Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə55/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108
Umumiy psixologiya

Emotsiyalar. “Emotsiya» so`zini o`zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan,kishining musiqaviy asarga nisbatan o`rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg`usining o`zini emas, balki kontsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
Bir xil holatdagi emotsiyalar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo`lib chiqadi, kuch-g`ayratlarni oshirib yuboradi va stenik deb ataladi, agar susaytirsa, astenik deb aytiladi.
Affektlar. Kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlar affekt (hissiy portlash) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o`zgartirganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganlgi, olamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.
Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo`lgani uchun ham qisqa muddatli bo`ladi: ular his-tuyg`ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma yoqni to`s-to`polon qilgan shamolga o`xshaydi. Agar hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishini ifoda etsa, u holda affekt bo`rondir. Ko`z yoshi to`kish va o`kirib yig`lash, qah-qaha otib kulish va baqirib-chaqirib gapirish, alohida turqi-tarovat va yuzdagi imo-ishora, tez-tez yoki qiynalib nafas olish etilib kelayotgan affektning odatdagi manzarasini hosil qiladi.
Hissiy portlash ro`y bergan taqdirda, uning keyingi bosqichlarida kishi o`zini tuta olmasdan qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o`ylamaydi va aql hushini yo`qotib qo`yadi, so`ngra bu haqda o`ylasa uyalib yuradi, pushaymon eydi,ba’zan sodir bo`lgan voqealar tushida yuz berganday esga tushadi. Tormozlanish miya qobig`ini egallab oladi va kishining tajribasi, uning madaniy ma’naviy negizlari mustahkamlangan murakkab bog`lanishlarning tarkib topgan sistemasini ishlatmay qo`yadi.
Kayfiyatlar. Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki qayg`uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yoki mayuslik, jiddiy yoki engiltaqlik, jizzaqilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo`ladi. Kayfiyati yomon kishi o`rtog`ining haziliga yoki tanbehiga kayfiyati chog` vaqtidagiga qaraganda tamomila boshqacha munosabat bildiradi.Kayfiyatlar odatda o`ziga o`zi hisob bermasligi va sust namoyon bo`lishi bilan belgilanadi. Kayfiyat kishi faoliyatiga ta’sir ko`rsatadi.
Kayfiyatlar ko`proq kishi salomatligining umumiy holatiga, ayniqsa nerv tizimi va modda olmoshuvini to`g`rilab turadigan ichki sekretsiya bezlarining holatiga bog`liqdir. Kayfiyatni yaxshilish uchun aqliy va jismoniy mehnatni to`g`ri tashkil etish, dam olish va mehnatni o`rinli tashkil etish kerak.
Stress. Psixologik ta’rifiga ko`ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishning alohida shakli kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish degan so`zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y beradi.
Stress kishining o`ta faol yoki o`ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy zo`riqish holatida individning hatti-harakati kishi nerv tizimining tipiga, nerv jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda bog`liqdir. (Masalan, imtihon oldidagi holat)

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin