Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Kompaniyalar o ‘z faoliyatida qanday hajmdagi axborotga



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   191
marketing

Kompaniyalar o ‘z faoliyatida qanday hajmdagi axborotga
m uhtojlik sezishadi? 
Bu ham firma faoliyatida muhim masalalardan 
biri hisoblanadi va quyidagicha ifodalanadi:
• Amaliyotchi marketologlar odatda yetarli marketing axborotlarini 
to ‘plashda yoki yetarlicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda 
qiyinchilik sezishadi. Qaror qabul qilishda bu axborotlar juda muhim 
hisoblanadi, lekin amaliyotda bu jarayon quyidagicha yuz beradi:
- ko ‘pgina marketing qarorlari to ‘liq b o ‘lmagan va ishonchsiz 
m a’lumotlarga asoslanadi. Chunki barcha to ‘plash mumkin bo‘lgan 
m a’lumotlar mavjud emasligi; m a’lum bir hodisa yoki jarayon bo‘yicha 
axborot to ‘plashning b a ’zi hollarda ko ‘plab xarajat yoki vaqt talab 
qilishidir.
46


Kompaniya yoki biznes tashkilotlari o ‘z faoliyatini samarali tashkil 
qilish va yuritishda zarur bo ‘lgan axborotlami qay tarzda qo'lga 
kiritishadi?
3 3 . M arketing axborot tizimi va uning xususiyatlari
Marketing axborot tizimi - marketing bo ‘yicha barcha masalalarda 
qaror qabul qiluvchiga barcha zarur m a’lumotlami va axborotlami 
taqdim etuvchi mexanizmdir; tovarlar yoki xizmatlar, narx, reklama, 
sotish, tanlov va boshqalar haqida muntazam axborot oqimini beradigan 
tizim hisoblanadi. Tashqi atrof-muhit komponentlarini tekshirish va 
monitoring qilishning muhim texnologiyasi marketing axborot tizimidir. 
K o‘pgina adabiyotlarda marketing axborot tizimi marketingning hayot 
qoni ham deyiladi, chunki marketing axborot tizimi turli manbalardan 
muhim m a’lumotlami to ‘playdi, tahlil qiladi va qaror qabul qiluvchiga 
tarqatadi.
Marketing menejerlari mijozlaming o ‘zgaruvchan istak va ehtiyoj- 
lami aniqlash uchun muntazam m a’lumotga muhtojlik sezishadi. Bun- 
dan tashqari, raqobatchilaming kuchli va zaif tomonlarini bilish va taq- 
simlash kanalini samarali amalga oshirish uchun axborot zarurdir. Haqi- 
qatan ham, menejer nima bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat aniq va ishonch- 
li m a’lumot yordamida samarali faoliyatini amalga oshiradi. Axborotsiz 
biron bir masala bo ‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Shunday qilib, 
ratsional va samarali qaror qabul qilish uchun biznesni tashkil qilishda 
marketing axborot tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Faktlar, baholashlar, fikr va boshqalar marketing axborotlari tarkibi- 
ga kiradi. Bu axborotlar asosida muhim qarorlar qabul qilinadi, lekin 
axborot albatta to ‘liq, aniq va yangilangan b o ‘lishi kerak. Umuman 
olganda, biznes tashkilotlari yoki kompaniyalar marketing axborot tizimi 
orqali iste’m olchilaming tovam ing o ‘ziga xos xususiyati (hajmi, 
dizayni, turi, sifati); m a’lum vaqtdagi talab miqdori; iste’molchilar 
tomonidan afzal ko‘rilgan mahsulot yoki xizmat narxi; iste’molchilar 
tomonidan 
tanlangan 
kanal 
taqsimoti; 
xaridorlarning 
motivlari; 
raqobatning mavjud darajasidagi dilerlaming xatti-harakati; hukumat 
siyosatining bozorga ta ’siri haqida m a’lumot olishni xohlashadi. 
Marketing axborot tizimi muntazam ravishda amalga oshiriladigan, hech 
qachon to ‘xtab qolmaydigan jarayon hisoblanadi, chunki marketing
47


menejerlari uning yordami bilan rejalar, dasturlar, siyosat, strategiyalar 
va 
boshqalami 
ishlab 
chiqishadi. 
Inson 
faoliyati, 
mashinalar, 
texnologiyalar va boshqalar shunga o ‘xshash narsalar marketing axborot 
tizimining ajralxnas qismidir. Kompaniyadagi maxsus xodimlar har 
qanday marketing qarorlarini qabul qilish uchun muntazam ravishda 
marketing axborot tizimidan foydalanishadi. Turli xil olimlar va 
marketing mutaxassislari marketing axborot tizimi haqida turlicha 
ta ’riflashadi:
Filipp Kotler marketing axborot tizimini quyidagicha ta ’riflaydi: 
"...marketing axborot tizimi - odamlar, uskunalar va jarayonlardan 
iborat b o ‘lib, marketing qaror qabul qilish uchun kerakli, o ‘z vaqtida va 
to ‘g ‘ri m a’lumotlarini saralaydi, tahlil qiladi, baholaydi va tarqatadi.”22 
Uilyam Stantonning fikriga ko ‘ra, "Marketing axborot tizimi mar­
keting qarorlarini qabul qilishda foydalanish uchun axborotni yaratish, 
tahlil qilish, tarqatish, saqlash va olish bo'yicha muntazam ravishda 
tashkil etiladigan jarayondir.”23
Busch va Xyustonning fikriga k o ‘ra, "Marketing axborot tizimi 
marketing qarorlarini qabul qilishda foydalanish uchun axborot manba- 
larini yaratish va tartibga solish uchun yaratilgan tuzilmalar, shaxslar, 
mashinalar va jarayonlardan iborat.”24
Korxonalarda axborot tizimi ichki va tashqi axborotlarga bo'linadi. 
Korxona ichki axborot tizimi muayyan faoliyatining joriy xarajat- 
lari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig'i, mavjud va kelishi kutila- 
yotgan xaridorlar, ta ’minlovchilar ко Tam i va boshqa marketing faoliya- 
tiga bog'liq bo'lgan axborotning o ‘z vaqtida jam lanishini, qayta ishla- 
shini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yerda muhim o'rinni 
axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida y ig ‘ilishi, umumlashtirilishi 
egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali 
ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo'lgan ehtiyojni o ‘z o ‘rnida va 
aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini 
a w alro q belgilab olish lozim.
22 K otler, P., 
M a rketin g M a n a g em en t
(M illennium E dition), C ustom E dition for U niversity o f
Phoenix, Prentice H all, 2000, p. 9; Q uelch, J .A. a n d Jocz, K .E., 
A ll B usiness is L o ca l: W hy P lace
M a tters M o re than E ver in a G lobal, Virtual World,
Penguin, 2012, p. 4
23 Stanton, W illiam J (1984). 
F undam entals o f m arketing.
M cG raw -H ill.
24 Paul S. B u sch. M ichael J. H ouston. M arketing: S trategic Foundations. R.D . Irwin, 1985. ISBN 
0 256028435, 9780256028430. 903 pages.
48


Marketing tashqi xabamoma - axborot tizimi marketing va tijorat 
faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar 
natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ro'znom a va maxsus 
jum allar), ta ’minotchi va iste’molchilar bilan b o‘lgan muloqot natijalari, 
reklama e ’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai b o ‘li- 
shi mumkin. Marketing axborot tizimining asosiy xususiyatlari uzluksiz 
jarayon, aniqlik, ishonchlilik va to ‘liqlik, barqarorlik va mavjudlik, o ‘za- 
ro bog‘liq komponentlar, to ‘g‘ri vaqt va hokazolardir. Ular quyidagi 
3.3.1 -chizmada aniq k o ‘rinadi:

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin