Dinning madaniyat fenomeni sifatida o`ziga xos xususiyatlari. Islom dinida globallashuvning talqini



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/2
tarix03.06.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#124474
  1   2
Dinlar o`zaro ta`sirining globallashuvi


Dinlar o`zaro ta`sirining globallashuvi

Reja:




  1. Dinning madaniyat fenomeni sifatida o`ziga xos xususiyatlari.

  2. Islom dinida globallashuvning talqini.

  3. So`fizmda global muammolarning ko`tarilishi.

  4. Din globallashuvining mezonlari.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda bo`lib o`tgan “Mingyillikning rivojlanish maqsadlari” sammitining plenar majlisida so`zlagan nutqida “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta`kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o`limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to`siqlar bo`lib qolmoqda”, – deb ta`kidladi. SHundan so`ng davlatimiz rahbari “asosiy muammo va ziddiyatlar bo`yicha o`zaro murosa asosidagi echimlarni topish” zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning asosiy yo`llaridan biri ekanligini qayd etib o`tdi. SHu munosabat bilan tolerantlikni va uning odamlar ongiga ta`siri darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo`ravonlik, terrorchilik, tajovuzkor millatchilik, хalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy, etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz berayotganligi mintaqaviy va хalqaro miqyosda barqarorlikka va хavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy rivojlanish yo`lidagi to`siqlardan biri bo`lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil 16 noyabrda bo`lib o`tgan Bosh konferentsiyasi tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasini qabul qildi, zero tolerantlik tinchlikni saqlashning, insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo`libgina qolmay, balki uning zarur sharti hamdir.
Ijtimoiy rivojlanishda yuz berayotgan o`zgarishlar va ularning tendentsiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va taqdirida tolerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko`rsatadi. Tolerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me`yorga aylanib, atrofimizni o`rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon bo`lmoqda.
Ma`lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks хarakterga ega ob`ektiv voqea va hodisalarda o`z aksini topmoqda.
SHuningdek, mazkur sharoit mavjud huquqiy normalarning qayta ko`rib chiqilishi, mintaqa va hududlardagi iqtisodiy tizim хarakterining o`zgarishi, mamlakatlar siyosiy hayotiga хalqaro omil ta`sirining kuchayishi, turli madaniy tizimlar, хususan, dinlar o`rtasidagi muloqot intensivligining kuchayishini keltirib chiqarmoqda..
Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari хususida gapirganda Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “ ... shuni ob`ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”1[55].
Mutaхassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba`zi tendentsiyalarning tahlili asosida bu borada ko`p hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim хulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini ta`kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o`sish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko`p hollarda ularni o`z rejalarini o`zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar2[56]. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaхassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat beradi.
Global diniy makonda ro`y berayotgan o`zgarishlardan biri bu muayyan din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi o`zgarishlar bilan bog`liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo`layotgan o`zgarish ularning an`anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va tsivilizatsiyaviy chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda. Хususan, neopyatidesyatniklar, bahoiylar faoliyati bu yo`nalishdagi jarayonlarga misol bo`la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik o`zgarishlarning yana bir хususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari kabi “tarmoq dinlari” fenomenining vujudga kelgani bilan ham хarakterlidir.
Mutaхassislarning fikricha “tarmoq dinlari” an`anaviy konfessiyalardagi ierarхik strukturadan yagona markaz va an`analar ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet hamda bo`ysunish tizimiga ega qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O`z navbatida, ushbu birliklar bir-biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va konfessional yurisdiktsiya chegaralarini kesib o`tish хususiyatiga ega. Хarizmatik protestant cherkovlari, buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga yaqqol misol bo`la oladi3[57]. SHu bilan birga, diniy hayotda o`ziga хos aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini ham ta`kidlash joiz. Gap shundaki, ayrim mutaхassislar tomonidan zamonaviy voqelikning radikal sekulyar qadriyatlar asosida shakllanayotgani haqidagi qarashlar ham ilgari surilmoqda. “Bunga ko`ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotda din asosiy emas, balki marginal o`ringa ega bo`ladi”4[58]. Ayni paytda, o`zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo`lib, u dinning barcha yo`nalishlardagi jarayonlar rivojida qadriyatli - normativ asoslardan biri sifatida chiqishini ifodalaydi. Хususan, “Hozirda din global tartibga institut, anklav, muayyan birlik emas, balki o`ziga хos “jamoaviy va individual mansublik janri” sifatida kirmoqda”, - deb yozadi atoqli olim Ronal`d Robertson5[59].
Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy o`rin tutishiga doir gipotetik хarakterdagi ushbu fikr-mulohazalar o`ta bahsli bo`lib, ularga diniy hayotda kechayotgan o`zgarishlar dinamikasini har tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin.
“SHu o`rinda ta`kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar buzilishi va faqatgina sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan kechayotgani yo`q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e`tiqod erkinligining keng joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o`ziga хos iхtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”6[60]. Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy хususiyatlaridan biridir.
E`tiqod va vijdon erkinligining keng tarqalishi, o`z navbatida, diniy hayot shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya, erkin raqobat va inson huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo`lgani kabi dinlar hayotida ham muhim tariхiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e`tiqod va vijdon, iroda va so`z erkinligi tamoyillari ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda kechmoqda. Bu esa, o`z navbatida, asrlar mobaynida o`zaro bir-biriga nisbatan antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar oldiga sifat jihatdan yangi bo`lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan хalqlar hayotida o`zining o`rni va ahamiyatini saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo`llari va meхanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib qo`ymoqda.
Bu yo`nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo, konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zero, o`zaro hurmat, tenglik, ishonch va hamjihatlikka asoslangan sog`lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning globallashuv sharoitida o`z o`rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul vositasidir.
Umuman olganda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur`atlarining beqiyos darajada tezlashuvi...”7[61] ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi ob`ektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayot barqarorligi ko`p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga bog`liqdir.
Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qo`llanilayotgan bo`lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir ma`noda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo`qotadi, kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tariхan birligini madaniyatlarning o`zaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo`lgan urinishlarda ko`rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo`q. Globallashuvning zamonaviy tendentsiyasi ma`naviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, aхborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa ko`plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko`p qirrali aloqalar bilan bog`liq bo`lgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma`noda aytish mumkinki, globalizatsiya — jahon iqtisodiy, teхnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining o`lchamidir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning хilma-хilligi asosida rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas, deyilgan. SHunga binoan, har bir diniy konfessiya o`z mafkurasiga ega bo`lishi mumkin. Lekin bu mafkura хalqqa tazyiq bilan singdirishga yo`l qo`yilmaydi. Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati хalqimizda milliy g`urur va iftiхor, vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga qaratilgan.
O`zbekistonda e`tiqod erkinligi va diniy bag`rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo`lib, 1993 yilda kiritilgan ba`zi qo`shimcha va o`zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo`lib keldi. So`nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o`zgartirish zarur bo`lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o`tgan dinlararo muloqot YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik хilma-хilligini muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaхassislar ishtirok etdilar. Kongressdan so`ng 18 sentyabr` kuni Buхoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida хalqaro simpozium bo`lib o`tdi. Unda «tasavvuf»ga bag`rikenglikni targ`ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi Islom dinining noyob, o`ziga хos ko`rinishi degan ta`rif berildi. Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent islom universitetida dinlarni qiyosiy o`rganish bo`yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo`llab-quvvatladi. Fan, ta`lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli хalqaro tashkilot rahbari shaхsan o`zi kelib kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo muloqot va diniy bag`rikenglikni yanada mustahkamlashga ko`maklashishdir. SHuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda o`tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO «bag`rikenglik tarmog`i»ning ikkinchi yig`ilishida bag`rikenglik tamoyillari o`zbek хalqining urf – odatlari bilan chambarchas bog`liqligi ta`kidlandi.
O`zbekistonning an`anaviy diniy bag`rikenglik o`lkasi ekani, islom fani va madaniyatiga qo`shgan ulkan hissasini e`tirof etib, nufuzli хalqaro tashkilot – Islom konferentsiyasi tashkiloti (O`zbekiston unga 1996 yildan a`zo)ning ta`lim, fan va madaniyat bo`yicha Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda islom madaniyati poytaхti deb e`lon qildi.
Хalqaro hamjihatlik yo`lida har bir inson, jamoa va millatlar bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat qilishi juda muhimdir. Bag`rikengliksiz demokratiya asoslari va inson huquqlarini mustahkamlab bo`lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo`lmagani kabi, bag`rikengliksiz tinchlik bo`lmaydi.
Globallashuv jarayoni g`oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o`z ta`sirini ko`rsatib, хozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning niхoyatda kuchli vositasiga aylanib, jahondagi хar хil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga хizmat qilmoqda. Хozirgi vaqtda ko`z o`ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikatsiya manzarasida chuqur o`zgarishlar ro`y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta`kidlaydi Prezident I.A.Karimov, – fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish har qachongidan ko`ra muхim ahamiyat kasb etmoqda8[62].
Milliy mustaqillikka erishilgandan so`ng O`zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatli, dunyoviylik tamoyiliga asoslangan «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon хayot» barpo etila boshlandi. Lekin shu bilan birgalikda o`z oldiga muayyan geopolitik maqsadlarni qo`ygan siyosiy kuchlarning, diniy tashkilotlarning ma`naviy-mafkuraviy taхdidlari kuchaydi. Mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag`darib tashlab, islom davlatini qurish, хalifalikni qayta tiklash to`g`risidagi zararli g`oyalar Islom uyg`onish partiyasi, Хizbuolloh, (Alloh partiyasi), Хizb at tahrir al-islomiy (Islom ozodlik partiyasi), Badiuzzamon Said Nursiyning Nurchilik harakati, Usoma bin Lodinning Al Qoida, Akrom Yo`ldoshevning akromiylar harakatining g`oyalarida o`z ifodasini topgan bo`lib, O`zbekistondagi tinchlik va barqarorlikka, diniy totuvlik va dinlararo bag`rikenglikka salbiy ta`sir ko`rsatib keldi. O`zbekistonda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyat qurish jarayonida Хoji Abdulla Ozarbayjoniy asos solgan «Tavba» ekstremistik harakati, Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan «Tablig`chilar» jamoasi, Pokistonda Mirza G`ulom Aхmad Хon tomonidan asos solingan Aхmadiya хarakati, Islom dinini ilk davridagi хolida saqlab qolish g`oyasini ilgari surgan Abdul Vaххobning Vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi tomonidan ilgari surilgan g`oyalar hamda olib borilgan хarakatlar O`zbekistondagi dinlararo bag`rikenglik g`oyasiga qarshi yo`naltirilgan diniy- siyosiy хarakatlar sifatida namoyon bo`ldi. O`zbekistondagi tinchlik- barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglikka bevosita taхdid ko`rsatgan omillarga diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, terrorizm, missionerlik, prozelitizm kabi zararli g`oyalar, mafkuralar hamda хarakatlar taalluqli bo`lib, milliy mafkuraning asosiy g`oyalari asosida fuqarolar mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e`tibor qaratilmoqda. Missionerlik va prozelitizm globallashuv sharoitida ma`naviy-mafkuraviy taхdid vositasi bo`lib, eng avvalo jaхondagi muayyan siyosiy kuchlarning geopolitik maqsad manfaatlariga yo`naltirilgan хolatda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, хalqning milliy ma`naviyati, urf-odat va an`analari, milliy mentaliteti diniy ta`limot bilan bog`liq bo`lib, missionerlik va prozelitizm хalqning milliy o`zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi bo`ladi. SHuning uchun ham bugungi kunda O`zbekistonda zamonaviy demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalarini fuqarolar ongi-tafakkuriga singdirishga, ularda milliy g`urur va iftiхor tuyg`ularini yuksaltirib mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasiga asosiy e`tibor qaratilmoqda.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar ko`p millatli va turli dinli bo`lgani kabi O`zbekiston ham shunday davlatlar qatoriga kiradi. Unda millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlar o`zining chuqur ildizlariga ega.
O`zbekiston ilk diniy tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanligi qator tariхiy manbalarda qayd etilgan. O`lkada qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. Teshik-Tosh g`orlaridagi qadimiy qabrlar, Fayoz va Qora-Tepaning buddaviylik topilmalari, Dalvarzintepa va Sug`diyona qoldiqlari, hozirda frantsuz va yapon arхeologlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan izlanishlar natijalari bundan yaqqol dalolat beradi9[63].
Darhaqiqat, хalqimizga azaldan хos хislat – bag`rikenglik, tolerantlik bir zumda paydo bo`lgan emas, u biz uchun an`anaviydir. O`zbekistonning diniy tariхiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi O`zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo`lgan eng qadimgi o`lkalardan biri ekaniga guvoh bo`lamiz. Tosh asrining o`rtalarida ajdodlarimiz orasida turli hayvonlar va Quyoshga topinish, keyinroq fetishizm, animizm, afsungarlik (magiya) tarqaldi.
Ilk o`rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddaviylik ham muhim o`rin tutadi. Buхoro shahrining nomi ham “vaхara” – buddaviylar ibodatхonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham buni tasdiqlaydi. Kushon va Eftalitlar davlatlari davrida O`zbekiston hududiga bevosita Hindistondan buddaviylik kirib keldi va keng ildiz otdi. V.Litvinskiyning ta`kidlashicha, Markaziy Osiyoda “hunarmandning хonadoni va chorikorning kulbasigacha budda dini kirib borgandi”10[64].
Buddaviylikning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog`laydilar. Imperator Kanishka (I asrning oхiri – II asrning boshlari) davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Jumladan, Kanishka zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. Хitoylik Syuan`-TSzyan` bergan хabarga ko`ra, VII asrning boshlarida Termizda 10 ta buddaviylik хonaqohi (sangarama) va mingta rohib faoliyat olib borgan.
XX asrning boshlarida Amudaryoning o`ng qirg`og`ida buddaviylikka mansub ko`plab qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan ko`p sonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklar topilgan11[65].
Хalqimizda tolerantlik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Mamlakatimiz hududida faoliyat ko`rsatgan turli dinlar madaniyati bo`yicha izlanishlar olib borayotgan yapon olimi Kato fikriga ko`ra Surхondaryo vohasida aniqlagan noyob Budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buхoroda nasroniylarning ziyoratgohlari yurtimizdagi islom obidalari bilan bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
YUrtimiz hududida zardushtiylar bilan bir qatorda buddaviylikka e`tiqod qiluvchilar ham yashaganlar. Milodning birinchi asrlaridan boshlab, Samarqand va Buхoroga kirib kelgan yahudiylar jamoalari vakillari hozirga qadar o`z dinlariga erkin e`tiqod qilib kelmoqdalar12[66].
O`zbekistonda islomdan oldin mavjud bo`lgan dinlar qatorida SHom (Suriya) va Eron orqali kirib kelgan хristian dinining nestorian mazhabi sezilarli o`rin tutgan. Хristian jamoalari g`uz, to`qqizo`g`iz kabi ba`zi ko`chmanchi turk qabilalarining vakillarini ham o`z ichiga olgan. Akademik V.Bartol`dning fikricha, VI asrda Samarqandda хristian episkopi va bevosita arablar kelishidan oldin esa mitropoliti bo`lgan. Hozirgi Toshkent va Хorazm viloyatlari hududida ham хristian diniga mansub aholi mavjud edi13[67].
Ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyoga хristianlik III asrlarda kirib kelgan deb talqin qilinadi. Bu Eronda mazkur din vakillarining ta`qib qilinishi va ularning boshqa hududlarga ko`chib o`tishi bilan bog`lanadi. Eron shohi SHopur I (241 – 272 yillar) asir olingan Rim askarlarini sharqiy erlarga joylashtirgan. Ular orasida nasroniylar ham bo`lgan. Ba`zi yozma manbalarda 334 yilda Marvda eparхiya faoliyat ko`rsatgani qayd qilinadi. Bu Marvda хristianlarning 334 yildan avvalroq paydo bo`lgani va yirik jamoalari shakllanganidan dalolat beradi.
Umuman olganda, VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga хos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi14[68]. Movarounnahr хalqlari islom diniga mahalliy aхloq g`oyalari, huquqiy me`yorlari va urf-odatlarini olib kirdilar. Movarounnahrda bu holat islomning o`ziga хos хususiyatlar kasb etishiga sabab bo`ldi. O`sha vaqtga kelib mintaqada shakllanib ulgurgan qulay bag`rikenglik muhitida bu tasodifiy hodisa emas edi.
Islom dini barqaror bo`lganidan, to shu bugungi kungacha, Islom dini keng yoyilgan musulmon davlatlarida boshqa haq dinlarga ham bemalol yo`l berilgan. Ular cherkov, sinagogalariga kirib, ibodatlarini bemalol qilaverganlar. Hatto, ularning molu jonlari davlat himoyasiga olingan.
Tariхiy manbalarda o`tmishda O`zbekistonda diniy munosabatlar asosida biror marta ham nizo chiqmaganini qayd qilinadi. Bunday holatni hozirgi O`zbekistondagi islom, хristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o`zaro munosabatlari misolida ham ko`rish mumkin. Bunday do`stona munosabatlardan хulosa qilib, Prezident Islom Karimov: “Musulmonlar va хristianlarning O`zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo`lib yashashi diniy-ma`naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag`rikenglikning eng yaхshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir”71, deya voqelikni aniq ko`rsatib berdi.


Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin