Urganch davlat univеrsitеti fizika matematika fakulteti 201-matematik injinering guruh talabasi bog’ibeekova zuhrajonning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 352,78 Kb.
səhifə7/23
tarix12.11.2022
ölçüsü352,78 Kb.
#68676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat

Kamchiliklari:
- Ko’p vaqt talab etilishi.
- O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
- Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
- «Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababali «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.
- O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bulishining talab etilishi XULOSA: Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi.
An’anaviy dars- muayyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko’prok o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi.
An’anaviy dars o’tish modelida ko’prok ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.
Shu sabab, bu xollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman o’quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, o’quvchilar o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi.
Buning uchun daras jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi.
Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan katnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko’zda tutuvchi metod.

Yüklə 352,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin