Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə57/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
bt majmua boshqatdan

Tayanch tushunchalar: psixologik trening, fanning predmeti, maqsadi, o‘ziga xos jihatlari, tamoyillari, shaxslararo munosabatlar, muloqot uslubi, hissiy aloqa

  1. trening haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining o’zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri shaxslarida muloqotga bo’lgan (ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy munosabatlar, emotsional sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda ) ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular o’rtasida yuzaga keladigan turli nizoli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini kengligi ham hech kimga sir emas. Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera oladimi? kabi savollarga duch kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning muloqot sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir etishga bolgan intilishi yanada oshdi. Birinchidan, axborotlashgan jamiyatga o’tganligimiz tufayli axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. Uchinchidan, hozirda shaxslarni ruhiy salomatligini saqlash maqsadida hissiy – emotsional zo’riqishlarni oldini olish va bartaraf etishni rivojlantirish kabilar dolzarb masalalardandir. 2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish to’grisidagi konsepsiyning qabul qilinishi va uni amalga oshirish maqsadida barcha ta’lim - tarbiya muassasalari, korxona va tashkilotlar, oila institutlari, hamda mahalla uyushmalarida aholini ruhiy zo’riqishlarini bartaraf etish, natijada aholining salomatligini, ish unumdorligini oshirish keng targ’ib qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda psixologik treningning o’z orni va ahamiyati katta. Trening guruhlarda muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh-guruh bo’lib munozara, bahs, rolli o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga qaratilinadi. Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Psixologik trening avvalo shaxs yoki gruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi komminakativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inson o’z hayotida shaxsiy tajriba, ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni ortirib borishi jarayonida hosil bo’ladigan, bevosita shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki kommunikativ sovodxonlikdan farqli psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga talluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun qo’llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib ijtimoiy psixologik trening (IPT) yoki psixologik trening deb ataladi. Trening tushinchasi ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo’lib, bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot sohasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi. Ya’ni u shaxsni ijtimoiy muloqotga oldindan maqsadli tarzda tayyorlaydi. Jumladan: - bo’lajak mutaxassislarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash; - rahbar kadrlarni samarali boshqarish usullariga o’rgatish; - ta’lim-tarbiya maskanlarida o’zaro hamkorlik faoliyatini rivojlantirish; - ijtimoiy muhitdagi barcha shaxslararo munosabatlarda muloqot kompetentligini oshirish; -ijtimoiy shaxslaaro muloqot jarayonida yuzaga kelishi kutiladigan emotsional zo’riqishlarni oldini olish va mavjudlarini barqarorlashtirish va hakozolar. Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasidir. Shuningdek, trening, tashkilotni rejalashtirilgan faolligini, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko’nikmalarini yaxshilashga yo’naltirilgan, yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi ustanovkalar modifikatsiyasi va jamoaning ijtimoiy xulq-atvorini korreksiyalash uchun zarurdir. Ijtimoiy psixologik treninglar quyidagicha masalalardan iborat bo’lishi kuzatilinadi: - Ma'lum psixologik bilimlarni egallash - O’zini va boshqalarni adekvat baholash va bir - birini to’g’ri va to’liq tushunilishi. - Shaxsni xaraketer xususiyatlarida uchraydigan nuqsonlarini tuzatish, ularni diagnostika qilish va faoliyat jarayonida salbiy ta’sir etuvchi to’siqlarni bartaraf qilish. - Shaxlararo munosobatlarning individual usullarini o’rganish va ularni samarali qo’llash. - Treningda qatnahishda o’zini erkin tutish kabi. Yana shunisi bilan xarakterliki, trening davomida qatnashuvchini undagi xususiyatlarining o’zgarishi tabiiy bo’lishiga qiziqtirish va kerak bo’lsa shaxs xususiyatlarini ijobiy tomonga majburan o’zgartirish orqali ularni shaxs sifatida shakllantirishga imkon beradi. Shuni ham ta’kidlash joizki, trening mashg’ulotlari kishilarning muammolarini hal qilmasligi mumkin, balki shu muammolarning asosini tahlil qila olish uchun lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakllantirish imkoniyatlarini ham yaratib beradi. Demak, trening shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o’yin va mashqlar orqali o’tkazilinadigan mashg’ulot turi hisoblanib, uning tub mohiyati – kishilarni o’zini va o’zgalarni bilish, tushinish, insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iborat. Ijtimoiy psixologik trening uslublarining paydo bo’lishi va amalda qo’llanilishi o’ziga xos an’anaga ega bo’lib ular, ayniqsa, bizning asrimizda, sanoat rivojlangan, migratsiya jarayonlari tezlashgan va inson omili rolining naqadar ahamiyatliligiga eg’tibor qaratilgan bir paytda yana ham dolzarb bo’lib bormoqda. Ijtimoiy psixologik trening vositasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishning boshqaruvchilari - menedjerlar tayyorlash ijtimoiy ta’minot, pedogogika, tibbiyot sohalariga mutaxassislar tayorlash AQSH, Germaniya, Boltiq bo’yi respublikalari, Sankt – Peterburg, Moskva, Kiuev kabi qator sanoati yirik shaharlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, sanoat korxonalarda ishlovchi amaliyotchi psixologlarning asosiy quroli va ish yo’nalishi ham treninglar vositasida ishlab chiqarish muammolarini hal qilish bo’lib, hozirgacha to’plangan tajribalar bu ishning ta’sirchanligini isbotlaydi. Bizning mustaqil davlatimizda ham bu borada bir qator ishlar qilinmoqdaki, bunga psixologik maslahat ishlarining kundan-kunga yo’lga qo’yilayotgani, yirik ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, huquqiy, meditsina va shu kabi ijtimoiy sohaning barcha jabhalarida amaliyotchi psixologlarning faoliyat ko’rsatayotganliklarini misol qilishimiz mumkin. Ijtimoiy psixologik trening ana shunday murakkab psixik voqeliklarni o’rganuvchi ijtimoiy psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohasi hisoblanadi. Ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib, unda alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga tushuriladi. Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi bo’lishi, trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun ayrim tamonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasiga ega bo’lishi lozim. Bugungi kunda Pespublikamizda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygohlar ham o’z dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga yanada e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya oliygoh1ari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning har bir ixtisoslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish bugungi psixologiya sohasining dolzarb masalalaridan hisoblanadi. 2.Treningni maqsad va vazifalari. Ko'plab soha mualliflari ijtimoiypsixologik treninglarning etakchi maqsadi sifatida shaxslararo munosabatlarda aloqa malakasini shakllantirish omili ekanligini ta’kidlaydilar. Shaxs qachonki, jamiyatda, boshqa odamlar bilan muloqot va o'zaro munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Insonning kommunikativ qobiliyatlari uning rivojlanishining shartidir va bu rivojlanish natijasi hamdir. Keng ma'noda shaxsning kommunikativ malakasini oshirmay, ijtimoiy munosabatlarini o'zgartirmay turib, shuningdek, ijtimoiy dunyoga va o'ziga bo'lgan umumiy munosabatini qayta ko'rib chiqmasdan insonning shaxsiy fazilatlari majmuasini, shakllantirib bo’lmaydi. Ammo, hozirgi vaqtda ijtimoiy-psixologik treninglarning faqat aloqa vositasi ekanligi bilan bog'lash to’g’ri kelmaydi. Ijtimoiy psixologik trening nafaqat shaxslararo munosabatlarning shakllantirish omili, balki shaxsning o’z-o-‘zini adekvat baholashi, har qanday vaziyatlarda o’zini nazoratga olish imkoniyatlarni yaratib berishi bilan boshqa amaliy mashg’ulotlardan quyidagi maqsadlar orqali farqlanadi. Jumladan:  Shaxsda muloqotchanlik ko’nikmalarini hosil qilish;  Hayotdagi qarama – qarshiliklarni to’g’ri tushuna olish va tahlil qilishga o’rgatish  Shaxsning ichki holati (ruhiyatini) o’zgartirishga erishish;  Shaxsning kamoloti uchun zarur bo’lgan konikmalarni hosil qilish;  Kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qila olish konikmalarini hosil qilish kabi. Treningni asosiy vazifalari: 1.Shaxsning ijtimoiy psixologik bilimdonligini oshirish. 2. Muloqot faoliyatida namoyon bo’ladigan yaqqol bilimlar, malakalar , ko’nikmalar va odatlarni hosil qilish. 3. Samarali muloqatda namoyon bo’ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish, noadekvatlarni korreksiyalash. 4. O’zini - o’zi to’laroq anglash, bilim hamda o’zgalarga nisbatan to’gri munosabatlarni shakllantirish qobilyatini o’stirish. 5. Umuman shaxsning ijtimoiy munosabatlarini faoliyatga , undagi pedogogik va ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan moslashishni ta'minlash va muvofiqlashtirish kabi. Ayniqsa, bugungi kunda oilaviy shaxslararo munosabatlarda, ma’lum bir faoliyat turlari jarayonida kishilar o’rtasida hissiy – emotsional zo’riqish holatlarini o’sib borayotganligini guvohi bo’lamiz. Bu muammolarni bartaraf etishda psixologik treningning imkoniyatlarini alohida ta’kidlashimiz maqsadga muvofiqdir. Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish bo’yicha treninglarni tashkil qilish va o’tkazish bugungi kunning talablaridan hisoblanadi va quyidagi amaliy vazifalarni ham qamrab oladi: - mazkur treninglarni dasturlar asosida yuqori saviyada o’tkazish shartsharoitlarini yaratish; o’tkazilinadigan treninglarni samaradorligini oshirish uchun mutaxassislarni bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish; negativ emotsiya va hissiyotlarni konstruktiv namoyon qilish ko’nikmalarini shakllantirish usullarini takomillashtirish; shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarga oid manbalarni zamonaviy takomillashtirilgan holda qayta ishlab chiqish va yangilarini milliy qadriyatlarga asoslangan holda yaratish kabi. Ijtimoiy psixologik treningni maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, trening mashg’uloti uchun qo’yiladigan tamoyillar quydagilardan iboratdir: 1.Faollik tamoyili.Bu tamoyil ko’proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g’oyaga bo’ysunadi: Inson eshitganlarining 10% ni, ko’rganlarining 50% ni, aytib berganlarining 70% ni va nihoyat o’zi qilganlarining 90% ni o’zlashtiradi. Trening guruhi azolaridan ijtimoiy faollik talab etiladi, chunki guruh ag’zolari vaziyatlarda o’zgalardagi mavjud bilim va malakalardan foydalanib guruh ag’zolarining harakatlari hamda vaziyatning talabiga ko’ra aniq xulq- atvor shakllarini namoyon qilishlariga to’g’ri keladi. 2.Ijodiylik tamoyili.Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo’lgan, kashf etib ulgurilgan g’oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o’zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar. Trening guruhi ag’zolarida doimiy izlanuvchanlik, muayyan joyda vaziyat hamda rollarni tahlil qilgan holda uning mohiyatini tushinish u yoki bu rolga kirishi lozim bo’ladi, chunki trening tafakkur va qarashlarning egiluvchan hamda vaziyatlarga mos bolishini taqozo etadi. 3.Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili. Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impul’sivlikdan ob’ektivlik darajasiga o’tadi va trening davomida o’zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor obg’ektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta’minlash trenerning ma’suliyatidir. Ijtimoiy psixologik trening mashg’ulotlarida namoyon bo’ladigan xulq-atvor shaklarining ob’ektivlashuvi, yag’ni guruh ag’zolarining munosabati ro’lining talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi ayni shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlashi va boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur. 4.Sheriklik (Sub’ekt-sub’ektlik) muloqoti tamoyili.Sheriklik, yoki sub’ektsub’ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg’ulari, qayg’ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Har bir mashg’ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda bir birlarini hurmat qilishlariga asoslanmog’i kerakki, natijada shaxs bunday mashg’ulotlardan keyin begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga va tinglashga mos tarzda o’z fikr mulohazalarini bayon etishga o’rganadi. Ushbuning qo’llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi. 3.Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari. Psixologik treningning tub ma'nosi – insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iboratdir. Psixologiya sohasi keyingi yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida trening tarmog‘i ham rivojlandi. Fan sifatida rivojlanayotgan psoxologik trening va uni o ‘tkazish uslubiyoti mazmun jihatdan ta’lim va tarbiya sohasida treninglarning qanday tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilishi borasidagi masalalami yoritishga ham bag‘ishlanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi va shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo’riqish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek, aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki, bunday holatlar turli darajadagi zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. IPT(ijtimoiy psixologik trening )- bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo‘lib. Bunda asosiy e’tibor shaxs yoki yaxlit uruhning muloqot yoki kommunikativ faoliyati sohasidagi bilimdonlik darajasini maqsadga muvofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin