Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 174,12 Kb.
səhifə9/10
tarix26.01.2022
ölçüsü174,12 Kb.
#51628
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
S.Fazilatt

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, Mumtoz adabiyotda Qur‘oni Karim va Hadisi sharifning o‘rni beqiyos .Inson Quro‘n orqali qayta tug‘iladi, kamol topadi, eng go‘zal mavjudlik darajasiga ko‘tariladi. Quro‘n yolg‘iz insonshunoslik emas, balki hayotshunoslik hamdir. Uning hech so‘nmas va porloq nuri hayotning eng murakkab, eng ziddiyatli tushunchalarini ham yorqinlashtirib, yurak va ruhni munavvar qiladi. Qur‘oni Karim, hadislar va shariat ko‘rsatmalari inson ma'naviy-ma‘rifiy kamolotining asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamning hadislari ma‘naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan fikrlarning mukammal to‘plamidir. Qur‘oni Karim, Hadislar, shariat ko‘rsatmalarini o‘rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, iymon va vijdon bilan bog‘liq bo‘lgan birorta ham muhim masala e‘tibordan chetda qolmaganini ko‘ramiz.

Ma‘lumki, o‘zbek mumtoz adabiyoti an'anaviy g‘oya, ma‘no,timsol va tasvir usullari asosida rivojlanib kelgan. Turli janr va shakllardan tarkib topgan bu adabiyot xalq og‘zaki ijodiyoti bilan bir qatorda, arab va fors-tojik xalqlari adabiy merosidan ham unumli foydalangan. Boshqa bir qancha xalqlar qatori turkiy millatlar ham islom dinini qabul qilgandan keyin ularning madaniyati, san'ati, musiqa va adabiyotlariga islom dini har jihatdan juda katta ta‘sir o‘tkazgan edi. Ayniqsa, musulmonchilikning muqaddas kitobi Qur‘oni Karim va Muhammad payg‘ambarimizning hadislari ilm va adabiyot ahli uchun saboq va ilhom kitobi darajasiga ko‘tarilgan. Diniy merosga, diniy-axloqiy g‘oyalarga tayanish ma‘naviyat kamolotiga xizmat qilishi shubhasiz. U olamni, uning gultoji sanalmish Odamni to‘kis bilishga va shu asosda, barchasining ijodkori Qodir Egamni tanishga imkon yaratadi,insonning ma'naviy dunyosini boyitadi. Mumtoz adabiyotimiz ko‘p jihatdan muqaddas hisoblangan Qur‘oni Karim va muborak hadislarimiz ta‘sirida yana-da boyidi, undan oziqlandi. Bu ikki muqaddas manba ta‘sirida ko‘plab ijodkorlar qalam tebratdi.


Yüklə 174,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin