Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə51/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
bt majmua boshqatdan

2. G‘oyaviy manipulyasiya.
Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o‘zini himoya qiluvchi ham - g‘oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu - mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, qaysi tomonning engishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ‘ibot va tashviqot hal qiladi. SHu tariqa mafkuralar tortishuvi - targ‘ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin.
Jamiyatga yot mafkuralar o‘z g‘oyalarini birdaniga olib kira olmaydi. Ular avvalo mahv qilinishi kerak bo‘lgan millat azaldan ishonib kelgan narsalarga ishonchini, umidini so‘ndiradi. Buning uchun millat ishonib kelgan narsalar yomonlanadi, obro‘sizlantiriladi. Natijada mafkuraviy immunitetni sindirishning birinchi bosqichi amalga oshadi - millat o‘zi ishonib kelgan g‘oyalar, qadriyatlarga befarq munosabatda bo‘la boshladi. Azaliy qadriyatlarga amal qilinmay qo‘yiladi, odamlarda ularga amal qilmayotganlarga loqayd munosabat urf bo‘ladi. qadriyatlar, g‘oyalar qadrsizlanadi, ahamiyatsiz narsalarga aylanib qoladi. Bo‘shliq ana shunday yaratiladi, “ochib olinadi”.
Mafkuraviy bo‘shliq ochib olingach, endi uning o‘rnini to‘ldirish o‘z g‘oyasini jozibali tasvirlay boshlanadi. Buzg‘unchi g‘oyaga xos “yangilik” va u berayotgan va’dalar odamlar qulog‘i va ko‘zi orqali ong va qalbiga kira boshlaydi. Mafkuraviy bo‘shliq shu tariqa to‘ldira boshlanadi. YOlg‘on g‘oya odamlar ongiga kirsa, u ham katta kuchga aylanadi.
Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g‘araz maqsad bilan ta’sir ko‘rsatishni ifodalashda m a n i p u l ya s i ya (manus – qo‘l), so‘zi, ya’ni ob’ekt ustidan biror maqsadda ish olib borish ma’nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko‘zda tutiladi. SHu sababli “manipulyasiya”ni ko‘chma ma’noda “odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish” deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu Yorkda chop qilingan “Zamonaviy sotsiologiya lug‘ati”da bu haqda “boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o‘zi istagan xulq-atvorni shakllantirish” deyiladi.
Bunda, ya’ni g‘oyaviy manipulyasiyada qanday jarayonlar kechadi? Avvalo g‘oyaviy manipulyator (da’vatchi)ning maqsadi - unga o‘z tasavvurlarini o‘zgartirishga olib keluvchi belgi, bilimlar bera boshlaydi. Natijada ob’ekt (shaxs)ning dunyo, din, hayot, yashashdan maqsad kabi tasavvurlari, qadriyatlari tizimida da’vatchi-manipulyator kutayotgan tartib paydo bo‘ladi va etakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadi, shaxs o‘z xarakteridagi o‘zgarishlarni sezmaydi va “men to‘g‘ri yo‘l tutayapman, chunki ...”, degan asosga ega bo‘lib qoladi.1
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas,balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Butun xalqni barlashtiradigan bayroq bo‘lmish milliy
g‘oyani shakllantirish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida bitilgan bitiklarda ham o‘z ifodasini topgan, uning yorqin ifodasini qadimgi SHarq va islom falsafasining buyuk namoyandalari ijodida ham uchratish mumkin.
XIX asrning ikkinchi yarmidan o‘zbek xalqi milliy madaniyati, ma’naviyati taraqqiyotida mustamlakalik davri boshlandi. Mustamlakachilik siyosatida Turkistonni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma’naviy mustamlakaga aylantirish rejasi turardi. Buni ularning o‘zlari ham yashirmas edilar. Bu haqda M.A. Muropiev 1882 yil 30 avgust kuni Toshkent o‘qituvchilar seminariyasidagi yig‘ilishida “...musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni buzish... umuman diniy jihatlarni buzish... yotmog‘i lozim (344-151) degan bo‘lsa; Turkiston general gubernatori I.A.Kuropatkin esa kundaliklarida; “Biz 50 yil tub-joy aholini taraqqiyotdan chetda... tutdik”, - deb qayd etgan edi (344-165).
Agar fashizm o‘z mafkuraviy xurujlarini “endi bosib olinishi kerak bo‘lgan xalqlar”ga qarshi tashkil etgan bo‘lsa, sobiq mustabid tuzum egallab olingan aholi uchun tuzdi. Lenin mafkurani odamlar tafakkurini o‘zgartirishda qanchalik kuchli omil, kuch ekanligini hisobga olib, “partiya siyosiy faoliyatda ideologiyaga tayangan va tayanadi”, deb uqtirdi. Sobiq sovet mafkurasi o‘zbek xalqining “eski odatlarini yo‘qotish” shiori ostida milliy g‘ururni, mustaqillik g‘oyasi, uning kurashchilarini mafkuraviy zaiflashtirish maqsadida maktabdan tashqari minglab ma’rifiy-siyosiy oqartuv bo‘limlarini ochdi. O‘zbek xalqining tafakkurini sovetlashtirishga bunday yondashuv ularning manfur maqsadlariga tezroq etkazdi: sovet dekretlari targ‘iboti, partiya dasturi targ‘iboti, Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan mitinglar, miting-konsertlar, tashviqiy sudlar, tashviqiy mavsumlar, qishloqlarda yurib sho‘ro tuzumi mohiyatini tushuntirishlar, teatr, konsert, ko‘rgazma, ma’ruzalar, kino, qiroatxonalarni ishga soldi. Agitpoezd, agitparoxod, klub, “qizil choyxonalar”, siyosiy suhbat, “siyosiy kun” , disput, kechalar, jangovar varaqalar, “CHaqmoq”, kinolektoriy, og‘zaki jurnallar kabi targ‘ibot-tashviqotning yuzlab usullaridan foydalanib, makkor sho‘ro xalqimizning ongida sovetning soxta g‘oyalarini singdirdi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin