Urganch davlat pedagogika instituti


MAVZU: TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHINI O‘Z USTIDA ISHLASH JARAYONI(1-4 SINF TARBIYA DARSI)



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə53/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
bt majmua boshqatdan

MAVZU: TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHINI O‘Z USTIDA ISHLASH JARAYONI(1-4 SINF TARBIYA DARSI).
Reja:

  • O‘quvchida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari.

  • O‘quvchilarda jismoniy va intellektual imkoniyatlarni rivojlantirish va kreativ sifatlarini namoyon qilishning mazmuni.

  • Vatan oldidagi huquq, burch va majburiyatlarini anglash.



Tayanch tushunchalar: burch va majburiyatlar, kreativlik, pedagogika, psixologiya, intelektual.

O‘QUVCHILARNI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘quvchilarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish;
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan «ommaviy madaniyat»ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin