Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Taniqlilik darajasi bo‘yicha brendlar turlari



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Taniqlilik darajasi bo‘yicha brendlar turlari
Brend har qanday hodisa kabi iste’molchilar ongiga ta ’sir k o ‘rsatish 
va ular xohishlarini shakllantirish imkoniyatiga ega.
Kuchli brend - bu shunday brendki (strong brand), uni m azkur tovar 
kategoriyasi iste’molchilarining 60 foizi yaxshi biladi boshqa marka- 
lardan ajratib oladi. Rivojlanayotgan brendni 30 foizidan 60 foizigacha 
iste’molchilar tanishadi va ajratishadi. Z aif brend - bu raqobatchilar 
orasidan 30 % iste’molchilar tanib oladigan brenddir.
Brending obyektlariga ko‘ra brendlar turlari:
Brending nazariyasining yirik mutaxassislaridan biri Linn Anshou- 
ning fikricha, brend tushunchasi an ’anaviy tarzda tushunilayotgan 
tushunchadan ancha kengdir.
187


Brendning bozorda o‘z o ‘m iga ega b o ig a n bir nechta tiplari 
mavjudligini ta ’kidlab, quyidagi tasnifni taklif qiladi:
Tovarlar brendlari (Product brands) - bu bozorda paydo bo‘lgan 
brendlarning eng birinchisidir. Ular brendingning asosi, yadrosi hisob­
lanadi, chunki ular brendning boshqa tiplariga nisbatan miqdoriy ustun- 
likka ega va iste’molchilar tomonidan birinchi navbatda eslanadilar.
Servis (xizmat) brendlari (Service brands) - bozorda bu brendlar 
tovarlar brendlariga nisbatan kam, chunki k o ‘zga ko‘rinib, sezish 
organlariga ta ’sir etishi qiyin bo'lgan xizmatlami chiroyli holda taqdim 
qilish ancha murakkabdir.
• Tashkilotlar brendlari (Organizational brands) - bu korporatsiya- 
lar, notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ta ’lim muassasalarining 
brendlaridir.
• Voqea-hodisalar brendlari ( Event brands) - bu doimiy ravishda 
sport, shou biznes va san’at olamida yuz beradigan voqea-hodisalar 
brendlaridir. Bu kabi tadbirlar tashkilotchilari o ‘z maqsadlariga ko‘pin- 
cha brendingning a n ’anaviy instrumentlaridan foydalanish orqali erisha- 
dilar. Ishlab chiqaruvchilar o ‘z mahsulotlarini nufuzli sport tumirini 
namoyish qilish vaqtidagi tanaffuslarda reklama qilishga intilishadi va 
bu brendning bahosi hisoblanadi.
• Shaxslar brendlari (Personal Brands) - sportchilar, xonandalar, 
siyosatchilar, biznesmenlar har doim ham insoniyat jam iyatida mavjud 
bo iish g an , ammo ular aynan bugungi kunda boshqa brendlarga o ‘xshab 
qolishdi. Ularning brend sifatidagi xususiyati shundaki, ularning mash- 
hurligi o ‘z faoliyatidan tashqari juda keng sohalarga tarqaladi, sportchi­
lar va siyosatchilar reklamada, xonandalar - kinoda suratga tushadilar, 
aktyorlar va biznesmenlar sport musobaqalari o ‘tkazadilar va b.
• Geografik brendlar (Geographical brands) - bular shaharlar, 
mamlakatlar, kurortlardir. Brendning bu turi turistik biznesda juda om- 
malashmoqda. Masalan, Sent-Mortsdagi to g ‘-chang‘i kurorti, Frantsiya- 
dagi Riv era va Seyshel orollari shunday brendlarga misol bo‘la oladi.60

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin