Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi


Fizika fanini o’qitishda interfaol usullarning qo’llanilishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/14
tarix24.06.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#62211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
GRAFIK MASALALARNI YECHISH USULLARI (3)

1.2 Fizika fanini o’qitishda interfaol usullarning qo’llanilishi
Interfaol metodlar - o'zaro fikr almashishga, o'zaro fikrlami to'ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta’sir o'tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlami qo'llashda o'zaro ta'sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish, nom a’lum holatni ochishga (kashf etishga) ko'mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalami yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qoilaniladi:
- o'qitishning ko'rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli-evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
- o'qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlari;
- o'qitishning induktiv va deduktiv metodlari;
- o'qitishning nazorat va o‘zini-o'zi nazorat qilish metodlari.
Metodlar quyidagi guruhchalarni o'z ichiga oladi:
Birinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og'zaki metodlar: hikoya, m a’ruza, suhbat va boshqalar).
Ikkinchi guruh metodlari: o'quv axborotlarini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari (ko’rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar). Uchinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dasturlar tuzish, niashq va masalalar hamda test topshiriqlarini yechish, mehnat harakatlari va boshqalar). Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. Bunda talabalarga yashirincha usullardan (kitob, konspektlar va h.k.) foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha, bunday usullarni qo'llash rag'batlantiriladi. Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga o'rgatish, ularning intellektual. zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma'lum yo'nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida muammoli uslubdan foydalaniladi.
Fizika o‘qituvchisi o‘quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. O‘qituvchi o‘tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o‘tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo‘lishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : ─ axborot vositalaridan foydalanib; ─ ko‘rgazmali qurollari yordamida; ─ interfaol metodlarni qo‘llash orqali; va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o‘quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o‘quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash fizika fani o‘qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan.
Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo‘llay bilish bugungi zamon fizika o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir. Interfaol usullarning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir. Har bir o‘tiladigan darsda ta’limning aniq maqsadining belgilanishi o‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo‘yicha o‘qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Fizika fan sifatida o‘tilgan vaqtdan boshlab fanning ma’lumotlar bazasi ko‘payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o‘tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur. Agar o‘quvchi yangi darsning o‘zida mavzuning tushunmagan qismi bo‘yicha o‘qituvchiga savol berib, mavzuni mustahkamlab olsa, u keyingi mavzularni tushunishga ham qiynalmaydi.
Demak biz yangi interfaol usullardan biri bilan tanishamiz.
“Hodisa va sabab” o‘yini: Bu o‘yinni fizikaning biror bob yoki bo‘limini o‘tib tugatgandan keyin o‘tkazgan ma’qul. Ayniqsa, turli-hayotiy misollar bilan hodisani fizika fanida bog‘lab tushuntirishda bu o‘yin o‘z afzalliklariga ega. O‘quvchi bu o‘yinda qatnashib tezkor fikrlashga o‘rganibgina qolmay, o‘z xotirasini ham mustahkamlaydi. O‘yin tezkor savol-javoblar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi savollarni va javobini bir marta o‘qib berganidan keyin, o‘quvchi uni eslab qolib, aynan o‘ziday takrorlab xotirasini sinaydi va mustahkamlaydi. Javob berishdagi ortiqcha yoki xato aytilgan so‘z, turli xil to‘xtalishlar uning o‘yinda mag‘lub bo‘lganini bildiradi.

Ma’lumki fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud.
Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir.
Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi.
Bu uslublar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi.
- o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi;
- o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi;
- o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi.
O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi. Bu uslublar asosan o‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. quyida ularning ba’zilari ustida qisman to‘xtalamiz.
Savol berish orqali o‘qitish usuli. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va bu bilan ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi.
Muhokama usuli. O‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi.
Suhbat usuli. Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir
sharoitda va darsning bir qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish
muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va
asosiy vaqt ma’ruza ta’riqasida va mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchiga savollar
berish uchun bir oz vaqt ajratiladi.
Guruhlardagi muhokama usuli. Ushbu o‘qitish uslubi o‘qituvchining juda oz «so‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi o‘quvchilarning o‘zaromuhokamalariga bag‘ishlanadi. Qachonki o‘quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bo‘lsalar bu uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hatto mavzu haqida tasavvurga ega bo‘lmagan holda, yoki mashg‘ulotlar avvalida o‘rganilgan bilimni takrorlash uchun ham foydalanishlari mumkin.
Yangilik kashf etish orqali o‘rganish usuli. Bu yondoshuv o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o‘z-o‘zlarini rag‘batlantirish orqali bilim va ko‘nikmalar to‘plashlariga sharoit yaratadi.
Asosiy tamoyillari quyidagicha:
1. O‘rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi.
2. O‘rganish jarayoni ma’lum bir topshiriqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
3. Topshiriq quyidagilarni ta’minlaydi:
· Tayanch ma’lumot olish uchun asos;
· O‘quvchi uchun notanish bo‘lgan ma’lumotga chuqur kirib borishiga
undaydigan so‘rovga e’tibor berish;
· Oldindan aniqlangan va sog‘lom tarzdagi o‘rganishga asoslangan natijalar.
4. Muvaffaqiyat – faoliyat-yutuq motivatsiyasiga asoslangan.
5. Guruhdagi hamkorlik:
· fikr va faoliyatni rag‘batlantiradi;
· mushohadaga chorlaydi;
· guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlaydi.
6. Shaxs yoki guruhning ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘qituvchining
qo‘shajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan.
7. O‘qituvchi asosan o‘qish jarayonini yengillashtiruvchi va ikki tomonlama
fikr-mulohazalar bilan ta’minlovchi shaxs vazifasini o‘taydi. Kamdan-kam
hollarda o‘qituvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi.
Amaliy mashg‘ulot. O‘qituvchi bir guruh o‘quvchilarning ko‘nikmalarini
to‘liq yoki qisman shakllantiruvchi amaliy faoliyat orqali o‘qitishni xohlasa bu usuldan foydalanishi mumkin. Odatda bu jarayon o‘z ichiga so‘zlash, tasviriy ifoda va o‘qituvchi tomonidan namoyish etish va muhokamalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish imkoni bo‘lgan ustaxonalarda amalga oshiriladi. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, o‘quvchilar nafaqat rasmiy o‘qitish orqali o‘rganadilar, ya’ni kitoblar, gazeta va jurnallar, televideniya, internet va sinfdosh do‘stlar orqali, balki ko‘proq bevosita aloqa orqali o‘rganadilar. Bu vositalar o‘qituvchi o‘tgan darsni mustahkamlashda foydalanilishi mumkin.
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan ham foydalanish mumkin:
Baxs-munozara usuli. O‘quv guruhini ikki guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu bo‘yicha o‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladi.
Tadqiqot usuli. O‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘qqisi;
o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
Rolli o‘yinlar. Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o‘yinlar – muammoli
vazifaning bir turidir. Faqat bu o‘rinda, matnli material o‘rniga o‘quvchilar
tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari:
vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo‘lib berish, maqsad va vazifalarni
tushuntirish; o‘yin davomida o‘quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish;
o‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va
ko‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o‘yin natijalarining tahlili; o‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash
Loyiha usuli. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishningnatijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar. Ta’lim oluvchilar ayrim kichik loyiha ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
Mustaqil o‘rganish usuli. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini, o‘z – o‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti–vaqti bilan o‘tkazib turiladi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Har bir o‘quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinad igan topshiriqni bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo‘naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.
Aqliy hujum. Dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash usuli. Qatnashchilar birlashgan holda yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar. Eng maqbul yechimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar.
Bosqichlari: -muammoli vaziyatni keltirib chiqarish;
-uning yechimini topish uchun o‘quvchilarni jalb qilish;
-turli yechimlar taqdimotini eshitish;
-yechimlarni solishtirish va tanlash;
-xulosalash;
Pinbord usuli. Bu usul aqliy hujum metodining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda qo‘yilgan muammoni hal qilish bo‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi.
Boshqalarni o‘qitish orqali o‘rganish usuli. Bu usulda ta’lim oluvchilar
belgilangan mavzu yoki qo‘yilgan muammo bo‘yicha bir – birlariga axborotlarni almashadilar va o‘z bilganlarini boshqalarga o‘rgatadilar.
Lug‘at bilan ishlash (diktant). Bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli;
odatda qisqa vaqt davomida o‘tkaziladi; o‘quvchilarning o‘tilgan atama va
tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi;
Konferensiya. Oraliq nazoratning bir turi bo‘lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil yozilgan ishlarning og‘zaki ma’ro‘za ko‘rinishidagi taqdimoti.
Juft-juft muloqot. Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash; Ovozga qo‘yish metodi. Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so‘ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash;
«Charxpalak» usuli. Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashti rilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin