddiy karatilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz gox baland, gox past eshitiladi. Bir – biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda ham xuddi shunday xodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari xisoblab chiqilgan. Ma’lum bo`lishicha, diqqat tebranishning davomiyligi uncha katta bo`lmay, 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha etadi.
Diqqatning bo`linishi – psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida diqqatimiz ikkita va undan ortik narsalarga karatiladi. Diqqat xakikatan ham bo`linadimi? Bu soxada Ko`plab tajribalar utkazilgan. Natijada, ayrim Tadqiqotchilar diqqat bo`linadi desalar, boshqalari u bo`linmaydi, aksincha bir faoliyatdan ikkinchi faolyaiga tez kuchadi degan xulosaga kelganlar.
Albatta, diqqatning bo`linishi uchun bajarayotgan ishlarimiz ma’lum darajada avtomatlashgan bo`lishi lozim. Masalan, rulga yangi utirgan shofyor tormozni bosaman deb gazni bosib yuboradi yoki mashinani boshqarishga diqqat qilgan xolda yuldagi chuqurlikni kurmay koladi.
Diqqat xususiyatlaridan yana biri uning ko`chishidir. Diqqatning ko`chishi deganda uning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o`tishini tushunamiz. Masalan, talabaning diqqati ma’ro`za tinglashdan uni yozishga, sung yozganini tushunishga, yana ma’ro`za tinglashga tez kuchib turadi. Diqqatning kuchishini olimlar komplikao`iya degan asbob bilan ulchaydilar.
Parishonxotirlik – bu diqqatning kerak bo`lganida boshqa ob’ektga tez kuchmasligidir. Parishonxotirlik diqqatning salbiy xususiyati bo`lib xisoblanadi. Uni ikki xil ma’noda tushinish mumkin: biri kerak bo`lganida diqqatning kuchmasligi bo`lsa, ikkinchisi, aksincha, uning bir faoliyat ustida tuxtab turmasdan chalg`ib ketaverishidir.
Birinchi xil parishonlik ko`proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi fikrga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, xatto yonidagi odam murojaat qilayotganini ham sezmaydi.
Ikkinchi xil parishonxotirlikda odam biror narsa ustida diqqatini o`zok to`play olmaydi, bir narsadan ikkinchi narsaga, bir xodisadan ikkinchi xodisaga tez o`tib turadi. Bu xolat yosh bolalarda tez uchrab turadi, ya’ni ular aytilgan gapni tez uno`tib quyadi. Diqqatning salbiy xususiyatlaridan yana biri uning chalg`ishidir.
Diqqatning chalg`ishi deganda uning asosiy faoliyatdan ikkinchi darajali narsalarga o`tib ketaverishi tushuniladi. Masalan, sinfda utirgan o`quvchi diqqatini kuldan tushib ketgan kalam tovushi ham, deraza orkasida eshitilayotgan odam tovushi ham chalgitishi mumkin.
Diqqatning xususityalariga uning ko`lamini ham qo`shish mumkin. Diqqat ko`lami jixatdan tor va keng bo`lishi mumkin. Buni biz taxistoskop degan asbobda o`lchab bilishimiz mumkin.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin