Urganch davlat univеrsitеti fizika matematika fakulteti 201-matematik injinering guruh talabasi bog’ibeekova zuhrajonning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi


Dars oldiga qanday talablar qo’yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?



Yüklə 352,78 Kb.
səhifə2/23
tarix12.11.2022
ölçüsü352,78 Kb.
#68676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat

Dars oldiga qanday talablar qo’yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9.Darsda prezidentimiz I.A.Karimovning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.
Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:
- Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;
- Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- Bolalarda o’qishga oid ijobiy motivlarni uyg’otish, bilish, o’qish-o’rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish;
- Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.

Yüklə 352,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin