Urganch davlat pedagogika instituti


Ma’naviy- axloqiy his-tuyg`ular



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə58/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108
Umumiy psixologiya

Ma’naviy- axloqiy his-tuyg`ular o`z mazmuniga ko`ra, kishining kishiga va kengroq ma’noda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi.Ma’naviy his-tuyg`ularga muhabbat, hamdardlik, xayrixohlik, insonparvarlik, sadoqat va hokazolar kiradi.
Intellektual his-tuyg`ular shaxsning bilish jarayoniga, uning yutuq va muvaffaqiyatsizlikka munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi.
Qiziqish, g`azablanish, qiziquvchanlik, shubhalanish, kashf etganidan shodlanish, haqiqatga ishtiyoqmandlik va hokazolar intellektual his-tuyg`ular qatoriga kiradi.
Estetik his-tuyg`ular sub’ektning hayotida yuz beradigan turli xildagi narsalarga va ularning san’atda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bema’ni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Estetik his-tuyg`ular kishining madaniy jihatdan rivojlanganligi, uning ongi shakllanishi mahsuli hisoblanadi. Kishi faoliyat va muomala jarayonlarida ma’naviy, intellektual va estetik tuyg`ularni boshdan kechiradiki, ba’zan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-tuyg`ular deb ham aytiladi. «Yuksak his-tuyg`ular» ham shartli. Chunki odobsizlikka, ma’naviyatsizlikka, maslaksizlikka,va boshqalarga undovchi ba’zi salbiy mazmundagi his-tuyg`ularni xam shu guruhga kiritishga to`g`ri keladi.
Xissiyot — shaxsning voqeiikka o’z munosabatini his qilsshidan keiib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqisfalari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinraalaridir, Keltirilgan ta'riflardan ko’rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncfaa bo’Iib, shaxsning kundaiik hayoti, tormush tarzidagi barcha jabhalami qamrab oSadi.
Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishl nuqtai nazaridan odanining ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog’liq bo’ladi. Masaian,, odamning organik ehtiyojiarini qondirishi bilaK bogiiq bo’lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatianish tuyg’usini yuzaga keltiradi, Orgaaik hissiyotlarni qondira olmasSik odamining ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo’Iadi.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida faqat vokelikni bilib kolmay, balki xayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy xis-tuygu uygonadi. Mamnun bo`lish, suyunish, gazablanish kabilar xis-tuygularning ko`rinishlaridir. Xis-tuygular kishining o`z xayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashgul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil shaqlda bildiradigan ichki munosabatidir. Xis-tuygular o`zining kechishiga kura o`zgarib turadigan psixik jarayondir.
Xis-tuyg’ularni boshdan kechirishning turli shaqllari- emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli xayajonlanish stress, extiros ko`rinishlariga ega bo`ladi.Xis-tuygular shaxsning emoo`ional soxasini tashqil etadi.
Kishida xis-tuygular uning extiyojlari kondirilishi jarayoni qanday kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo`ladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emoo`ional xolatlar, xis-tuygularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi bo`lib xisoblanadi. Emotsiyaning paydo bo`lishi tashqi olamda ruy beradigan o`zgarishlardan boshlanadi. Bu o`zgarishlar kishi xayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil extiyojlarning paydo bo`lishiga yoki yo`qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi o`zgarishlarga olib boradi. Xis-tuygular kechishiga oid fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog`liqdir.
«Xissiyot» «emotsiya» va «xis-tuygu» degan so`zlar Ko`pincha sinonimlar sifatida kullaniladi. Torrok ma’noda olganda, bu qandaydir biroz doimiyrok xis-tuygularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishdan iboratdir. «Emotsiya» so`zi ruxiy xayajonlanish, ruxiy xarakterlanish degan ma’noni beradi. Emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo`linadi. Stenik xislar kishining gayratlantirsa, astenik xislar esa uning faoliyatini susaytirib yuboradi.4
Hissiy holatlarning fiziologik asoslari
Odamda uchraydigan yo`qsak. ma'naviy hissiyotlar ham o’zining nerv-fizioiogik asosiga ega bo’lishi kerak (chunonchi inteilektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta'limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I,P.Pavlov shunday defa yozgan edi: "Menimcha, ko’pincha odatdagi turrnush tartibining o’zgargan paytlarida odat bo 'lib, qolgcm birorta mashg 'ulot yaqin kishidan judo bo 'Iganda, aqliy iztirob chog’ida kechiriladigan og’ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o 'zgarishi, uning yo 'qoliski va yangi dinamik streotipning qafiylik bilan hosil bo’tishidan iborat bo’lsa kerak".
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko’rtnadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo’isak, biron yoqimli ko’ydan lazzatianish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi.
Agar bu hissiyotlarning nerv-fizioiogik asoslarini tahlil qiladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasilgi mumkin, Bunda ajablanishga hech qanday o’rin yo’q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo’lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratiar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi kiassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug’diradi, aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug’diradi. Demak, uzoq yillar davornida ynzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab qismni tashqil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariiadigan ichki a'zo faoliyati biian bog’liq bo’Isa ham bari bir bosh miya po’sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odatnning butun a'zoyi badanida bo’bdigan har qanday hodisalaraing hatnmasini bosh miya po’sti qismidagi neyronlar idora qiiadi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’sti bilan bog’liq.
Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar
Xis-tuygular xayvonlarga ham xos. Lekin insonning xis-tuygulari o`z mazmuni va kechishiga kura xayvonnikidan tubdan fark qiladi. Masalan, jirkanish, faxrlanish, xasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, xurmat qilish, burchni xis etish kabilar faqat insonga xos bo`ladi.
Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rtasida juda katta farq bo'ladi. Odamda juda ko'p miqdordaa his-tuyg’ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda uchramaydi. Shuning uchun ham odam ham xayvon uchun umumiy bo’lgan g’azablanish, qo’rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g’aniginlik emotsiyalari hayvoniarda sifat jihatidan farq qiladi. Shu o’rinda S.Shexterning etmotsional faktorlarning paydo bo’lishi kognitiv-fiziologik konsepsiyasini keltirib o’tish joiz.

Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi stimullar)




Psixologik (kognitiv) faktorlar: xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar nuqtai nazaridan vaziyatni baholash

Emosional kechinma (fizik;fizioiogik va psixologik omillarasosida)


Fiziologik omillar (nerv-muskul tszimini o’zgarishi)
Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Emotsiyalarning "insoniylashuvi" shunday namoyon bo’ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni juda boy va murakkabdir, Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o’rtasida paydo bo’lgan munosabatlar-ning ko’piigi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko’ngillik bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam o’z hissiyotlarini o’zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida qarama-qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira oladilar. Lekin o’zining imo- ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo’ladi. Odam xayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko’z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o’zgartirish yoki qizartirishga qodir emas, ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin