Urganch davlat pedagogika instituti


Iroda borasidagi nazariyalar, irodaviy akt va uning tuzilishi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə61/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
Umumiy psixologiya

3.Iroda borasidagi nazariyalar, irodaviy akt va uning tuzilishi.
Iroda asosini kishini harakatlanishiga sabab bo`ladigan ehtiyojlari tashkil etadi. Harakatga undovchi sabab motiv deb aytiladi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustahkam bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi.
Bu birinchidan, individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sifatida namoyon bo`ladigan motivlardir.
Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, nima uchun aynan shunisi tanlanganligini izohlab beradi. Bu shaxs yo`nalishini tashkil etadi.
Uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatni o`zi boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaqlar, qiziqishlar va boshqalar kiradi.
Irodaviy aktda motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik manbai, uning yo`nalganligi va o`z-o`zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir.
Murakkab irodaviy harakatlar strukturasida uch bo`g`in – maqsad quyish, fikran rejalashtirish va ularni amalga oshirish- ijro bo`g`inlari bir-biridan farq qilinadi.
Odamlarning o’z oldilariga ongli suratda qo`ygan maqsadlari zamirida ularning biror narsaga bo`lgan ob’ektiv ehtiyoji bo`ladi. Ehtiyoj moddiy va ma’naviy, shaxsiy va ijtimoiy bo`lishiga qarab irodaviy akt strukturasi mazmunan o`zgarishi mumkin.
Maqsad qo`yish odamning shu maqsadga bo`lgan o`z motivlarini anglab olishi bilan bog`liqdir. Maqsad ravshan aniqlangandan keyin uni amalga oshirishning fikran rejasi tuzib olinadi. Odam oldida endi yangi vazifalar paydo bo`ladi- maqsadga erishishning eng to`g`ri yo`lini topish, qiyinchiliklarni engish usullarini belgilash vazifasi turadi.
Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o`zgarishi munosabati bilan bir qator hollarda motivlar, masalan, g`arazli manfaatlar bilan to`qnashuvi mumkin. Shundan keyin motivlar kurashi paydo bo`ladi. Muhokama yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya’ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi.
Irodaviy hatti-harakatning so`nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy hatti-harakatlarda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi. Kishining irodasi haqida atigi birgina yuksak motivlarga va qahramonona qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. Irodaviy harakatning eng muhim bo`g`inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish - ko`pincha alohida hissiy holatning-irodaviy zo`r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Irodaviy zo`r berish bu hissiy hayajon shakli bo`lib, kishining harakatga qo`shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo`q bo`luvchi, yoki etarli bo`lmagan ichki resurslarini (xotirasi, tafakkuri, xayoli va boshqalarni) safarbar etuvchi va ancha zo`rayish holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.
Irodaviy zo`r berish natijasida bir xil motivlarning harakatini to`xtatib qo`yib, boshqalarning harakatini haddan ziyod kengaytirish mumkin bo`ladi. Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo`rquv, charchash kabilar ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy zavq beradi, o`z xohishining ustidan erishilgan g`alaba kabi boshdan kechiriladi. Irodaviy kuch-g`ayrat odamlarning barcha qahramonlik ishlariga zarur qism bo`lib kiradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin