Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Raqobat deganda nimani tushunasiz?
2. Bozorda raqobat nechta bosqichdan o ‘tadi?
3. Raqobatning ijobiy va salbiy jihatlarini aytib bering.
4. Subyektning mavqei qachon ustun deb hisoblanadi?
5. Oligopoliya deganda nimani tushunasiz?
6. Raqobat munosabatlari nechta bosqichda amalga oshiriladi?
7. Raqobat ustunligiga qanday erishiladi?
8. Hujumkor strategiyaning oltita asosiy turlarini sanab bering
9.“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi nimadan iborat?
10. F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda 
raqobatchilik strategiyasini qanday turlarga ajratib ko ‘rsatadi?
173


9- M ODUL. TOVAR SIYOSATI
9.1. Tovar va xizmat tushunchalari mohiyati
“Tovar” so ‘zi lotincha “produce” - hosil qilmoq fe’lidan kelib 
chiqadi. "1575-yildan buyon" tovar "so‘zi ishlab chiqarilgan narsaga 
nisbatan qo'llanila boshlagan44. Tarixiy davrlarga kelib tovar munosa- 
batlari jam iyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur 
qamrab oladi.
Tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi va amal qilinishining 
ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro ‘y berishi. Bunda ishlab chiqa- 
ruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Ixtisoslashuv, o ‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo'yicha, ya’ni 
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati 
bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruv- 
chilaming iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o ‘z mulklari 
hamda mehnat natijalarini o ‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik 
xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlami ishlab chiqaruvchining o ‘zi hal 
qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur 
qilib qo ‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti 
hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, y a ’ni bozorda ayirboshlash uchun, 
sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar 
ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovaming iqtisodiy m a’nosi birinchi bo‘lib Adam Smit tomonidan 
izohlangan.45 Klassik iqtisodchilar va Karl Marksning nazariyasiga k o ‘ra 
tovar - bu mehnat asosida ishlab chiqarilgan va bozorga sotish uchun 
olib chiqilgan har qanday narsa.
Tovami tushunishda tovaming mazmunini, uning xususiyatlarini 
bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta ’rif berishda ham iqtisodchi­
lar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, Ye.F.Borisov 
ta ’rifiga k o ‘ra «Tovar - bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida 
ayirboshlashga m oijallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy nafliiik-
44
http://w w w .w ikipedia.org/uz
45 А дам См ит. "И сследование о природе и причинах б о гатства народов". - М осква. Эксмо, 
2 0 16, 203 стр.
174


dir».46 Bundan ko ‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida 
qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda 
«ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar 
iqtisodiy n e’m atning maxsus shakli b o ‘lib hisoblanishi ko‘rsatib beril­
gan: «Tovar - bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus 
iqtisodiy n e’mat».47 Bu va boshqa qator olimlaming fikrlari asosida 
ta ’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega 
b o ‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilaming qandaydir 
ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga 
ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka 
(iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Marketingda tovar deganda, 
ehtiyoj yoki talabni qondirishi mumkin bo‘lgan va bozorda taklif etilgan 
har qanday narsa tushuniladi. Ishlab chiqarish sohasida tovarlar 
xomashyo sifatida sotib olinadi va tayyor mahsulot sifatida sotiladi.
XX asrlargacha iqtisodiyotda ayirboshlash va savdo jarayonlari 
markazida tovar muhim rol o‘ynagan. Bugungi kunga kelib, ayniqsa, 
o ‘tgan asm ing ikkinchi yarmida yana bir asosiy tushuncha, “xizmat” 
tushunchasi paydo b o id i. Xizmat deganda, aw alo, mehnat mahsulotini 
tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi b o iib , 
insonlaming aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, xizmat - bu insonlaming ehtiyoj va talablarini qondirishga 
qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi 
xizmatlami ko ‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan 
faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi 
tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jum lasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar 
va turli mulk shakliga ega b o ig a n servis korxonalari kiradi. Ular 
mehnatining natijasi b o iib xizmat hisoblanadi.
Xizmatlar iqtisodiy faoliyat turi sifatida k o ‘p vaqtlardan beri 
mavjud. Birinchi b o iib , “xizmat” tushunchasini fanga klassik iqtisodiy 
maktab namoyandasi fransuz iqtisodchisi Jan Batist Sey kiritgan. U
46 Б орисов Е.Ф. Э коном ическая теория: учеб. - 2 -е изд.. перераб. и доп. - М .: Т К Велби, 
И зд -во П роспект, 2005, с. 144.
47 Э коном ическая теория: Учебник. - И зд ., испр. и доп. / П од общ . ред. акад. 
В.И .В идяпина. А .И .Д обры нина, Г .П .Ж уравлевой , Л .С .Т арасевича. - М.: И Н Ф Р А -М , 2005, 
с . 143.
175


xizmatlami faqat inson tomonidan emas, balki jism va tabiat kuchi 
tomonidan ham ko‘rsatiladi, deb hisoblagan.48
Klassik iqtisod maktabi asoschisi Adam Smit o ‘z tadqiqotlarida xiz­
matlar sohasini alohida tadqiq qilmagan. Olim xizmatga mehnat sifatida 
qaraydi va mehnat (xizmat) ishlab chiqarilish jarayonining o ‘zida 
iste’mol b o iishin i, unumli va unumsiz mehnat (xizmat)larga bo‘linishini 
aytib o ‘tgan. Shuningdek, A.Smit mehnat (xizmat) qiymat yaratmasli- 
gini, qiymat faqat moddiy sohada yaratilishini e’tirof etgan.49
Marksizm maktabi asoschisi Karl Marks ham xizmatlami alohida 
tadqiq etmasa-da, u o ‘z asarlarida “samarali xizmat” tushunchasini ishla- 
tadi. Xususan, u transport xizmatlarini sanoat rivojida samarali xizmatlar 
sifatida baholaydi. Shuningdek, K.Marks jam iyatda kapitalist va ishchi- 
lami pulning chiqish manbai sifatida, xizmat k o ‘rsatuvchilami pulni 
kirish manbai sifatida e ’tirof etadi.50
Neoklassik maktab vakili Alfred Marshall xizmatlar to ‘g ‘risida 
ancha dadil va Shu bilan bir qatorda, mantiqan asoslangan fikrlami 
maydonga tashlagan va xizmat ko‘rsatish sohasining nazariy asoslarini 
shakllantirishda o ‘zining munosib hissasini qo'shgan. U xizmatlami 
mehnatning nom oddiy,'l sezgi organlari vositasida ilg‘ab bo‘lmaydigan 
natijalari sifatida talqin qilgan. Aynan, A.Marshall barcha ne’matlami 
moddiy va nomoddiy n e’matlarga b o ia r ekan, ularning barchasi mam- 
lakatdagi ijtimoiy boylikni shakllantirishda birday muhim ekanligini 
isbotlashga alohida e ’tibor qaratgan. U birinchi b o iib , insonning hayot 
faoliyatida va ehtiyojini qondirishida moddiy noz-ne’matning o ‘ta m u­
him va zam r ekanligini e ’tirof etish bilan bir qatorda, k o ‘z bilan ilg‘ab 
boim aydigan turli nomoddiy noz-ne’matlar va xizmatlaming ham katta 
ahamiyati borligini ilmiy jihatdan asoslab berdi.51
XX asrlargacha iqtisodchi olimlar xizmatlami ko‘zga k o ‘rinmagan- 
ligi sababli, uni alohida kategoriya sifatida talqin etmaganlar. Keyincha- 
lik sanoat va fan-texnika rivojlanishi natijasida xizmatlar sohasi alohida 
iqtisodiy tizim sifatida ajralib chiqdi. Natijada, postindustrial jamiyat 
yuzaga keldi (9.1.1 -jadval).
Ж ан Б ати ст Сей, Ф редери к Баетиа. “Т рактат по поли ти ческ ой эконом ии". - М осква. 
Д ело, 2000.
49 А дам См ит. "И сследование о природе и п ричинах б о гатства народов". - М осква. Эксмо, 
2016.
50 Карл М аркс: Капитал. С анкт-П етербург. И Г Л ениздат, 2013 г.
51 А льф ред М арш алл. П ринципы ж он ом н ческой науки. М осква. П рогресс, 1993.
17 6



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin