Urganch davlat pedagogika instituti


Hissiyot haqida tushuncha, his-tuyg`ularning vazifalari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə54/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108
Umumiy psixologiya

1.Hissiyot haqida tushuncha, his-tuyg`ularning vazifalari .
Kishi sezgi, idrok qilgan, xotirasida qolgan ta’sirotlarga hech qachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday ta’sir ijobiy yoki salbiy, yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotni qo`zg`otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan to`xtatadi. Kishi tashqi yoki ichki ta’sir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan to`xtaydi, jasurlanadi yoki qo`rqadi, shubhalanadi va h.k.
His-tuyg`ular kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan turli shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg`ular albatta ikki qutbli -ijobiy yoki salbiy, ya’ni yoqimli va yoqimsiz bo`ladi.
Hissiyot haqida etarli bilimga ega bo`lish ishlab chiqarish tashkilotchisi, o`qituvchi, pedagog uchun juda muhimdir. O`z ishidan qoniqish hissini paydo qilish, zo`r ko`tarinki ruh bilan ishlash qulay psixologik muhit yaratilishi bilan bog`liq. Bu esa jamoa oldida turgan vazifalarni uning har bir a’zosi ehtiyoji bilan mustahkamlashiga bog`liq.
2.Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari, insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.
His-tuyg`ularning kechishi o`z rivojlanishiga ega bo`lgan, joriy va o`zgarib turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari bor: bular emotsiya, kayfiyat, affekt, kuchli hayajonlanish, stress, ehtiros, tor ma’nodagi his-tuyg`ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`p qirrali munosabatlarining ifodasi bo`lib, hisoblanadi.
His-tuyg`ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi., faoliyatga undaydi. Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatni rag`batlantiradi.
Kishi uchun sub’ektiv hisoblangan his-tuyg`ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganining belgisi sifatida namoyon bo`ladi.(zavqlanish, mamnunlik, o`kinish, uyalish va b.)
Emotsional holatlarning regulyativ (tartibga solib turuvchi) funktsiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo bo`ladigan kechinmalar unga ehtiyojlarining qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani, to`siqlar, nimalarni o`zgartirish zarurligi haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi.
His-tuyg`ularni boshdan kechirish shakllari.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli ko`rinishda bo`lgan, o`ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, kayfiyatni, affektlarni (hissiy bo`ronlarni), kuchli hayajonlanish (hissiy portlash)holatlarini va xususan his-tuyg`ular (tor ma’nodagi so`z bilan aytganda)ni hosil qiladi. (tor ma’nodagi his-tuyg`ular ehtiroslar, muhabbat va boshqalar).

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin