5.Shaxsda diqqat rivojlanishi.
Ta’lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg’ayishi ta’siri ostida o’sib boradi.
Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatin biron-bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko’rina boshlaydi. Bunda bola diqqatini to’planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o’ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to’g’ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo’lishga va jamiyatda yashash qoidalariga o’rgatadilar. Bularning hammasi ixtiyoriy diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan ham o’sa boshlaydi.
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o’sa boshlaydi. O’qish jarayonining o’zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to’planishi va barqarorligining o’sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning ayrim sifatlari ko’lami, ko’chuvchanligi, kuchi va barqarorligi o’sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo ko’lamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko’chishi va bo’linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko’rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo’liga ushlatib qo’yib, ikkinchi qo’liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo’lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o’z qo’lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo’linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o’yin faoliyatlarida, o’qish va amaliy mehnat jarayonida o’sib boradi.
Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o’sa boradi. Bu xususiyatlari o’yin, mehnat va o’qish jarayonlarida o’sadi.
O’qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo’lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o’sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o’sishi katta yordam beradi. Bola xabtining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta’sirli bo’ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob’ektning tashqi tomonlariga ko’proq qiziqa boshlaydi. Endi bola biror predmetga ko’proq qarashi, uni og’ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo’la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo’lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo’lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya’ni darsda qanday o’tirish, maktab topshirig’lari, o’g’ituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol o’ynaydi.
Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalar o’z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o’yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo’ladi. O’quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rshojlanishiga jiddiy talablar qo’yadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatinint asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatning o’sib borishidir. Quyi sinf o’quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab ular asab tizimining gez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o’qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko’rgazmalar, xilma-xil bo’lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg’ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o’ylab ko’rishi lozim.
O`quv faoliyatini to’g’ri tashkil etish boshlang’ich sinflardayoq shakllanib, o’smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O’smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko’p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo’shqin G’ayrat, istak uyg’onadi. Bu bir tomondan, diqqatning turlanishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg’ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o’smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo’naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O’qituvchining mohirona o`qituvchiligi va kuchli nazorati o’rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to’g’ri tarbiyalashni ta’minlaydi. Bunday sharoitda o’smirning o’zi ham o’zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi.
Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog’lig’. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta’limga oliy ma’suliyatli bo’lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so’nggi ixtiyoriy diqqatning, ya’ni irodaviy diqqatning paydo bo’lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ko`p yillik o’qish davomida tobora g’iyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo’ladi, uning natijasi yug’ori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo’lgan ish ustida ham o’z diqqatini nisbatan engil to’play oladigan bo’ladi.
Bunday yigit-qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan o’rganish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, xatto o’smir ham ko’rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo’ladi. YUg’ori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o’qitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Maktab yoshidan boshlab esa ixtiyoriy diqqat juda tez usa boshlaydi. O`qish ishida – darsni eshitish, kitob o`qish, masalalarni echishda ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Bundan tashqari, o`qish ixtiyoriy diqqatni o`stirib qolmasdan, balki uning kuchi, barqarorligini o`sishiga ham yordam beradi. Iroda diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turuvchi asosiy faktordir. SHuning uchun diqqatga doir bu sifatlarning keyingi taraqqiyoti ham iroda taraqqiyoti bilan bog`liqdir. O`quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta’siri, dars davomida sinfda o’tirish, o`quvchilarning so’zlarini eshitish zaruriyati, chalg’imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. har turli ta’lim ishlari maktabdagi o`quv mashg’uloti ustida ongning yo’nalganligi va to’planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli bo’ladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vag’t ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo’la boshlaydi. SHuning uchun pedagog o`qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o`quvchi uzog’ vag’t diqqatli bo’lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib g’olsa, u zarur vazifani bajarishdan chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o’rganayotgan o`quvchi kino yoki biror o’qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda kuchlidiqqat bilan o’tirgan o`quvchilar boshqa darslarda o’qituvchilarni ancha tashvishga solib qo’yishlari mumkin.
O`quvchilarning o`quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qaragan ko’p jihatdan darsda o`quvchining o`quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o`quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart-sharoitlarga rioya qilinsa o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba’zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay o’z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: hamma predmetlardan beriladigan vazifalar.
O’smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o’zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o`quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o’smir esa o’zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o’g’ituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlashi mumkin.