o‘rganilishi Fitrat, S.lbrohimov, H.G‘oziyev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov,
K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq.
10
Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug‘ullangan H.G‘oziyev (,,O‘zbek
punktuatsiyasining
tarixiy taraqqiyoti”, 1969, 1979), G‘.Abdurahmonov
(,,Punktuatsiya o‘qitish metodikasi”, 1968), K.Nazarov (,,Tinish belgilari va yozma
nutq”, 1974; ,,O‘zbek tili punktuatsiyasi”, 1976) laming
asarlari nashr etilganiga
ancha yillar bo‘ldi va ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr-
mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi.
Buning ustiga, ,,muallif punktuatsiyasi”
tushunchasi, ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining amaldagi
qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari
uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar
ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi.
Mazkur holatni hisobga olgan holda va tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq
ayrim chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi
Til va adabiyot institutining bir guruh yetakchi olimlari: prof. N.Mahmudov, dotsent
A.Madvaliyev, dotsent N.Mahkamov
tomonidan ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining
asosiy qoidalari” ishlab chiqilgan edi. ,,Qoidalar” Institut ilmiy kengashi tomonidan
ma’qullangach, ,,O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining 2015-yil 1-sonida
hamda
,,Ma’rifat” gazetasining 2015-yil 1-, 4-, 8-, 11-aprel kunlaridagi sonlarida e’lon
qilindi, jurnal va gazeta o‘quvchilaridan olingan maqbul fikr-mulohazalar, taklif va
tavsiyalar asosida yanada takomillashtirildi. ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy
qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim
markazi ilmiy-metodik kengashi tomonidan ma’qullangan.
11
Hozirgi o‘zbek yozuvida 10 xil tinish belgisidan foydalaniladi:
1) nuqta - (.); 2) vergul - (,); 3) nuqtali vergul - (;); 4) ikki nuqta - (:);
5) tire - (-); 6) so‘roq belgisi - (?); 7) undov belgisi - (!); 8) ko‘p nuqta - (...);
9) qavs - ( ); 10) qo‘shtirnoq - (" ", " ").
Dostları ilə paylaş: