Urganch davlat pedagogika instituti


 Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar va mafkuraviy immunitet



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə52/82
tarix16.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#181228
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
bt majmua boshqatdan

4. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar va mafkuraviy immunitet
Xalifa so‘zining lug‘aviy ma’nosi, o‘rinbosar, terminologik ma’nosi musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i deb tushuniladi. Xalifalik davlati mutloq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatini boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. “Hizbut-tahrir” da’vo qilgan xalifalik davlati esa “Islom Nizomi” nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: “Xalifalik mendan so‘ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo‘ladi”.
Bu mo‘‘tabar sahih Hadis Imom Termiziy va Abu Dovuddan rivoyat qilingan. Hozirda “Hizbut-tahrir” tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to‘kilsada, xalifalik barpo etilishini majburiy deb da’vat etmoqdalar. Ularning bunday hatti-harakatlaridan ko‘zlangan maqsad konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan ag‘darishdan boshqa narsa emas.
“Hizbut-tahrir” - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‘lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, “Al-Ixvon al musliman”dagi Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan.
1952 yilda Taqiyiddin Nabaxoniy tomonidan er yuzining musulmon davlatlarida mavjud bo‘lgan tuzumni o‘zgartirib, “xalifalik” davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun “Islom dini” niqobi ostida “Hizbut-tahrir” (Ozodlik) partiyasiga asos solinib, bu partiyaning idoraviy to‘plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan edi. Uning a’zolari yoshlarni diniy fanatizm va ekstremizm ruhida tarbiyalashning barcha usullari - da’vat, ishontirish, inontirish, varaqa va mish-mishlar tarqatish, halqa dars uslublarini qo‘llab, fuqarolar o‘rtasidagi, davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirishga harakat qildi. Ular go‘yo faqat “haqiqiy” musulmonlar hokimiyatga kelsa, “islomiy tartib”ni o‘rnatish uchun keskin va agressiv harakatlarga imkoniyat yaratiladi, deb o‘ylaydilar.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin