Urganch davlat univеrsitеti fizika matematika fakulteti 201-matematik injinering guruh talabasi bog’ibeekova zuhrajonning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi


Muhitga kirishish, aloqa o’rnatish (kommunikasiya) tushunchasi va uning maqsadi



Yüklə 352,78 Kb.
səhifə23/23
tarix12.11.2022
ölçüsü352,78 Kb.
#68676
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat

Muhitga kirishish, aloqa o’rnatish (kommunikasiya) tushunchasi va uning maqsadi.
O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi jarayonida munosabatning ikki xil xissiy (emotsional) holati vujudga kelishi mumkin. Pedagogning ijodiy xissiyotlari asosida o’zaro hamkorlikni tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy samara beradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, pedagogik jarayonning borligi o’qituvchiga munosabatni ijodiy hissiyotlar asosida tashkil etishga, bolalar bilan psixologik muloqot o’rnatishga imkon beradi. O’qituvchi o’quvchilarga biron -bir narsani o’rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishning ko’p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayriboshlashni o’z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlanishi munosbatning kommunikativ jihati sifatida ta’riflanishi mumkin. Munosabatning ikkinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas,balki harakatlar, hatti - harakatlar bilan ham ayriboshlashdan iborat. Munosabatning uchinchi jihati munosabaga kirishuvchilarning bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishdir. Shunday qilib, yagona munosabat jarayoniga shartli ravishda uchta jihatni kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikdagi harakat) va perseativ (o’zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko’rsatish mumkin. Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruriyatga ko’ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishi, ya’ni aloqa o’rnatishi, o’zaro hamjihatlilikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Munosabatning o’zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat kursatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa (avvalo) ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Turli xil tillarda so’zlashadigan kishilar bir - birlari bilan murosaga kela olmaydilar. Bu esa birgalikdagi harakatning amalga oshirili shini amri mahol qilib qo’yadi. Qo’llaniladigan belgilar (so’zlar, imo-ishoralar va h.k.) zamirida mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo’lgan taqdirdagina axborot ayriboshlash mumkin bo’ladi. Mohiyat - belgini tevarak atrofidagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo’lgan jihatdir. Qurol odamlarning mehnat faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va munosabatini namayon qiladi. So’zlar belgilar sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Qo’llarida biron mehnat qurolini ushlab, ko’zlari esa ushbu narsalarga qarab turgan vaqtda bir - birlari bilan munosabatga kirishish uchun aniq tovushlardan foydalanish kishilarga ayniqsa moyillik tug’dirgan. Munosabatga kirishadigan odamlar o’rtasidagi masofa anchagina olis bo’lgan kezlarda ham, xuddi shuningdek qorong’ilikda, tuman tushganda, chakalakzorda o’y - fikrini tovushlar vositasida yetkazish qo’lay bo’lgan. Til yordamida munosbatga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning himoyasida aks etayotgani bilan doimiy ravishda to’ldirilib turadi. O’y - fikrlarni ayrboshlash, axborot berish ro’y beradi. So’zlar muayyan bir mohiyatga ega, ya’ni ashyoviy olamga allaqanday tarzda tegishli bo’ladi. O’qituvchi u yoki bu so’zni ishlanganda uning o’zi ham, uning tinglovchilari ham yolg’iz o’sha bitta hodisani nazarda tutishadi va ularga anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar sistemasi kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni shakllantirish o’rta ta’limning ham, oliy ta’limning ham markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Nutq bu og’zaki kommunikasiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron bir mohiyatni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So’zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi yoki kar-saqov kishilarga biron bir mohiyatga ega bo’lgan imo - ishoralar bilan almashinishi mumkin. Odamlar o’rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o’xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog’lovchilarning his - hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan. U kommunikasiyaning mazmunini hisoblanishi nazarga ham, munosabatga ham, kirishganlarga nisbatan ham muayan tarzda taalluqli bo’lib nutqiy fikr mulohazalar bilan qo’shilgan holda yuzaga
chiqadigan bu his - hayajonli munosabatda axborot ayriboshlashning alohida nutqsiz jihati o’zgacha nutqsiz kommunikasiya tarkib topadi.

MAVZU: Pedagogik texnika haqida tushuncha


Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu
narsa o’z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk
yoshdan o’z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga
tayyorgarlik ishi o’z vaqtida olibib borilsa abatta ko’zlangan maqsadga erishish
mumkin. Ya’ni inklyuziv ta’limning samarasi yuqori darajada bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENC
Yüklə 352,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin