Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Nuqta va uning qo‘llanilishi



Yüklə 349,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix26.06.2023
ölçüsü349,61 Kb.
#135334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Nuqta va uning qo‘llanilishi 
10
Abdulhamid Nurmonov O‘zbek tilshunosligi tarixi. -Toshkent-2002,155-bet 
11
N.Mahmudov A.Madvaliyev N.Mahkamov O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari. -Toshkent-2015,
5-bet


Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib 
taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab ishlatila boshlangan. Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda 
ishlatiladi: 
1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplardan so‘ng: 
Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash 
shakllanmoqda. O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. 
Farzandlarimiz doimo sog‘lom bo‘ls in. 
2. Atov gaplardan keyin: 
Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla. 
3. Ismi, otasining ismi (ba’zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi 
harfidan so‘ng: 
M. Behbudiy, A. Fitrat, A. Cho‘lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir. 
A.S. Pushkin - rus poeziyasining quyoshi. 
4. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan 
ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng: 
va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘. G‘. (G‘afur G‘ulom); Nav. 
(Navoiy); Toshk. (Toshkent). 
5. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri 
ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday 
hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari 
bilan boshlanishi mumkin: 
Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg‘in. 
6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta 
qo‘yilishi kuzatiladi: 
 21.03.2010. 
7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham 
nuqta ishlatilishi mumkin: 
Tovushlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar. 


8. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham 
foydalaniladi:
2

2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt). 

Yüklə 349,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin