Urganch davlat pedagogika instituti


Tafakkur shakllari, hukm, xulosa chiqarish, tushuncha



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə39/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Umumiy psixologiya

3.Tafakkur shakllari, hukm, xulosa chiqarish, tushuncha.
Tafakkur shakllariga xukm, tushuncha va xulosa chikarish kiradi. Narsa va xodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr XUKM deb aytiladi. Masalan, baxorda daraxtlar barg yozadi.
Borliqdagi narsalar, xodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror xukmda aks etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm.

  2. YAkka, juz’iy va umumiy xukm.

  3. SHartli, ayiruvchi va qat’iy xukm.

  4. Taxminiy xukm.

Narsa bilan belgining aloqasi aks etgan xukm TASDIQLOVCHI xukm deyiladi. Masalan, Alisher Navoiy buyuk o`zbek shoiri, mutafakkiri. Narsa bilan belgi o`rtasidagi boglanish yukligini ifodalovchi xukm INKOR xukm deb ataladi. Masalan, O`zbekistonda paxta eqilmaydi. Samarkandda oliy maktablar yuk kabi.
YAkka narsa xaqidagi xukm YAKKA xukm deyiladi. Masalan, Toshkent – O`zbekistonning poytaxti. Agar xukmimiz bir gurux narsalarning ba’zilariga taalukli bo`lsa uni JUZ’IY xukm deyiladi. Masalan, bugun ba’zi talabalar darsga kech koldilar. Bordiyu bizning xukmimiz bir gurux narsalarning barchasiga ta`luqli bo`lsa UMUMIY xukm deyiladi. Masalan, O`zbekiston fuqarolari tinchlik uchun kurashmoqdalar.
Xulosa chiqarish deb bir necha xukmlardan aloxida xukm keltirib chikarishga aytiladi. Masalan, Barcha sayyoralar xarakat qiladi. Er – sayyora. Demak, Er ham xarakat qiladi.
XULOSA CHIQARISH uch turda bo`ladi: induktiv, deduktiv va analogik. INDUKTIV xulosa chikarish deb bir necha yakka xukmlardan umumiy xukm keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan, Temir elektr tokini o`tkazadi. Mis elektr tokini o`tkazadi. Qo`rg`oshin elektr tokini o`tkazadi. Bular metallardir. Demak, metallar elektr tokini utkazadi.
DEDUKTIV xulosa chikarish deb umumiy xukmdan yakka yoki jo`z’iy xukm keltirib chikarishga aytiladi. Masalan, Daraxtlar baxorda gullaydi. O`rik – daraxt. Demak, o`rik baxorda gullaydi.
ANALOGIK xulosa chiqarish deb predmetning o`xshash belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi.
TUSHUNCHA narsa va xodisalarning umumiy va muxim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Uy, Ko`prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar odatda konkret va abstrakt bo`ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, deraza kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muxabbat, baxt, go`zallik, uzunlik, balandlik, kenglik, xarakat kabilar kiradi.
Tushunchalar ko`lami jixatdan uch turga bo`linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to`planma tushunchalar.
YAKKA tushuncha deb yakka predmet yoki xodisa xaqidagi tushunchaga aytiladi. Masalan, Alisher Navoiy, Qo`qon, Sirdaryo, Sobir Raximov kabilar. UMUMIY tushuncha deb bir jinsda bo`lgan narsa va xodisalar to`plami xaqida yaxlit fikr yuritishga aytiladi. Masalan, kitob, maktab, student, o`spirin, yulduz va boshqalar.
TO`PLANMA tushuncha deb bir xil narsalarning to`plamiga aytiladi. Masalan, kutubxona, paxtazor, yig`ilish kabilar.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so`z o`zaro bog`langan xolda namoyon bo`ladi. Bir tomondan, so`z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikinchi tomondan so`z tushunchaning moddiy asosiy va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so`zlardan xosil bo`lishi mumkin.
Tafakkur jarayonining o’zi ham, bilish jarayonining o’zi ham muttasil har xil savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Odam qanchalik ko’p bilaversa, uning oldida nomaium narsalar shu qadar ko’p paydo bo`laveradi, unda shu qadar ko’p savollar tug’ilaveradi va uning o’zi shu qadar ko’p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo’yishda katta rol o’ynaydi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin