Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə36/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
Umumiy psixologiya

4.Xotira tiplari.
Xar kimning o`ziga xos xotira xususiyatlari mavjud. Xotiradagi bu farq uning kuchida ifodalanadi. Birovda xotira kuchli bo`lsa, boshqa birovda kuchsizdir.
Xotiraning kuchli yoki kuchsiz bo`lishini biz esda qoldirish va unitishning tezlik darajasiga qarab belgilaymiz. Tez esga olib, juda sekin unutish kuchli xotiraning belgisi bo`lsa, sekin esda olib qolib, tez unutish kuchsiz xotira belgisidir. SHunga qarab kishilardagi xotirani to`rt tipga bo`lamiz:



Esda qoldirish




Unitish

Tez




Sekin

Sekin




Sekin

Tez




Tez

Sekin




Tez

Xotirani yana ko`rish, eshitish, xarakat degan tiplarga ham ajratish mumkin. Lekin sof xotira kam uchrab, ko`proq aralash xotira (ko`rish- xarakat, ko`rish-eshitish, xarakat-eshitish kabi) xillari uchraydi.


Xotiraning yuqorida sanagan bu tiplari tug`ma, o`zgarmaydigan narsa emas, balki uni tarbiyalash, o`zgartirish, kuchli xotira qilish mumkin.
Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat.
Xotirani tajriba asosida psixologiya asosida tadqiq etish, XIX asrning 80-yillariga to`g`ri keladi. 1885 yilda nemis psixologi Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi.
XX asrning 30-yillarida Rossiya psixologlari L.S.Vigodskiy, A.N.Leont’ev, A.N.Zankov, T.I.Zinchinko kabilar xotiraning turli jihatlarini o`rganadilar.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin