Urganch davlat univеrsitеti fizika matematika fakulteti 201-matematik injinering guruh talabasi bog’ibeekova zuhrajonning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi


O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati



Yüklə 352,78 Kb.
səhifə22/23
tarix12.11.2022
ölçüsü352,78 Kb.
#68676
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI fizika Matematika fakulteti 201 mat

O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
Pedagogik xayol – kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyixalashtirishda qz ish harakatlarining natijasini oldindan kura bilishda namoyon bo’ladigan maxsus qobiliyatidir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusida Kim chiqishini ko’z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarning o’sib rivojlanishini oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o’quvchiga bo’lgan ishonch bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham o’quvchilar ayrim o’qituvchilar to’g’risida «Axmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslariga ham ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik» degan fikrlarni izxor qiladilar.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muxim axamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat-e’tiborini o’quv materialining qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatibyu, ularning toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushinish-tushunishmasligiga e’tibor berib, o’quvchining intizomini kuzatadi hamda, oqibat natijada o’zining shaxsiy-xulq atvoriga /yurish-turishga, o’zini tutishiga mimika va pontamimikasiga/ e’tibor beradi. Tajribasiz o’qituvchi, ko’pincha o’quv materialini bayon etishga berilib ketib, o’quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib quyadi, agar, bordi-yu, o’quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga xarakat qilsa, bunday hollarda o’z bayonotining izchilligini yo’qotib qo’yadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari, o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarinlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga urnak bo’lishi kerak. O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi, o’z his-to’yg’ularini, kayfiyatini boshqara olish xislatlari muxim ahamiyatga egadir. Xulosa qilib shuni aytish joizki, o’qituvchining barcha ijobiy umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta axamiyatga ega. Agar biz qo’yidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muxim omillardir. Jumladan, o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-saramjonligi, sipoyagarchiligi, uning qiliqlari, o’zini chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, o’quvchilarning «Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan ular har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku?» yoki «Noila opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko’rsatishi kerak – chunki ularning turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarini olishimiz mumkin. Muhim davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o’qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o’sib rivolana boradi. Shu bilan birga o’qituvchi doimiy ravishda ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarurdir. Bu to’g’rida mazkur ishimizning kelgusi boblarida so’z boradi.

MAVZU: kommunikativ qobiliyat – pedagogic aloqa o’rnatishning asosiy vositasi.



  1. Qobiliyatning psixologik xarakteristikasi.

  2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari.

  3. O’qituvchining irodasi, sabr - toqat, ibrat namuna bo’la olish qobiliyati.

  4. O’qituvchining andishalilik, bag’rikenglik, samimiylik va boshka sifatlari.

  5. Muhitga kirishish, aloqa o’rnatish (kommunikasiya) tushunchasi va uning maqsadi.

  6. O’qituvchining kommunikativ ko’nikmasi: "yuzni o’qish san’ati o’zgalar holatini tushuna olish, uzini namoyish qila bilish".

Qobiliyatlar - odamning shunday psixologik xususiyatlari-dirki, bilim, malaka, ko’nikma orttirish shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi, lekin bu xususiyatlarning o’zi bu bilim, malaka va ko’nikmalarga taalluqli bulmaydi. Masalan, Ikkita bola institutga kirayapdi deylik. Ulardan biri test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tdi, ikkinchisi o’tolmadi. Bunda ulardan birining qobiliyati ortiq degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning faqat bir o’zi bilan qobiliyatni aniqlab bo’lmaydi. Qobiliyatlar bilim, malaka, va ko’nikmalarini egallashda namayon bo’lsa ham ular bilim, ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydilar. Odamning qobiliyatlari bilim va ko’nikmalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim va ko’nikmalar egallanadimi yoki yo’qmi, bularning hammasi, juda ko’p sharoitlarga bog’liqdir. Bolada namayon bo’lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo’lishiga kofil bo’la olmaydi. Bolaning musiqachi bo’lishi uning unga maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so’lib ketishi ham mumkin. O’quvchida hali zaruriy ko’nikma va malakalar sistemasi hamda mustahkam bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qaobiliyatlar yo’q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi buladi.
1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday kobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. Unga nihoyatda qiziqadi, tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Ba’zan o’quvchilar orasida: "X ni professor deyaber" ko’pincha biz u o’z sohasida bilmaydigan biror narsa bormikin deb o’ylab qolamiz", "U darsni butun vujudi, jonjahdi bilan o’tadi", yoki "Vajohati katta-yu, bilimining mazasi yo’q", kabi iboralar uchrab turadi.
2. Tushuntira olish qobiliyati - o’qituvchining o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg’otish qobiliyatidir. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi darkor. O’qituvchi o’quvchining mustaqil fikrlashini rag’batlantira oladi. Shunday fikrlarni uchratamiz: "O’qituvchi opamiz hech narsaga yaramas edilar, yo’l - yo’lakay biror narsani mutlaqo tushuntirib bera olmasdilar."
O’quvchilar ruhiyatini hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Kupchilik o’qituvchilarga, ayniqsa tajribasi katta o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiy tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyulmaydi.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchining o’rniga qo’ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo’lgan narsaning o’quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo’lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun u bayon etishni xarakter va shaklini alohida o’ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
Qobiliyatli o’qituvchi materialni bayon etish jarayonida turli o’quvchilarning tushuntirilayotgan materialni qanday o’zlashtirayotganlarini qator belgilar asosida to’g’ri aniqlab oladi va zarurat tug’ilgan hollarda bayon qilish usulini o’zgartiradi. SHuningdek qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning saboqni o’zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam olishdan ishga o’tishlari bo’shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt ajratish zaruratini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masalan, darsning haddan tashqari zo’riqish bilan va kuchli boshlanishi o’quvchilarda muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atalmish holatiga sabab bo’ladi, miya faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlari yetarli darajada idrok qilinmaydi.
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati o’quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o’qituvchi uncha katta bo’lmagan tashqi ko’rinishlar asosida o’quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o’zgarishlarini ham fahmlab oladi. O’quvchilarning ba’zan shunday gaplarini eshitamiz: "Qaramayotganga o’xshaydi-yu, hamma narsani ko’rib turadi", "O’qituvchimiz biror o’quvchining xafa bo’lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko’zidan biladi".
4. Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo - ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo’lsa ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
Fikrlar ifodasi o’quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo’ladi. O’qituvchining bayoni o’quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi. O’qituvchi o’quvchilar oldiga savollar qo’yib ularni asta - sekin to’g’ri javob berishga olib boradi, o’quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so’z va iboralar qo’llaniladi. O’qituvchi uzundan uzoq jumlalar, murakkab so’z birikmalari, qiyin, tumtoq iboralarni qo’llashdan qochadi. O’rinli yumor, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o’quvchilar yaxshi qabul qiladilar.
O’qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his - hayajonli bo’lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho’ziq zeriktiradigan nutq o’quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib qo’yadi. Ayrimlar tez, ayrmlar sekin gapirishga moyil bo’ladilar. O’quvchilarning o’zlashtirishlari uchun o’rtacha, jonli nutq yaxsh natija beradi. haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o’quvchilar asabini buzadi, toliqtirib qo’yadi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o’z ishini to’g’ri uyushganligini nazarda tutadi. O’z ishini tashkil etish deganda ishni to’g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga xos his etsh vaqtga qarab to’g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo’ladi. Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali o’qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o’zgartira oladi.
6. Obru orttira olish qobiliyati - o’quvchilarga bevosita emosional irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda obru orttira olishdir. Obru faqat shu asosdagina emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hakozolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o’qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat’iyligi, talabchanligi va hakozolar) shuningdek o’quvchilarga ta’lim - tarbiya berish mas’uliyatini his etishga o’zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o’quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog’liq. O’quvchilar qo’pollik qilmaydigan, qo’rqitmaydigan, to’g’ri talab qo’ya oladigan o’qituvchini hurmat qiladilar.
7. Kommunikativ - to’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabat o’rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
8. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati - o’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rishda, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishi haqidagi tasavvur bilan bog’liq bo’lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog’liq bo’ladi.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati - o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi, ham uning kuchi, ham ko’chuvchanligi, idora qilina olishi, ham taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir. Diqqat ayni bir vaqtda faoliyatning bir qancha turlari o’rtasida taqsimlanish qobiliyati o’qituvchining ishi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyat tajribali o’qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va formasini o’z fikri yoki o’quvchi fikrini diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni o’z diqqat e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik tushkunlik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzish hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat shaxsiy hatti harakatlarini kuzatib boradi. Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha materialni bayon qilishga berilib ketib o’quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi. O’qituvchi yuqoridagi qobiliyatlardan tashqari sabr - toqatli, irodali bo’lishi va ibrat - namuna bo’la olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarni o’zining shaxsiy namunasi, o’z shaxsiy xulq atvori va butun shaxsi bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o’qituvchining har bir hatti harakati namunadir. Bu holat o’qituvchidan bolalarga nisbatan juda ziyrak munosabatda bo’lishni talab etadi. SHuning uchun o’qituvchi o’zi o’qitadigan fanni mukammal bilish bilan birga yuksak axloqiy, ma’naviy pok, irodali, nazokatli, sabr toqatli, qat’iyatli, mehnatsevar, kamtar bo’lishi lozim. O’qituvchining sobitlilik, o’zini tuta bilish, his - tuyg’ulari, kayfiyati kechinmalarini, temperamentini boshqara olish sifatlari juda muhimdir. har qanday vaziyatda o’zini tuta oladigan, uzini yo’qotmaydigan, ko’pam asabiylashmaydigan va bolalarning asabini ham buzmaydigan o’qituvchini o’quvchilar afzal ko’radilar. Nerv sistemasining tipi (temperament) g’oyat barqaror, uni xoxlagan paytda tez o’zgartirib bo’lmaydi. Ammo uni qandaydir ma’noda boshqarish, jumladan salbiy tip ko’rinishlarini tutib turish mumkin. O’z tipidagi ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namayondasi bo’lgan kishi o’qituvchi bo’lishi mumkin. O’qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan vaqtnincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilar kayfiyati yomon bo’lsa, ularning darslari ham yurishmasligini biladilar. Buni o’quvchilar ham sezadilar, ularga ta’sir qiladi O’qituvchi ayrim hollarda xunob bo’lishi va g’azablanishi ham mumkin, lekin shu vaqt ham o’zini yo’qotmasligi kerak, qo’pollik va haqoratga o’tmasligi lozim. O’qituvchi bukilmas irodaviy xususiyatga ega bo’lishi, hayot va faoliyatda aslo og’ishmasdan maqsadni hatti harakatlarni amaliyotda qo’llashi lozim. O’qituvchining sabr toqatlilik xususiyati ushbu hollarda qamrab olinishi mumkin:

  • turli xususiyatlardan tashkil topgan sinfni jamoa sifatida shakllantirishda;

  • o’qituvchining xulq atvoriga, uzlashtirish darajasiga, o’qishga munosabatiga, o’ta faolligi (sustligiga) vazminlik bilan yondashishda;

  • shaxslararo munosabatdagi har xil nizoli, ziddiyatli holatlarga nisbatan shaxsiy fikrini bildirishda, ularning oldini olishda;

  • maktab ichki rejimiga jamoatchilik topshiriqlariga, rag’batlantirishning zaifligiga, ba’zi illatlar kurinishga toqat qilib faoliyat ko’rsatishda;

  • milliy an’analar bilan zamonaviylik o’rtasidagi ziddiyatda va boshqalarda.

O’qituvchining andishalilik xususiyati muhim rol’ o’ynab, u pedagogik faoliyatning mazmundorligi, uning ta’sirchanligi mezoni bulib hisoblanadi.
O’qituvchining andishaliligi bir qancha holatlarda ifodalanishi mumkin:

  • o’quvchi yoki ota - onaga yetkazilishi, uzatilishi mo’ljallangan axborot, xabar, ma’lumotga o’qituvchining kasbiy nufuziga zarar keltirishi ehtimoli nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yondoshiladi;

  • o’quvchi shaxsiyatiga, o’qishga munosabatiga, sinf jamoasi o’rtasidagi nufuzga sezilarli xalal berish ehtimoli mavjudligini hisobga olishda;

  • ota - onalar bilan oila sha’niga nisbatan salbiy kechinmalar paydo bo’lishini e’tiborda tutishda;

  • oilaviy nizolar, mojarolar, ziddiyatlar, janjallar oldini olish, ularning oqibatlarini tushunishda;

  • shaxslar munosabat, muomala, muloqot sharoitini buzilishi va boshqa nozik holatlarni anglatadi va hakozo.

O’qituvchining andishaligini, andishaning oti qo’rqoq qabilida tutmasligi kerak. Bag’rikenglik o’qituvchining bag’rikenglik xususiyati xulq odob ko’rinishlari, noxulq kechinmalari, ziddiyatlar oqibatlarini ruhiy dunyodan chiqarib tashlashda kurib ko’rmaslikka, sezib sezmaslikka olishda ko’zga tashlanadi. Samimiylik o’qituvchining maktab, sinf, turar joyda yuzaga kelayotgan ijobiy taraqqiyparvar voqealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi samimiylikni ifodalaydi.
Uning asosiy mohiyati quyidagi hollarda ifodalanadi:

  • hamkasblar faoliyati, yutuqlariga nisbatan xayrixoxlikda;

  • shogirdlar yutuklariga munosabatining tabiiyligida;

  • kishilarning xulqi, tadbirkorligi ishbilarmonligi kabi fazilatlar va xususiyatlarni xolisona baholashda;

  • el, yurt, xudud, jamoa, guruh zafarlariga jahon sivilizasiyasi va turli mohiyatdagi yaqqol voqeliklarga odilona munosabatda bulish va h.k.


Yüklə 352,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin