Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


 Bozor konyunkturasini prognoz qilish usullari



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   191
marketing

6.4. Bozor konyunkturasini prognoz qilish usullari
Bozor konyunkturasini prognoz qilishda konyunkturani hech qa- 
chon bir xil b o ‘lmasligini e ’tiborga olish kerak. Yangi hodisalar, omillar 
va tendensiyalar, asosiy konyunkturani tashkil etuvchi omillar ta ’sirining 
kuchliligi va yo‘nalishi o ‘zgarishi doimiy ravishda konyunkturaning 
rivojlanishiga o ‘ziga xos ta’sirlami tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Prognozlash - bu kelajak haqidagi oldingi va hozirgi m a’lumotlarga 
va umuman tendensiyalar tahlili asosida taxmin qilish jarayonidir. 
“Prognozlash bu kelgusidagi hodisalaming ehtimolligi, ro‘y berishi 
mumkinligi to ‘grisida m a’lumot berish uchun bizdagi mavjud axborot, 
ya’ni, taxminlar, modellar, aniq maTumotlardan foydalanishni o ‘z ichiga 
oladi”33. Prognoz qilish uslublarini har qanday obyektga uning farq 
qiluvchi xususiyatlarini inobatga olmasdan, um um lashtirilgan holda
33 G .E lliottC . W .J. G rangerA . G. T im m erm ann, H andbook o f Econom ic Forecasting: V olum e 1 
(N orth-H olland is anim print o f Elsevier R adarw eg 29, PO B ox 2 11, 1000 A E A m sterdam , T he 
N etherlands The Boulevard, Langford Lane, K idlington, O xford 0 X 5 1GB, UK, 2006) p.7
1 1 7


q o ila s h g a m o ija lla n g a n yondashuv, k o ‘pincha prognoz qilishda 
xatolarga olib keladi. Agar prognoz qiluvchi obyekt to ‘g ‘risida 
nazariy bilim larga ega b o im a sa , u holda bu vaziyatni, uning rivoj- 
lanishini va b o g iik la ri sababini tushuntira olmaydi. H ar holda u 
vaziyatni qanday b o ‘lmasin tushuntirishga harakat qiladi, y a ’ni, o ‘zi- 
ning nazariyasini tuzadi. Agar bu nazariya ilm iy jih atdan asoslangan 
b o im a s a , u holda prognoz qiluvchining bu nazariya asosidagi 
harakatlari samarasiz b o ia d i. Umuman prognozni aniqlash m aiu m
obyektning b o ia ja k holatini ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori prognozini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga 
olinishi shart:
• kelajakda bozor konyunkturasiga ta ’sir etuvchi omillami hisobga 
olgan holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;
• prognozni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish
ulam ing natijalari bir xil yoki yaqin b o iish i;
• ishlatilgan uslublaming ilmiy asosi yetarli bo iish i;
• xulosalami aniq va ravon tilda, qaror qabul qiluvchilarga tushu- 
narli tarzda aks ettirilganligi;
• bozor konyunkturasi istiqbolini o ‘z vaqtida aniqlashi va korxona, 
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qoilanishi.
Bozor konyunkturasini prognoz qilish uslublari 4 ta katta sinfga 
bo iin ad i:
1. 
Faktografik uslublar. Bu prognoz qilishning shunday uslubiki, 
unda o'tgan davrda b o iib o ‘tgan haqiqiy omillardan axborotlar asos 
sifatida foydalaniladi. Bu m aium otlar miqdor va sifat xarakteriga 
egadir. Bozor konyunkturasini prognoz qilishning faktografik uslublari, 
o ‘z navbatida, 3 turga boiinad i.
Birinchi turi ekstropolyatsiya va interpolatsiya uslublari yig‘in- 
disidan iborat b o iib , bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalami 
tu zishdaboshlangich axborotdan foydalanish xarakterlidir.
Ikkinchi turi statistik uslublar b o iib , ular ikki va undan ortiq 
o ‘zgaruvchan prognoz qilish obyektlarining o ‘zaro aloqalarini tadqiq 
qilishda qoilaniladi.
Uchinchi turi mazkur obyektlaming kelgusidagi rivojlanishini 
shunga o‘xshash obyektlaming rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha tadqiq 
qilishga asoslanadi.
118


2. Ekspert baholash uslublar - u yoki bu sohadagi mutaxassis-eks- 
pertlam ing fikr va mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Prognoz 
qilishning ekspert baholash uslubi intuitiv va analitik uslubni o ‘z ichiga 
oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb qilishga, amaJda prognoz 
qilish obyektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda shaxsiy 
eruditsiya va tuyg‘u vositasida kelgusidagi o'zgarishni baholashga asos- 
langan uslublar kiradi. Analitik uslublarga prognoz qilish obyektining 
tadqiq qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan 
usullari kiradi.
Bozor konyunkturasini prognoz qilishda ekspert baholash uslublari, 
ayniqsa, intuitiv uslublar keng qo ‘llaniladi.
3.EkstropoIyatsiya 
uslubi. 
Ekstropolyatsiya 
uslublari 
bozor 
konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini prognoz qilish­
da qo ‘llaniladi. Ekstropolyatsiya formalar yoki jarayonlam ing kelgu­
sidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni 
taqozo qiladi, y a’ni bu holda ekstropolyatsiya prognoz qilish amalga 
oshirilayotgan obyektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga taya­
nadi.
Ekstropolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘Ilanilgan asosiy mo- 
dellaridan biri - bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlam i vaqtga 
nisbatan o ‘zgarishning asosiy yo'nalishlam i k o ‘rsatadi.
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayon- 
lar parametrlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konyunk­
turasining turli ko‘rsatkichlari o ‘rtasidagi o'zaro aloqalar va nisbatlarini 
miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali 
ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konyunkturasini prognoz qi­
lishda keng qoilanilad i. Ular ishlab chiqarish va unga ta ’sir qiluvchi 
omillar, bozordagi narxlar darajasi raqobat va unga ta ’sir k o ‘rsatuvchi 
omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbir- 
larini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o ‘rtasidagi va 
boshqa jarayonlar o ‘zgarishini matematik modellar yordamida tahlil 
qilishga hamda prognoz qilishga yordam 
beradi. 
Ekonometrik 
modellaming xususiy holi korrelyatsion va regression modellashdir.
Bozor konyunkturasini tahlil va prognoz qilish natijalari firmaning 
biznes-reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga 
solishda va boshqarishda keng qo'llaniladi.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin