Urganch davlat pedagogika instituti


Irodani tarbiyalash, irodaning individual xususiyatlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə63/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108
Umumiy psixologiya

5.Irodani tarbiyalash, irodaning individual xususiyatlari.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari ham har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o`z ichiga oladi:
Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak.Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.
Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir.
Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqaveradi.
Har doim uzoqqa mo`ljallangan maqsadni o`z oldiga qo`yishga odatlanish kerak. Qilayotgan ishini tugatib yana nima bilan shug`ullanish rejasiga ega bulish kerak.
Maqsadga erishish uchun o`ziga zarur sharoitlarni yarata olishga odatlinish kerak. Ishga kirishishdan oldin joy, asboblar, material bo`lishiga erishish.
Rejim asosida ishlashni odat qilish. Sutkaning qaysi qismida nima bilan shugullanish kishini bezovta qilishi kerak. Men nima uchun «Axborot» yoki «Davr» dasturini ko`rmadim? qabilida o`zini - o`zi koyishi.
Irodali kishi - o`z vaqtining chinakam xo`jayini, mutasaddisi bo`lishi kerak. Maqsadning va unga etishish yullarining ma’kul va noma’kulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-xarakat mtoivlari deb aytiladi.
Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu maqsadni o`z oldiga kuymokda, shu maqsadga etishmok uchun boshqa yul va vositalar bilan emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko`rishning sababi nima degan savolga javob motiv deb ataladi.
Maqsadlarni, ularga erishish yullari va vositalarini tanlash jarayoni ba’zan ichki kurash xarakteriga ega bo`ladi. Bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo`lgan bir necha motiv maydonga chikadi. Bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi. Motivlar kurashi Ko`pincha tafakkur bilan xissiyot o`rtasidagi kurashdan iborat bo`ladi.
Bundan tashqari, bu burch xissi bilan unga oid bo`lgan qandaydir boshqa shaxsiy xis o`rtasidagi kurash tarzida ham namoyon bo`lishi mumkin.
Maqsadga erishish yullari va vositalarini tanlash jarayoni, rejalashtirish motivlar kurashi bilan boglangan bo`lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yulidagi xarakat usullaridan birini tanlab olish demakdir.
Tez qarorga kelish sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan, extiyojga, xal qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, xissiyotga, tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, dunyoqarashi, temperament va xarakteriga, boshqa kishilarning maslaxati, buyrugi, takliflariga bog`liqdir. Bundan tashqari, maqsadning ahamiyatliligiga, birorta qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga ham bog`liq bo`ladi.
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas balki, qarorni tez va dadil bajarishda ham zoxir bo`ladi. Tezlik bilan qarorga kelish vaa uni belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyish qilish demakdir.
Qabul qilingan qaror mustaxkam yoki bush bo`lishi mumkin. Bir marta qabul qilinib, keyinchalik o`zgartirilmaydigan va ma’lum vaqt davomida albatta bajariladigan qaror kat’iy va mustaxkam qaror deyiladi. Qaror qabul qilinsayu, keyin yo o`zgartirilsa, yoki boshqa yangi qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qaror bush qaror deyiladi. Kat’iy va mustaxkam qarorga kelish irodaning ijobiy xususiyatidir.
Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko`rish va xarakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan xarakatga o`tishni qarorni ijro etish deyiladi. Irodaning eng muxim va asosiy bosqichi qarorni ijro etishdir.
Odatda irodaviy xarakatlar 2 xil: jismoniy va aqliy bo`ladi. Jismoniy xarakatlarga xar xil mexnat operasiyalari, o`yin va sport mashg’ulotlari va boshqalar kiradi. Aqliy xarakatlarga esa masala echish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kabilar kiradi Ko`p vaqt takrorlanib o`zlashib ketgan, ko`nikma va malakalarga aylangan xarakatlar ham murakkab irodaviy xarakatlardandir.
Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt, muddat bilan bog`liq bo`ladi. Qaror kechikmasdan, belgilangan muddatda ijro etilsa, bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi.
Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi, ayrim xollarda esa o`z vaqtida bajarilmay qoladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro etilmaydigan qarorlar niyatlar deb aytiladi.
Bir qator xollarda qarorga kelish boshqa kuchli extiyojlarning ta’sirini zaruriy tarzda engish bilan bog`liq bo`lgan jiddiy xarakterdagi ichki zo`r berish bilan bog`liq bo`ladi. O`zidagi karshiliklarni engish bilan bog`liq bo`lgan bunday jarayon irodaviy zo`r berish deyiladi.
Irodaviy zo`r berish ongning, avvalo nerv-muskul apparatining maxsus zo`riqishida ifodalanadi va organizmning tashki o`zgarishlarida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, zo`r berish uchun yana kuch sarflashga ham tugri keladi.
Irodaviy zo`r berish va irodaviy xarakat maqsadga erishish yulida uchraydigan To`siqlarni engishda namoyon bo`ladi. To`siqlar esa ikki xil: ichki va tashki To`siqlar bo`lishi mumkin.
Irodaning navbatdagi bosqichi ijroga baxo berish bo`lib xisoblanadi. Baxo berish qilingan ishni ma’kullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo`ladi. Bu baxo qabul qilingan qaror yoki bajarilgan xarakatlardan mamnun bo`lish yoki mamnun bo`lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus xissiy kechinmalarda ifodalanadi.
Demak, iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir. U insonning ongli xarakatlarida namoyon bo`ladi. Iroda tufayligina turli karshiliklarni engib o`z maqsadimizga erishamiz. Iroda juda murakkab to`zilishga egadir. U ko`plab xarakat bosqichlarini o`z ichiga oladi.
Iroda insongagina xos muxim xususiyat bo`lib, u shaxsning turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo`ladi. Iroda inson faolligining muxim tomonini tashqil etadi.
Odam tevarak-atrofdagi olamni o`z sezgi, idroklari yordamida bilib, o`rganibgina kolmay, uni o`z extiyojlari, zaruriyatlariga moslab o`zgartiradi ham. U o`z aql-idroki yordamida zarur natijani kulga kritish uchun kachon, kaerda va qanday kuch –gayrat sarf etish zarurligi, ish faoliyatini qanday tashqil etish keraqligini belgilaydi. Ko`p xollarda murakkab xatti-xarakatlar natijasidagina tegishli yutuk kulga kritiladi. Bunday xarakat davomida ob’ektiv va sub’ektiv kiyinchiliklarni engib utishga tugri keladi.
Kuch-gayratni vujudga keltirish, kancha vaqt kuch-gayrat zarur bo`lsa, uni ushancha vaqt saqlab turish uchun kishiga iroda kerak. Iroda kishi ongining shunday bir soxasiki, bu orqali odam o`z ishiga faol krishadi va uni muvofiklashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o`z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli zaruratdan kelib chiqqan xolda, oldindan rejaga solingan yunalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-gayrat bilan tegishli ish xarakatlarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari, odam o`z psixik faoliyatini tegishli ravishda uyushtirish hamda uni muayyan bir mazmunga yunaltirishi ham mumkin..
Odam o`zidagi emotsional xolatni sirtiga chikarmaslikka, tashqi tomondan bilintirmaslikka xarakat qilishi, goxo tashqi tomondan mutlako buning aksi bo`lgan xolatlarni ifoda etishi ham mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan, odam xatti-xarakatini yunalishga soladi yoki uni biror xarakatdan saqlab koladi, ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan xolda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi.
Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari
Odamning irodaviy faoliyat o`z oldiga qo’ygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy xarakat o`ziga xos xususiyatga egadir. Buning ma’nosi shuki, odam o`z oldida to`rgan va uning uchun juda katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun unchalik ahamiyatli bo`lmagan boshka xatti-xarakat motivlarini buysundiradi. Iroda kishining o`z xatti-xarakatlarini ongli ravishda boshkarishni, bir qator intilish va istaqlarni tiyib turishni takoza etadi. Irodaviy xarakat shundan iboratki, bundan odam o`zini-o`zi idora qiladi, o`zini-o`zi kulga oladi, o`z xis-tuygularini nazorat qilib turadi va kerak bo`lib kolgan paytlarda ularni bosa oladi. Irodaning namoyon bo`lishi ish-xarakatlarda ongning ishtirok qilishi bilan bog`liq bo`lgan shaxs faolligidir. irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng mikyosda anglangan va psixik jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jixatidan irodaviy zo`r berishni talab qiladigan bir qator ishlarni takoza qiladi. Ko`pincha irodaviy faoliyat odamning xayot yulini aniklaydigan, uning ijtimoiy kiyofasini kursatadigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi. Bunda burch xissi, Vatan va
xalk oldidagi burchini anik anglash namoyon bo`ladi. Bularga misol qilib Ulug Vatan urushi davridagi kishilarimizning kaxramonliklarini kursatishimiz mumkin.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin