Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


*1. Qur`oni Karim. Toshkent:. Movarounnahr. 1992.-B. 406



Yüklə 174,12 Kb.
səhifə7/10
tarix26.01.2022
ölçüsü174,12 Kb.
#51628
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
S.Fazilatt

*1. Qur`oni Karim. Toshkent:. Movarounnahr. 1992.-B. 406.

lI- BOB.QUR‘ON VA HADISLARDA ILGARI SURILGAN UMUMINSONIY G‘OYALAR.

2.1.SHAXSNING MA‘NAVIY KAMOLOTIGA OID QARASHLAR.

Islom ma‘naviytida inson yer yuzida xalifa qilib belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qur‘oni Karimning juda ko‘p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani,unga yer-u osmondagi barcha narsalar bo‘ysundirilib qo‘yilganligi alohida uqtirb o’tiladi. Islom olamining muqaddas kitobi Qur‘onda komillikning 5ta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi:

1.Mehnatim-muhabbatim. 2.Ma'rifatim-sarmoyam.

3.Dinim-aqlim. 4.Ilmim-qurolim. 5.Sabr-u qanoat-libosim.*1

Islomda harom va halol masalalariga musulmonlar e‘tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruxsat etilgan amallar, ishlar halol deyiladi.Harom esa aksincha qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir*2. Olloh harom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazosini berishi aytilgan. Halol qilingan ishlar va narsalar ko‘pchilikka ma'lum, u haqida ko‘p eshitganmiz. Harom etilgan ishlarni eslatib o‘tish va eslab turish joizdir. Bulardan ayrimlari quyidagilar: sog‘ bo‘la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bo‘lish, savdo-sotiqda g‘irromlik qilish, birovning haqqiga xiyonat qilish, qasamxo‘rlik, sudxo‘rlik, o‘g‘rilik, qaroqchilik, aroqxo‘rlik, g‘iybat, tuhmat, bo‘hton, josuslik, qotillik, poraxo‘rlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iboratdir. Muborak hadislarimizda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ularning barchasi Qur'oni Karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslangan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Hadislar-islomda Qur'ondan keyin turuvchi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislarda axloqiy kamolot masalalarida keltirilgan so‘zlardan namunalar keltirib

_____________________________________________________________________


*1.Karomatov H. Qur‘on va о’zbek adabiyoti. Toshkent, 1997. 67-b

*2. Rahimjonov N. Diniy-axloqiy g’oyalarning badiiy talqinlari. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002

o‘taman. Munofiqlikning belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va‘dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. Payg‘ambarimiz bu to‘g‘rida quyidagilarni aytib o‘tgan:

-"Omonatga qo‘ygan kishining omonatini o‘z vaqtida ado eting"

-"Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang"

-"Qachonki, bir gunoh qilib qo‘ysangiz uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish qiling"

“O‘zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun 3 narsadan qo‘rqaman”:

1. Nafs-u havoga berilib, yo‘ldan ozishdan

2 .Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishdan

3. Ilm-u ma'rifatga ega bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishdan.*1

Payg‘ambarimiz muborak hadislarning birida "Kishi biror gunoh amalga qo‘l ursa, uning qalbida bir qora nuqta paydo bo‘ladi. Tavba qilmay, gunohlarda davom etsa, qora nuqtalar soni ham ko‘payib boradi".

5 ta narsadan oldin 5 ta narsani g‘animat biling:

1.O‘limdan avval tiriklikni .

2.Bemorlikdan avval salomatlikni.

3.Bandlikdan avval bo‘sh vaqtni.

4.Keksalikdan avval yoshlikni.

5.Faqirlikdan avval boylikni.

*1. Rahimjonov N. Diniy-axloqiy g’oyalarning badiiy talqinlari. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002.

Islomda ilm-fanni egallash, ma‘rifatli bo‘lish juda katta savobli ish ekanligi qayta-qayta ta‘kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining o‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hadislardagi "Sadaqaning boshi mo‘minlarga ilm o‘rgatishdir", "Ilm ibodatdan afzaldir"*1 kabi fikrlar ham tahlilga muhtoj emas.

Qur‘oni Karimda ilm so‘zi asosida "Alima"-bilmoq fe‘l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo‘lgan oyat ham "Iqra"(O‘qi)so‘zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: "O‘qi, sening o‘ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta'lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o‘rgatdi", - deb nozil qilingan*2. Bundan ko‘rinadiki, islom e‘tiqodi avval boshdanoq insonni o‘qib-o‘rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab yetishga targ‘ib etadi.

Qur‘oni Karim va Hadisi sharifdagi hikmatlar, hikoyatlar,turli davrlardagi ijodkorlar diqqatini tortib kelgan.Bu nafaqat musulmonlarni,balki boshqa dinga mansub kishilarni ham qiziqtirgan. Gyote va Pushkinning Sharq madaniyati va falsafasiga qolaversa,islom diniga katta hurmat bilan qaragani ,bir qator mumtoz asarlar yaratgani fikrimizni dalillaydi.

Sharq mumtoz adabiyotida Qur‘oni Karim va Hadisi sharif ta‘sirida didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Didaktika- yunoncha "didakticos", ya‘ni ibratli degan so‘zdan olingan.Didaktik adabiyot deganda, nasihat, o‘git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi.Bu Sharq adabiyotida ham, G‘arb adabiyotida ham vujudga kelgan.Sharq so‘z san‘atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig‘i u shunisi bilan G‘arbdan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o‘tgan edi*3. Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy me‘rosi pand-hikmatga o‘ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi.

____________________________________________________________________
*1. Mallayev N. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: « 0’qituvchi»

*2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.

Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzdagi adabiyot bo‘lib,unda axloqiy-ta'limiy, ilmiy-falsafiy, diniy bilimlar va g‘oyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot ildizi xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi ("Qobusnoma")*2. Turkiy adabiyotda didaktikaga oid ilk namunalar Mahmud Koshg‘ariyning "Devoni lug‘otit turk"asarida uchraydi. Didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, ma'rifat, odob-axloq haqidagi qarashlari,pand-nasihatlari she‘riy shakllarda bayon etilgan. Ularda ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarini ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar(masalan,Ibn Sinoning tabobatga oid "Urjuza" she‘riy asari). Bundan tashqari bunday xususiyatlar Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyondalari ham samarali foydalanganlar. Ularning asarlarida insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo‘lish ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshishi mumkin degan g‘oya ilgari surildi chunki o‘sha davrdan boshlab savod o‘rgatish Qur‘on va hadislarni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirib olish bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra Qur’on va Hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar,ham adiblar ijodiga ta‘sir etdi. Masalan, Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq"asarida ham markaziy o‘rinni inson shaxsi, uning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, shuningdek, shaxsni mq‘naviy kamolotga yetishuvida ilmning o‘rni masalasi turadi. Asarning 1-bobidayoq ilm manfaati,ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi.Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-maprifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, Ahmad Yugnakiy bilimli insonni qimmatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsizilikka o‘xshatib, er kishining ko‘rki aql*1, deya ta‘riflaydi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko‘tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga urg‘u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misralarda o‘z ifodasini topgan:

Bilik bil usanme bil ul haq rasul,

Bilik kimda ersa, siz arqang dedi

____________________________________________________________________


*1. Аdizоvа Iqbоlоy. O’zbеk mutоz аdаbiyoti tаriхi.Tоshkеnt

*2. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002 Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari haqida. Toshkent, 1972 .

Ya‘ni, Bilimli bo‘l, hech qachon erinma,

Haq Rasuli kim ilmli bo‘lsa, uni siz maqtang deb aytdi.

Asardagi har bir bob sarlavhalari hadislarga tayanadi. Shu sababli ham asar boblarida Muhammad alayhissalomning tavozelikni oshirish va kibrlikni tashlash to‘g‘risida; harislik haqida, insonlarning ikki "Vodiy" to‘la oltini bo‘lsa ham uchinchisini istashi haqida; Tangrining buyrug‘i va shafqatiga itoat qilish haqida; g‘azabni yengish, Tangrining har narsaga qodirligi, iymonga erishish yo‘llari, uning rasuliga sadoqat va Ollohning muhabbatiga yetishish to‘g‘risida; ibodat orqali sevinchni kutish haqida,ming do‘stdan bir dushman ko‘p ekani haqidagi aytganlari komil insonni shakllantirish yo‘lidagi katta qadam edi*2.

Mumtoz adabiyotda inson kamoloti va komil inson masalasi yoritilgan asarlardan yana biri So‘fi Olloyorning "Sabot ul-ojizin"asaridir. Madaniy merosimizda muhim o‘rin tutgan ushbu diniy-axloqiy va didaktik asardagi barcha hikoyatlar, mavzular, fikrlar shaxs kamolotining mohiyati, shartlari, belgilarini yoritishga qaratilgan. "Sabot ul-ojizin"da mutafakkir shoir Qur‘oni Karim oyatlarini,Hadisi sharif hikmatlarini musulmon ummati uchun farz va sunnat bo‘lgan axloq normalarini masnaviy shaklda ifodalagan.Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib bergan.*1 Asarda insof-u adolat, tinchlik ulug‘lanadi, zulm va shafqatsizlik, xudbinlik ,nopoklik, nafs-havoga berilish shariat nomidan qoralanadi, mehr va muruvvat, pokko‘ngillilik, hikmat va saxovat, xilvat va uzlat gashti, shirinlilik, kamtarlik fazilatlari madh etiladi.

So‘fi Olloyor "Sabot ul-ojizin"ni yaratishda ikki buyuk chashmadan oziq oldi.Birinchisi, islom ta'limoti va uning muqaddas kitobi Qur‘ondagi ezgulik, hadislar, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom, boshqa din tasavvuf namoyandalarining ibratli hayot yo‘li. Ikkinchisi, adabiy an‘analar bo‘lib, islom ta'limoti va uning maqsad-mohiyatini targ‘ib qilgan badiiy asarlar. Bu o‘rinda, ayniqsa, sulton ul-orifin shayx Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur

___________________________________________________________________


*1. Mahmudov Q. A ahimjonov N. Diniy-axloqiy g’oyalarning badiiy talqinlari.

*2. O’zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2002 Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari haqida. Toshkent, 1972 .

asarlarining ta‘siri sezilarlidir. So‘fi Olloyor ijodida ilohiy muhabbat ezgulikka, Haq va haqiqatga bo‘lgan ishq kuchli. Uning fikricha komil inson, avvalo, o‘zini-o‘zi poklashi,haqiqatni idrok etishi uchun tana ham, niyat ham, qalb ham, fikr-u andisha ham, fe‘l-u xulq ham pok bo‘lishi kerak.

Mumtoz adabiyotda shaxsning ma'naviy kamolotga oid qarashlar Alisher Navoiy ijodida ham uchraydi. Navoiy ta‘lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ko‘proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Alisher Navoiy o‘zining Farhod, Qays ,Iskandar va boshqa ijobiy obrazlarida tarbiyalanish, ta‘lim olish borasida bosib o‘tgan yo‘lini, kamolotga yetish bosqichlarini tasvirlab, insonning voyaga yetishida tarbiyaning katta-kuch qudratga ega ekanligini alohida uqtiradi.*2 Xullas, Sharq ta‘lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta'limiy -axloqiy asarlardagi mundarijalarning o‘xshashligi ular tayangan ma'naviy zaminga, Qur‘oni Karim va Hadisi sharifga, bog‘liqdir.




Yüklə 174,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin