Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


ISHNING TUZILISHI VAHAJMI



Yüklə 174,12 Kb.
səhifə5/10
tarix26.01.2022
ölçüsü174,12 Kb.
#51628
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
S.Fazilatt

ISHNING TUZILISHI VAHAJMI

Kirish, ikki asosiy bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Umumiy hajm 27



I BOB. MA‘NAVIY HAYOT VA MUMTOZ ADABIYOTDA DINIY-AXLOQIY ASARLARNING O‘RNI.

1.1. Qur‘oni Karim - musulmon olamining muqaddas kitobi

Bu olamning kaliti-islom dini ruknlari va Qur‘on Karimdir. Qur‘oni karim haqida ma'lumot berishdan avval islom dini, uning paydo bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Islom so‘zining ma‘nosi allohga itoat qilish, bo‘ysunish ma‘nolarini anglatadi*1. Bu dinga e‘tiqod qiluvchilar, ya‘ni musulmonlar jahonda 2 mlrdga yaqin kishini tashkil etadi. Islom dini Arabiston yarimorolida VI asrning oxiri VII asrning boshlarida vujudga kelgan. Uning asoschisi Muhammad alayhissalom hisoblanadi. Muhammad s.a.v Makkada Quraysh qabilasiga mansub hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan(milodiy 570-632). Muhammad alayhissalom 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e‘tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragan. Shundan so‘ng 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina shahriga yo‘l oladi. Aynan mana shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi.Shu tariqa musulmon davlati shakllanadi. Muhammad s.a.v vafotlaridan keyin bu davlat uning o‘rinbosarlari, ya‘ni noiblari tomonidan boshqariladi. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda "Arab xalifaligi" deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta hududlarni egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari VIII asr boshlaridan arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini ham kirib kelgan. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda islom mintaqa madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi. Islom diniy ta'limotining asoslariv - Qur‘on va hadis to‘plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan. Qur‘oni Karim Ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammad alayhissalomga nozil etilgan.

Qur‘on so‘zining ma‘nosi - qiroat qilish, ya‘ni o‘qish degan ma‘noni anglatadi. Ulamolar Qur‘onning o‘ttiz xil nom va sifatlarini e‘tirof etib kelganlar. Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qur‘onning nozil bo‘lishi milodiy 610-yildan boshlangan va 23 yil davomida nozil bo‘lgan . Qur‘oni Karim Muhammad payg‘ambarga 40 yoshida Makka shahri yaqinidagi Hiro g‘orida chuqur tafakkurga berilib o‘tirgan bir paytda Jabroil alayhissalom "Iqro"(Oqi) deb boshlanuvchi "Alaq"surasining avvalgi 5 oyatini

*1. 1.Rahimjonov N. Diniy-axloqiy g’oyalarning badiiy talqinlari. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002.

keltirgan.Yana,shuningdek,islom aqidasi bo‘yicha Qur‘onning nozil qilinishi Ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi yuz bergan.Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi "Laylat ul-qadr", ya‘ni qadrli ilohiy qudrat namoyon bo‘ladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan tabarruk kecha deb ulug‘lanadi. Qur‘onda sura va oyatlarning nozil bo‘lish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk Islom davrida nozil bo‘lgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom ta'limotida belgilangan aqidaviy tushunchalar-farishtalar, ohirat, jannat va do‘zaxning haqligi to‘g‘risida edi. Payg‘ambarimiz va musulmonlarga mushkul bo‘lgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi,din yo‘lida chekilgan mashaqqatlar uchun ulug‘ ajr-u mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil qilingan. Madina davrida esa diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bag‘ishlangan oyatlar nozil bo‘lgan. Qur‘on bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, bular sura deb yuritiladi. Har bir sura oyatlarga bo‘lingan. Qur‘oni Karim 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning o‘z nomi mavjud. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan.Suralarning nomlari uning boshida kelgan so‘zdan olingan yoki zikri ko‘proq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Qur‘onda birinchi kelgan "Fotiha"surasidan keyingi katta, o‘rtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. Ikkinchi "Baqara"surasi 286 oyatdan, eng qisqa "Kavsar"surasi 3 oyatdan iborat.Eng qisqa oyatlar "Toho" va "Yosin eng uzun oyat "Baqara"surasining 282-oyatidir.*1

Qur’on matnining ko‘p qismi Alloh bilan so‘zlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan. Qur‘onning asosiy g‘oyasi-Alloh to‘g‘risidagi ta‘limotdir. Ulamolar Qur‘onning o‘ttiz nom va sifatlarini e‘tirof etib kelganlar. Qur‘on "Kitob"(yozuv), "Furqon"(haq bilan botilning orasini ayiruvchi), "Zikr"(eslatma), "Tanzil"(nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalgan va "Nur"(yorug‘lik), "Hudo"(hidoyat), "Muborak"(barokatli), "Mubin"(ochiq,ravshan), "Bushro"(xushxabar), "Aziz"(e‘zozlanuvchi), "Majid"(ulug‘), "Bashir"(bashorat qiluvchi), "Nazir"(ogohlantiruvchi) kabi so‘zlar bilan sifatlangan.*1


1.Karomatov H. Qur‘on va о’zbek adabiyoti. Toshkent, 1997. 67-b

Ma‘lumki, VIII asrdan boshlab arab yozma adabiyoti shakllandi. Qur‘oni Karimning oyat va suralarni Muhammad payg‘ambar davrlarida og‘zaki qabul qilinib, yoddan talaffuz qilingan. Uning Qur’on shaklida matnini to‘plash va kitob holiga keltirish Muhammad payg‘ambardan so‘ng amalga oshirilgan. Bu vazifalar dastlab xalifa Abu Bakr, xalifa Umar, xalifa Usmon va keyinchalik Zayd Ibn Sobitga topshirilgan.Mushaf matnini tayyorlashda eng yaxshi yozadigan,arab tilini yaxshi biladigan hamda Qur‘on quraysh tilida nozil bo‘lganligi sababli qurayshlik ilm kishilari tanlangan. Abdusattor Shayxning "Abdulloh ibn Mas'ud"kitobida Qur‘on matnini jamlashdagi usmoniy usulning asosiylari quyidagilar deb ko‘rsatiladi*1:

1. Qur‘on matni uchun Hafsa onamizda saqlangan Qur‘on juz‘lariga suyanish asos bo‘ldi. Bu juz‘lar Muhammad alayhissalom buyruqlari bilan yozilgan asliyatga to‘la muvofiqdir.

2.Har bir oyatning manbasi aniqlandi.Ixtilofli hollarda quraysh lug‘atiga murojaat etildi.

3. Qur‘onni jamlash hay‘ati payg‘ambar alayhissalom sobit bo‘lgan muborak so‘z yoki jumlani yozishda uni bitta jihat bilan chegaralab,qusurli qilib qo‘yadigan har qanday alomatdan saqlandi.

4. Bosh Mushafni kitobat qilish ishi tugagach, endi barcha mushaflar bosh Mushafdagi tartibda ko‘chirilishi uqtirildi. Milodiy 651-yilda tuzilgan ushbu to‘plam "Mushaf" yoki "Usmon mushafi" nomi bilan yuritilgan. Shu tariqa Qur‘oni Karim to‘laligicha yagona Mushaf holiga keltirildi*2.


Yüklə 174,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin