URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat
Interfaol usullarni qo’llash O’qitishning interfaol metodi bir qancha interfaol usullardan iboratdir. Interfaol usullarni qo’llash orqqali o’qitish samaradorligin oshirishga, talabalar fikrlash qobiliyatini oshirishga katta imkoniyat yaratadi. Ana shunday usullardan biri aqliy xujumni darsga tadbiq etish mumkin.
Aqliy xujum-muammolarni xal qilishda keng qo’llaniladigan samarali metoddir. U qatnashuvchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko’p sonli to’g’ri echimlar topishga yordam beradi. Dars mashg’ulotlariga o’tiladigan mavzu qirralarini qarama-qarshiliklarini ko’rsata olish sinf o’quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish o’zaro munosabatlarini bildirib himoya eta olish asoslab berish, boshqa ishtirokchilarning fikrlarini tinglay olish, baholash maqsadida ushbu metodni qo’llash muhim ahamiyatga ega. Ushbu dars maqsadi birgalikda o’qitishga ko’maklashuvchi uslubiy yo’llar ya`ni o’quvchilarga jamoada o’qitish yo’li bilan bimlim olishlari to’g’risida tasavvur berish. 3-sinf “Tabiatshunoslik” fani “Bog’larda uchraydigan qushlar mavzusi”. Darsning maqsadi: a) ta`limiy maqsad.
Tabiatimizda mavjud bo’lgan qushlarni asrash haqidagi hikoyalarni mustaqil o’rgatish. O’quvchi so’z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlashga, insonlar mehnatini qadrlashga o’rgatish. Markaziy Osiyo allomalarining qarashlari bilan tanishtirish:
B) tarbiyaviy maqsad:
Tabiatga ozor bermaslikka, qushlarni, o’simlik va xayvonlarni asrab-avaylashga o’rgatish.
S) rivojlantiruvchi maqsad;
O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, ekologik dunyoqarashini tafakkur doirasini kengaytirish.
Darsning jixozi: tabiatni muxofaza qilishga bag’ishlangan eksponatlar, xayvonlar, qushlar va o’simliklar tasvirlangan ko’rgazmali qurollar.
Darsning turi: aqliy xujum, savol-javob.
O’qituvchi oldin o’tilganlarni mustaxkamlab “Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusi bo’yicha suxbat o’tkazadi. Ushbu darsni quyidagicha rejalashtiradi. Interfaol usul yordamida o’quvchilar bilimlarini mustaxkamlanadi.
DARSNING BORISHI
1. Quyidagi savollar yordamida o’quvchilarning “Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusini o’zlashtirishlariga erishish.
2. Zararkunanda xashoratlarga qarshi kurashda bizga qanday qushlar yordam beradi?
3. Qaysi qushlar ko’pincha bog’larda yashaydi va zararkunanda xashoratlarni qiradi?
4. Mavzuga oid Markaziy Osiyolik allomalarning ekologik qarashlari bilan tanishmisiz?
“Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusi bo’yicha “Bilimdon” metodi yordamida o’qitish.
Sinf o’quvchilari uchta guruhga bo’linadi va ularga nom qo’yiladi. YOzuv taxtasi ham uch qismga ajratiladi. eng yuqoriga “Bilimdon” deb yozilgan, birinchi bandning yuqori qismiga “Bilaman”, ikkinchi bandning yuqori qismiga “Bilishni xoxlayman”, uchunchi bandga “Bilib oldim” degan so’z yoziladi.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma`lumotlarga ega bo’lganliklarini so’raydi va bildirgan fikrlarning to’g’riligini “Bilaman” nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilgunga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a`zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (chunki bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi).
BILAMAN Qushlarni asrashimiz zarur, ular o’zlarining sayrashlari, chiroyli ranglari, havoda erkin uchishlari bilan bizga quvonch bag’ishlaydi. Qushlar dala, poliz va bog’larimizni zararkunanda xasharotlardan muxofaza qiladi. Bog’ o’simliklariga ham dala va poliz ekinlaridagi xasharotlar zarar etkazadi. Ba`zi xasharotlar o’simliklarning barglarini esa, ikkinchilari gulini, uchinchilari mevasini eydi. Po’stloqxo’r qo’ng’izlar ham bor, ular o’simliklar po’stlog’ini zararlantiradi. Bog’, shuningdek, poliz ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishida chittak, qarqunoq, qizilishton, zarg’oldoq kabi qushlar yordam beradi. Qushlar xasharotlar bilan faqat o’zlari oziqlanibgina qolmay balki, o’z bolalarini ham boqadi. Tunda qushlar o’rnini ko’rshapalaklar egallaydi. Ular tunlam kapalaklari, chivin va iskabtopar kabi tungi zararli xasharotlarni qiradi.
Keyingi bosqichda o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu bo’yicha qanday ma`lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va ularni yana o’ylashga, fikrlashga da`vat etadi. Navbati bilan guruh vakillaridan fikrlari so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan tushunchalar “Bilishni xoxlayman” nomli ustunga yozib boriladi.
MAVZU: Interaktiv darsni tashkil qilishga qo’yiladigan talablar.
MAVZU: O’zbekiston Respublikasida jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarning ijtimoiy himoyasi.