Urganch davlat pedagogika instituti


Mavzu:MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə50/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
bt majmua boshqatdan

Mavzu:MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI


Reja
1. Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma’naviy asosi.
2. G‘oyaviy manipulyasiya.
3. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar va mafkuraviy immunitet.
Tauanch tushuncha: Xavfsizlik, immunitet, ma`naviy, barqarorlik, mafkura
1. Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma’naviy asosi. Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g‘oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo‘lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil fevral, 2004 yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik voqealardan to‘g‘ri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. YA’ni jamiyat, millat o‘z g‘oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo‘llashi mumkin bo‘lgan mafkuraviy tahdidlaridan qo‘rqmasa, bunday millatni engish mumkin emas.
Mamlakatimizning xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti hech bir o‘zbekistonlikni befarq qoldirmasligi kerak.CHunki ular o‘z, yagona Vatanining tarixi qanday mashaqqatli, azobli asrlarni o‘tkazib, mustaqillikka erishganligini yaxshi biladilar. SHunday ekan, Vatan - O‘zbekistonning posboni ham millatidan, dinidan, tug‘ilgan joyidan, kasbu-yoshidan qat’iy nazar uning o‘zbekistonlik bo‘lishidir. Demak, mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – o‘zbekistonliklarning milliy istiqlol g‘oyasi atrofidagi jipsligidir. SHu tariqa milliy g‘oya bizni o‘tmishimiz, hozirgi hayotimiz va kelajagimiz bilan bog‘lab turadi. SHu sababli O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan immuniteti - Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biriga aylanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, komillikka tayanar ekan, ana shu g‘oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarni oldini oladi. Tashqi tahdidlar - O‘zbekistonning davlat chegarasidan tashqaridan kirib keluvchi, ichki tahdidlar esa O‘zbekiston davlati mamlakatning ichidan chiqayotgan tahdidlardir. Biz ko‘p asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli mustamlakalikda yashab keldik.
Ichki tahdidlar - o‘z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar etkazishga qaratilgan g‘oya, fikr, xatti-harakatlardir. Nosog‘lom mahalliychilik, yonidagilarni mensimaslik, vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish, “ma’naviy emigratsiya” (baxtini o‘z vatanidan emas, o‘zga joylarda qidirish), odamlarni boy-kambag‘alga bo‘lib muomala qilish, poraxo‘rlik, korrupsiya, qo‘pollik, ashaddiy millatchilik, merkantilizm, ortiqcha mol-dunyoga hirs qo‘yish, befarqlik, loqaydlik, o‘zligini anglamaslik va boshqa illatlar bilvosita ichki tahdidlar vazifasini bajaradi. Ular qancha keng tarqalsa, o‘zbekistonliklarning g‘oyaviy birligiga shuncha ko‘p zarar etkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bo‘lmaydi. g‘oyaviy birligi mo‘rt millatning davlat xavfsizligi ham mo‘rt bo‘ladi.
Go‘dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi mexanik ta’sirlardan o‘zini xavfsiz qilish, saqlash, himoya qilishni bilmaydi. O‘zini o‘zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg‘ayish davomida paydo bo‘ladi. Natijada balog‘atga etgach, o‘spirin o‘zini o‘zi himoya qilishning barcha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o‘zini ongli himoya qilish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o‘gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko‘rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog‘cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog‘lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa o‘z navbatida odamni to‘g‘ri yo‘ldan “ozish”dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa - parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. SHuning uchun ham birinchi Prezident Islom Karimov “Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur”ligi haqidagi fikrni alohida ta’kidlaganlar.
“Immunitet” so‘zining ma’nosi O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi. Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, ko‘chirib o‘tkazilgan a’zo va to‘qimalar, organizmning o‘zgargan o‘z hujayralari (mas., o‘smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo‘lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi1.
Mafkuraviy immunitet ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib etishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog‘lom g‘oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatidir.
Mafkuraviy immunitet muayyan g‘oyalar to‘qnashgan vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Mafkuraviy immunitet fikriy jarayon natijasi bo‘lganligi tufayli u ilmiy asoslangan, dalillar sistemasiga quriladi. Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini mafkuraviy bilim (vayronkor va bunyodkor g‘oyalarning mohiyati, farqi haqidagi) (H) his-tuyg‘u, (I) iroda, (K) ko‘nikma va malakalar (M)tizimi tashkil qiladi. Mafkuraviy ko‘nikmalar bilim, faoliyat va hatti-harakatlar birligida namoyon bo‘ladi. Malakalar esa yot g‘oyalar ta’siriga qarshi qaratilgan avtomatlashgan munosabat, adekvat yo‘l va usullardir. SHu tariqa mafkuraviy immunitetning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Mafkuraviy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishida milliy g‘oya negizlari muhim rol o‘ynaydi. Agar mafkuraviy tahdid sezilganda, nima qilish kerakligini o‘ylab o‘tirmay va ayrim harakatlarga alohida diqqat qilib o‘tirmay g‘oyaga g‘oya bilan javob berish amalda bajarila boriladigan bo‘lsa, mafkuraviy immunitet amaliy shakllandi, deb hisoblash mumkin.
Milliy istiqlol g‘oyalariga shaxsning ishonchi, mustahkam irodasi uning mafkuraviy immuniteti manbai hisoblanadi. Bunday mafkuraviy immunitetga ega bo‘lgan shaxs yot mafkuralar ta’siriga berilmaydi, chunki Milliy istiqlol g‘oyasi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda o‘ziga xos imkoniyat va xususiyatlarga ega.
Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalliklariga bo‘lgan ishonchga quriladi. Bu ishonch esa ishontirish, tushuntirish natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston - dunyoviy davlat. Dunyoviy davlat faoliyatining asosiy tamoyillari, afzalliklari ularni diniy davlat bilan taqqoslagandagina keng va to‘liq tushunchalarni beradi. Bu dunyoviy milliy-demokratik tuzumning mohiyati va afzalliklarini anglab etishga olib keladi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, hamda boshqa davlatlarda yuz berayotgan jarayonlar, hodisalarni qiyoslash, anglab etishga imkon beradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin