Urganch davlat pedagogika instituti


Faoliyatning individual uslubi va temperament



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə66/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108
Umumiy psixologiya

Faoliyatning individual uslubi va temperament. Temperamentni harakatchanligiga ko`ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Ish usullari, uslubi o`quvchilarning individual xususiyatlariga to`g`ri kelsagina, ishda natijaga erishiladi. Shunday qilib, temperament faoliyatning individual uslubini belgilaydi.
Temperamentning o`ziga xos xususiyatlari o`quv mashg`ulotlari va mehnatda seziladi. Ta’lim tarbiya jarayonida individual, psixologik jihatdan asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun ularning temperament xususiyatlarini to`g`ri tasavvur qilish va bilish lozim. O`qo`vchining rivojlanish sharoitlarini bilgach, uning har xil holatdagi xulqi va faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlarni solishtirib, tasodifiy xulq-atvorini, odatlarini, temperamentning asosiy belgilaridan ajratish mumkin.
O`quvchini temperamentning m’lum bir tipiga kiritish uchun unda quyidagi fazilatlarning u yoki bu tarzda ifodalanganligiga ishonch hosil qilish lozim.

  1. Faollik

  2. Emotsionallik

  3. Motorikaning o`ziga xos xususiyatlari.

Temperamentning har bir tipi ham ijobiy ham salbiy psixologik xususiyatlarda o`zini namoyon qilishi mumkin.
Mexnat faoliyatidagi ayni bir vazifa va talablar xar turli usullar va yullar bilan bir xil samarali amalga oshirilishi mumkin. Faoliyatning indvidual uslubi deganda biz mazkur odam uchun xarakterli bo`lgan va samarali ishlashi uchun maksadga muvofik bo`lgan xarakatlar va yullarning individual sistemasini tushunamiz.
Faoliyatning indvidual uslubi odamda uz-uzidan, stixiyali ravishda paydo bulmaydi. U ta’lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi. Individual uslub tarkib topishining birinchi kurtaqlari bog`cha yoshidagi katta bolalarda o`yin xarakteridagi seminar masalalarni echishdayok kurina boshlaydi.
I.P.Pavlov bundan tashqari, ikki signal sistemasining o`zaro nisbatiga qarab oliy nerv faoliyatining “Maxsus insonlarga xos 3 ta tipini aniqlagan”.
1. ”Fikrlovchi” tip, bunda 2 chi signal sistemasi birinchi signal sistemasiga nisbatan ustun turadi.
2. “Badiiy” tip bunda birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasiga nisbatan ustun turadi.
3. Temperamentning asosiy xususiyatlari quyidagilar (V.S.Merlin bo`yicha):
A) senzitivlik – tashqi ta’sirlarga ma’lum miqdordagi psixik javob berish kuchi (kuchsiz his-tuyg`u).
B) reaktivlik – emotsional reaktsiya kuchi, emotsionallik, ta’sirchanlik, taassurotga berilishi.
V) faollik – tashqi olamga ta’sir etish faolligi.
G) reaktivlik va faollik munosabati.
D) ta’sirga javob tempi – psixik jarayonlr va ta’sirlar kechishi tezligi (aql tezligi, nutq tezligi va h.k.)
E) plastiklik – egiluvchanlik, beriluvchanlik.
J) rigidlik – intertlik, xulq-atvor ikqilanuvchanligi.
Z) ekstrovertlik – inson reaktsiyasini ichki obrazlar, fikrlar, o`tmish va kelajakka bog`liqligi.
K) emotsional ko`zg`aluvchanlik – emotsional jarayonlarning kechishi va tashqi ifodalanishi.
Yuqorida keltirilgan sifatlardan kelib chiqib, temperament turlariga psixologik xarakteristika quyidagi jadvalda berilgan.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin