Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/14
tarix24.06.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#62211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
GRAFIK MASALALARNI YECHISH USULLARI (3)

Ishning maqsadi va vazifalari: Fizikani o’qitish jarayonida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash, dars o’tish jarayonida aynan dars mavzusiga
mos interfaol metodlarni qo’llay olish va yangi interfaol metodlarni ta’lim tizimiga joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:
1.Fizika ta’limida yaxshi samara beradigan pedagogik texnologiyalarni
aniqlash.
2.Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish.
3.Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo’llab sinovdan o’tkazish, tahlil etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish.


1.1 Yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat tushunchasi va turlari
2015 yilning noyabr oyida Toshkentda o’tkazilgan O’zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarinning 2 konferensiyasi va 6 O’zbekiston – Yaponiya akademik forumida Yaponiya delegatsiyasi raxbari Kixei Moeka yurtimizdagi ta’lim isloxotlari haqida so’z yuritib, jumladan shunday dedi: “ yapon talim tizimida ilg’or tafakkurli, deya qarab ta’lim tizimiga, madaniyatiga intilish, undan andoza olish tamoyili mavjud. Biroq O’zbekistonning ta’lim tizimi, uning samarasi, biz izlagan va intilgan ilg’or, umuminsoniy qadryat va madanyatga yo’g’irilgan tizim bo’lib, aksaryat mamlakatlarda yo’qotilgan o’ziga hos bebaxo insoniy qadryatlar o’zbek yoshlarda saqlanganini ko’rdik”.
Bu esa har bir fandan yangi o’quv dasturlariga mos keluvchi o’quv
darsliklari, o’quv qo’llanmalari, o’quv metodik qo’llanmalarni tayyorlashni
taqozo etadi. «Fizikadan masalalar yechish metodikasi»ga bag’ishlangan o’quv metodik qo’llanmani yaratishda shu sohaga tegishli bo’lgan ko’pgina adabiyotlar tahlil qilindi va ko’p yillik o’qitish tajribasiga asoslandi. Fizikani mustaqil o’rganuvchilar, oliy o’quv yurtiga kirish uchun tayyorlanayotganlar, pedagogika institutlarining fizika- matematika fakulteti talabalari va o’rta maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan.
Muallif elementar fizika kursidan masalalar yechishning yagona metodlarini ishlash, muayan masalalarni yechishda bu metodlardan qanday foydalanilishni ko’rsatishga harakat qilgan. Har qaysi bobning boshida aniq mavzu bo’yicha fizika kursining asosiy qonunlari va tushunchalarini esga tushirish uchun zarur bo’lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar, masalalar yechishda ishlatiladigan formulalar keltirilgan.
Maktabda fizika o’qitishning I va II bosqichlarida fizikadan masalalar
yechishning eng umumiy usul va metodlari bayon qilingan, o’quvchilar uchun fizikadan tipavoy masalalar minimumi tanlab berilgan, maktab fizika kursining hamma mavzulari bo’yicha masalalar yechish tartibi ko’rsatilgan.
Masalalarning shartlari batafsil tahlil qilingan va masalalarning yechimlari berilgan. Bu kitob o’qituvchilar uchun qo’llanmadir. Mustaqillik yillarida chop etilgan M. Ismoilovning bu qo’llanmasida o’rta maktabning 8-11 sinflari uchun mo’ljallangan dastur asosida yozilgan. Fizika kursining har bir bo’limiga oid qisqacha nazariy tushunchalar, bobning har bir paragrafida namunaviy masalalar va ularni yechish tartibi ko’rsatilgan. Shuningdek mustaqil yechish uchun bir nechta masala va ularning javoblari berilgan.
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mazkur kitob xalq ta’lim sohasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi N.N.Azizxo’jayeva tamonidan yozilgan bo’lib oliy ta’lim va akademik litseylar o’qituvchilari pedagogik texnologiyalari zamonaviy muammolarini ochib beradi. Kitobda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi vazifalardan kelib chiqib akademik litseylardagi ta’lim jarayonini tahlil qilgan. Ta’limning mohiyati, tamoyillari va mazmuni asosiy nazariyalari ko’rib chiqilgan. Akademik litseylarda darsni tashkil qilish shakillari va metodlariga zamonaviy talablar hamda talabalarning bilim olishdagi faoliyatlani o’rganiladi.
Ushbu kitob bo’lajak fizika o’qituvchisining oliy o’quv yurtida fizika o’qitish metodikasi bo’yicha agallashi lozim bo’lgan malaka va ko’nikma, bilimlar hajmini belgilab beradi. Oliy o’quv yurtlarda fizika o’qitish metodikasi kursining muhim vazifasi bo’lajak o’qituvchilarni metodika fanlarining hozirgi zamon mazmuni fizika o’qitishdagi ilg’or tajribalar bilan tanishtirish hisoblanadi. “Fizika o’qitish metodikasi” fanining vazifalari talabalarning o’rta mumuta’lim va o’rta maxsus ta’lim o’quv yurtlari fizika kursining ilmiy-uslubiy va ruhiyat pedagogik asoslari va mazmuni bilan tanishtirish.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin